O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
08.07.2020

ONA TILIMIZ UChUN QAYGURMOQ BURChDIR, ShARAFDIR

Shohu toju xil’atikim – men tomosho qilg‘ali,

Ozbakim boshida qalpoq, egnida shirdogi bas.

Alisher Navoiy

“Ozbekiston ovozi” gazetasining 2020 yil 17 iyun sonida: Bahs: tilshunoslar, tarjimonlar, ijodkorlar diqqatiga! rukni ostida filologiya fanlari nomzodi Zuhriddin Isomiddinovning Prinsip tamoyilmi?... degan maqolasini oqib: Bor ekan-ku, Z.Isomiddinovday, maqolani chop etgan tahririyat xodimlariday lak-lak Farhodlarni tashkil etadigan, dilida himmat va shijoat, shuurida bilim va zakovat qaynab turgan odamlar, deb aytgim keldi.

Maqolani yozgan jonkuyar olim Zuhriddin Isomiddinov televideniyeda tez-tez chuqur mazmunli suhbatlar olib boradi, ularni miriqib eshitamiz, tomosha qilamiz. Shuning uchun maqolani qiziqish bilan oqib chiqdim.

Lekin, u kishining ...biz ozbeklar olisdagi bir turkiy xalq vakillari arab tilini arablarning oziga orgatamizmi, bu tilning arablardan ham qizginroq fidoyisi bolib qolamizmi?, degan fikriga qoshila olmadim. Chunki bir vaqtlar bir bobomiz Arabistonga borib, Nil daryosi suvini olchaydigan asbob yaratib bergan, boshqa bobomiz Homerning shoh asari Iliadani arab tiliga tarjima qilishni boshlab bergan, yana bir bobomiz arab tilshunosligi boyicha darslik yaratgan va hokazo. Butun islom olami, shu jumladan, arablar ham, Hadis ilmini bobomiz Imom Buxoriy kitoblaridan organadilar. Maqtanayapmanu, ozimga-ozim: Kamtarlik ham evi bilan-da, degim keldi. Albatta, bu hazil! Lekin nafaqat arablar, balki dunyo tan olgan ajdodlarimiz oz emas.

Zuhriddin Isomiddinovning ushbu maqolasi ham nihoyatda dolzarb masalaga bagishlangan bolib, oz ona tiliga munosabatning bir namunasidir. Uning fikrlaridan quvvatlanib, men ham bazi bir takliflarni ortaga qoymoqchiman:

1.Ozbek xalqining diplomatiyasi uzoq tarixga ega. Oz davrida Amir Temur Fransiya, Ispaniya qirollariga xat yozgan, ulardan maktublar olgan. Mirzo Bobur Moskva knyaziga maktub bilan murojaat qilgan. Qizil Ozbekiston (hozirgi Ozbekiston ovozi) gazetasining 1960 yilda chiqqan 247-sonida orta asr ozbek diplomatiyasining yirik namoyandalaridan biri Abdurazzoq Samarqandiy haqida maqola berilgan. Gap xorijlik davlatlar bilan aloqalarimiz haqida ketyapti.

Men tegishli mutasaddilar etiborini Tashqi ishlar vazirligi nomiga qaratmoqchiman. Mamlakatimiz mustaqilligiga 30 yil bolmoqda. Otgan davr ichida Ministrlar Soveti yoq boldi, Vazirlar Mahkamasi tashkil etildi. Ministerstvolar vazirliklarga aylandi. Ijroqomlar yoq boldi, hokimliklar tashkil etildi. Lekin sovetlar vaqtida respublikamizda Tashqi ishlar vazirligi bor edi, hozir ham bor. Bu vazirlik hozir ham shunday ataladi.

Sobiq soyuzda Ministerstvo inostrannx del bor edi. Hamma ittifoqdosh respublikalarda ham xuddi shunday vazirliklar bor edi. Lekin bu vazirliklar xojakorsin uchun tuzilgan edi. Bu bilan, goyoki aytilar edi: Bu respublikalar hammasi suveren. Hamma narsa qatori, ozlarining chet ellar ishi bilan shugullanadigan vazirliklari ham bor.

Aslidachi?

Ozbekistonda ham shunday vazirlik bor edi. Vazir vazifasi Ministrlar Soveti Raisi orinbosarlaridan biriga qoshimcha ish sifatida yuklanib qoyilardi. Bu vazirlikning hatto oz binosi ham yoq edi. Keyinchalik, vazirlikka hozirgi Ozbekiston Fanlar akademiyasi binosi roparasida mojazgina bir bino qurib berildi. Vaqti-vaqti bilan shu binoga kirganimda, unda 20 tacha xodim faoliyat korsatar edi. Bu vazirlik amalda soyuz vazirligining bir bolinmasi sifatida faoliyat korsatib, uning u-bu topshiriqlarini bajarib turar edi. Boshqa mamlakatlar bilan barcha munosabatlarni soyuz vazirligi ozi olib borar edi. Vazirlik nomi Ministerstvo inostrannx del Uzbekskoy SSR edi. Bu nomni ozbekchalashtirilmay qolib ketdi.

Lugatlarga asosan: Inostranets chet ellik, chet el kishisi, ajnabiy; Inostranny chet ellarga va chet elliklarga oid; Inostrannaya valyuta chet el valyutasi; Inostranne firm chet el firmalari; Inostranne tovar chet ellardan keltirilgan mollar boladi. Hamma yuqorida keltirilgan sozlarda ruscha strana mamlakat, el sozining, turli korinishlari mavjud. Tabiiyki, Ministerstvo inostrannx del ozbekchasiga Chet el ishlari vazirligi yoki Xorijiy ishlar vazirligi bolishi kerak edi. Lekin bunga, tushunishimizcha, osha zamonda ruxsat berilmagan, chunki respublikalarda chet ellar bilan munosabat qilish uchun tegishli vakolat berilmaydi va Tashqi ishlar vazirligi paydo boladi, yani Ministerstvo vneshnix del. Masalan Ministerstvo vneshnix del SSSR. Lugat tuzuvchilarga ham tashqi (ruschasiga vneshniy, narujny) sozini inostranny deb tarjima qilish boyicha, topshiriq berilgan bolsa kerak. Diplomatiyada ishlatiladigan sozlar aniq manoga ega bolishi shart. Ministerstvo inostrannx del (Chet el ishlari vazirligi yoki Xorijiy ishlar vazirligi) deyilsa, bu vazirlik vazifalari barchaga ayon boladi. Vazirlik nomida inostranny(chet ellar)ni orniga vneshniy (tashqi) sozi ishlatilsa, noaniqlik vujudga keladi.

Mamlakatimiz mustaqil boldi. Ozbekiston BMT azosi boldi. Koplab mamlakatlar bilan bordi-keldi qilmoqdamiz. Tegishli vazirlikda endi 20 nafar emas, vazirlik tizimi, xorijdagi elchixonalar, turli vakolatxonalarda yuzlab odamlar ishlab, mamlakatimiz xalqaro obrosini oshirishga astoyidil harakat qilishmoqda. Shularni hisobga olib tegishli vazirlik nomini ozgartirib, uni Ozbekiston Respublikasi xorijiy ishlar vazirligi yoki Ozbekiston Respublikasi chet el ishlari vazirligi deb atash, maqsadga muvofiq bolar edi, deb oylayman.

2. 1991 yilda Tarjimonlar Xalqaro Federatsiyasi 30 sentabrni Xalqaro tarjimonlar kuni deb elon qildi.

Qisqa muddat ichida Xalqaro tarjimonlar kunini bayram qilish mazkur kasb egalari orasida muhim voqeaga aylandi. Yil sayin tarjimonlar uyushmalari faoliyat korsatayotgan mamlakatlar soni oshib bormoqda.

Hozirgi vaqtga kelib, OAV xabarlariga kora, Tarjimonlar Xalqaro Federatsiyasi 80 mingdan ortiq tarjimonlarni qamrab olgan, turli mamlakatlardagi 100 dan ortiq ushbu kasb egalari uyushmalarini birlashtirgan. Ozbekiston tarjimonlar va chet tili oqituvchilari Assotsiatsiyasi esa, Tarjimonlar Xalqaro Federatsiyasi faoliyatida kuzatuvchi sifatida samarali ishtirok etib kelmoqda.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tarjimonlar mehnatiga, ozbek adabiyoti eng yaxshi asarlarini chet tillarga va jahon adabiyoti shoh-durdona asarlarini ozbek tiliga tarjima qilishga katta etibor bermoqda. Yaqinda Ozbekiston XDP faxriysi Sobir Qurbonov va akademik Oqil Salimov bilan uchrashganimizda, Oqil Umrzoqovich ham bazi bir ozbek adiblari sara asarlarini ingliz tiliga tarjima qilishni tashkil etish bilan shugullanayotganini nihoyatda kotarinki ruh bilan gapirib berdi.

Yer yuzidagi koplab mamlakatlarda tarjimonlar har yili 30 sentabr kuni oz kasb bayramlarini nishonlashmoqda. Lekin biz bu kunni bayram sifatida nishonlamaymiz. Zero, bu kun mashhur tarjimon — xristianlar avliyo deb hisoblaydigan Iyeronim Stridonskiyning vafot etgan kun sharafiga elon etilgan. Bizning xalqqa esa birovning vafot etgan kunini bayram qilish yotdir. Eslash mumkin, xotira kunini otkazish mumkin, lekin bayram qilinmaydi.

Shuning uchun, Ozbekiston yozuvchilar uyushmasining rahbariyati bir necha yil avval, mamlakatimizda Tarjimonlar kunini tasis etilsa, Ozbekistonda xizmat korsatgan tarjimon unvoni tasis etilsa, qanday bolar ekan, degan manoