O'zb  
 
28.07.2020

SAMARQAND MADRASAI OLIYaSI ShARQ MASHALI

Qadimiy va hamisha navqiron Samarqandda qancha-qancha ulug‘ allomalar – Burhoniddin Marginoniydan tortib Qozizoda Rumiy-u, Mirzo Ulugbekgacha, Bahodir Yalangtoshdan boshlab, Sharof Rashidov-u, Vohid Abdullogacha, Hazrat Navoiydan tortib, Mahmudxoja Behbudiy-u, Botirxon Valixojayevgacha, Usmon Nosirdan boshlab, Omon Matjon-u, Nodir Jonuzoqgacha ta’lim olgan, qalami charxlangan, ozbek ilm-fani, madaniyati va adabiyotining yirik namoyandalariga aylangan.

Jahon sivilizatsiyasining bugungi taraqqiyotiga ozining bemisl hissasini qoshgan Orta Osiyodan chiqqan koplab olimu fuzalolar Samarqand talimini olganligi hech kimga sir emas.

Butun musulmon olamida Samarqandda yashash oliy saodat hisoblangan. Samarqand talimini olish sharq zadagonlarining azaliy orzusi bolgan, shunga intilgan. Chunki Samarqandda ilm markazi, madrasai oliya barpo etilgan bolib, boy tajribalar toplangan, ajdodlarimiz osha davrlardayoq komil inson haqida axloqiy mezonlar majmuini ishlab chiqqan va ilm fanning turli sohalari boyicha ilmiy maktablar yaratgan edilar. Shuningdek, Movarounnahrning osha davrdagi diniy va marifiy markazi bolgan Samarqandda bugungi kunda 600 yoshga tolgan, ozining sharafli tarixiga ega bolgan madrasai oliya joylashganligidir. Amir Temur saltanatining boy kutubxonasi Samarqandda joylashgan edi. Hech shubhasiz, Samarqand davlat universitetining tarixiy negizi osha madrasai oliya, yani bugungi kun tabiri bilan aytganda, Mirzo Ulugbek madrasasi tashkil topgan 1420 yildan boshlanadi. Jahondagi kopgina ilgor universitetlarning tarixini belgilash tajribasi, universitetimizning tarixini belgilashda shunday yol tutishimizni taqozo etadi. Aniqrogi, Mirzo Ulugbek 1417-1420 yillar oraligida Samarqandda madrasa tasis etib, ozining ustozi Qozizoda Rumiyni “rais ul-muallimin” nasabiga tayinlaydi. Ozi ham shogird sifatida Qozizoda Rumiyning darslarida qatnashadi. Ulugbek zamonida Qozizoda Rumiyga eng musharraf Aflotuni zamon degan yuksak unvon beriladi. Mirzo Ulugbekning ilmiy kashfiyotlarini qamrab olgan asosiy asari bolmish Zijida Qozizoda Rumiyni Ustozim deb alohida takidlagan. Negaki, Qozizoda Rumiy Amir Temur saroyidagi olimlarga ham yolboshchilik qilgan edi.

Mirzo Ulugbek madrasasida matematika, fizika, kimyo, geodeziya, astronomiya, farmakologiya, fiqh, falsafa, adabiyot, tibbiyot, tarix, kabi ijtimoiy-gumanitar, aniq va tabiiy fanlarning oqitilishi IX asrdan boshlangan Sharq xalqlari Renessansining kamol topgan davri sifatida dunyoga ovoza boldi. Mirzo Ulugbek madrasasida bugungi kundagi barcha fanlar oqitilganligi malum boladi, fanlarni diniy va dunyoviy deb turlarga bolish, bu bir yoqlama qarash bolib nisbiy tushuncha hisoblanadi. Negaki, din va dunyo tushunchasi ham bitta tushunchani taqozo etadi. Madaniyat, ilm-fan, sanat va adabiyot beshigiga aylangan ushbu oliy dargohda Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulugbek, Jamshid Koshiy, Husayn Birjandiy va Ali Qushchi singari taniqli yetuk olimlar oz ilmiy faoliyatini olib borganlar. Bugungi kungacha oz oquvchilarini kutib yotgan, qolyozmalar fondida saqlanayotgan 120 mingga yaqin nodir qolyozma asarlarning bir qismi Mirzo Ulugbek madrasasi olim-u toliblari tomonidan yozilgani shubhasiz.

Movarounnahrning osha davrdagi diniy va marifiy markazi bolgan Samarqandda turib Mirzo Ulugbek temuriylar saltanatini 40 yilga yaqin vaqt davomida adolatli boshqargan. Osha vaqtda Movarounnahrda joylashgan madrasalardan oz ilmiy maktabini yaratgan koplab olimlarni sanash mumkin. Ulugbek shunday olimlardan biri sanaladi, uning Movarounnahrning markazi bolgan Samarqandda joylashgan ilmiy maktabida 200 dan ortiq olimlar turli fanlar boyicha faoliyat olib borgan.

Mirzo Ulugbek madrasasi faoliyati goh u korinishda, goh bu korinshda Samarqand davlat universiteti tashkil topgunga qadar davom etgan.

600 yil vaqt oraligida Samarqand hududidan shu dargoh talimini olgan juda koplab olimu fuzalolar, buyuk siymolar, davlat arboblari, shoiru fuzalolar yetishib chiqqan. Ular jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qoshishgan.

Mirzo Ulugbek madrasasi eng ilgor madrasalardan biri bolgan. Bu madrasa osha davr va keyingi davrlarda boshqa Samarqand shahridagi madrasalar shakllanishiga ham, bugungi kun tabiri bilan aytganda, tayanch talim vazifasini otovchi dargoh vazifasini bajarganligi shubhasiz. Oz navbatida madrasai oliyaning goyaviy ildizlari Bayt ul-hikma va Xorazm Mamun akademiyasi faoliyatidan oziqlangan. Shu orinda Samarqand shahridagi madrasalar nomini ham tilga olish bu yerda bolgan oliy oquv yurtlari haqidagi tasavvurimizni boyitadi. Professor V.L.Vyatkin Spisok naselennx mest Uzbekskoy SSR, vp. 11 1902 asarida Shayboniyxon madrasasi, Sherdor va Tillakori madrasalari Madrasai Safed, Amir Qosim madrasasi, Mir Burunduq madrasasi, Saroymulkxonim madrasasi, Mavlono Qutbiddin Sadr madrasasi, Alovuddin Alayka Kokaldosh madrasasi, Shahzoda Abdulla madrasasi, Shahzoda Muhammad Qosim madrasasi, Javzoniya madrasasi, Mulla Abdurahim madrasasi, Amir Alayka madrasasi va boshqalar tilga olinganki, ular Samarqand zaminda qadimdan ilm va fanga bolgan munosabat baland bolganligini korsatadi.

Birgina misol, butun musulmon olamida fikhshunoslar Samarqand madrasasi talimi asosida yaratilgan bebaho Hidoya asaridan talim olganligi hech kimga sir emas. Qariyb 100 ming talaba tahsil oladigan, Misrda joylashgan dunyoning yirik, Al-Azxardek universitetining bazi yonalishlarida hozirgacha kirish imtihoni shu asardan ekanligi. Mashhur qomusiy olim Burhonuddin Marginoniy (11231197) Hidoya asarini Samarqandda yozganligi aniq fanlar sirasida huquqshunoslik ilmi ham Samarqandda naqadar yuksak darajada rivoj topganligidan dalolat emasmi? Bu asarning Samarqandda yozilgani bilan ham biz har qancha faxrlansak kam. Shu sabab ham butun musulmon olamining ahli ilmi Samarqand talimiga intilgan. Favqulodda noyob hodisa sifatida, bu asarda fikr gunohi haqida maxsus bob borligi, barcha jinoyat avval xayolda vujudga kelishi, keyinchalik pishib yetilib amalga oshishi qayd qilingani uchun ham bu asar huquq olamidagi bugungi kungacha tengsiz manba hisoblanadi. Qolaversa, birorta demokratik rivojlangan davlat konstitutsiyasida bugungi kungacha ham fikr gunohi etirof etilmaganligi, Samarqandda madrasa talimi asosida shakllangan fiqh ilmi osha davrdayoq naqadar hayratlanarli tarzda rivoj topganligidan dalolat beradi. 600 yildirki Samarqand talimi sharq mashali bolib kelayotganligi hech qanday izoh talab qilmaydi.

Faxr va iftixor bilan takidlaymanki, men jonajon universitetim, Samarqand davlat universitetida oqiganim uchun ham baxtliman. Negaki, bu oliy dargohda nihoyatda ulug zabardast olimlar, akademik Botirxon Valixojayev, professor Nuriddin Shukurov, professor Rahmonqul Orzibekov, professor Rahmatillo Qongurov, professor Xudoyberdi Doniyorov, professor Saydillo Mirzayev, professor Nazar Rajabov, professor Bozorboy Orinboyev, professor Joraboy Hojimetov, professor Muslihiddin Muhiddinov, professor Rahim Muqumov, professor Joraboy Hamdamov, professor Suyun Karimov, professor Bekmurod Yoldoshev kabi koplab ustozlarimdan klassik uslubdagi afsonaviy maruzalar tinglash baxtiga musharraf bolganman. Bularning kopchilligi Samarqand davlat universitetining Respublikamizga tanilgan fan arboblari, oz ilmiy maktablarini yaratgan yetuk dargalari hisoblanadi. Xuddi shunday bugungi kunda ham, universitetning barcha fakultetlarida, Respublikamizga va jahonga tanilgan fan arboblari, oz ilmiy maktablarini yaratib ilm yollarini yoritib kelayotir.

Ne baxtki, muhtaram Prezidentimizning 2019 yil 8 oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi oliy talim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, Ozbekiston Milliy universiteti bilan birga Samarqand davlat universiteti ham mamlakatimiz oliy talim muassasalarining flagmaniga aylantirildi.

Ayni kunlarda ulug 600 yilligini nishonlash arafasida turgan Samarqand davlat universiteti xalqaro etirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 500 ta orindagi oliy talim muassasalari royxatiga kiritish boyicha konsepsiyaga asosan zarur chora-tadbirlar ustida qizgin amaliy ishlar olib borilayotgani quvonarli xol. Qolaversa, bugungi kunda bu indeks boyicha 5600-orindan keyin turishini ham nisbiy, biryoqlama qarash deb tushunmoq kerak, mening nazarimda. Negaki, shunday zaminda joylashgan va qadimiy ildizdan oziqlangan, yuqori ilmiy potensialga ega bolgan, boy tajriba va salohiyat asosiga qurilgan, ona universitetimiz nafaqat 500, balki undan ham yuqoriroq oringa loyiqligini qatiy ishonch bilan baralla aytishimga har tomonlama asos bor. Yaqin kunlarda bu fikrlarim oz isbotini topsa ne ajab...

Samarqand davlat universiteti sobiq talabasi shoir Eshqobil Vali Samarqand talimi haqida Arzimadik nomli sherida aytganidek:

Shohlar unda yashamoqni hukm degan,

Talim olmoq Shahri dilda udum degan,

Taxt demagan, mayli, ilmi nujum, degan,

Mudom yashab olmoqlikni ulum degan,

«Olsam agar Gor Amirga koming», degan,

Shongiymiz deb hoyu havas quchogiga,

Arzimadik Samarqandning tuprogiga.

Oriyatchil ozbek xalqi Taxt demagan, mayli, ilmi nujum, degan. Har qanday boylikdan, hattoki shohlikdan ham ziyolilikni ustun qoygan, manaviy boylikka intilib yashagan. Ajdodlarga munosib qolib, yer yuzining sayqali bolgan Samarqandda yashash va talim olish katta masuliyat yuklashini payqaydi. Har bir samarqandlikni ajdodlarga munosib yashashga davat etadi.

Qutlug bolsin, muborak 600 yillik yoshing, ona universitetim!

Abdurahim TUROBOV,

SamDChTI dotsenti.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: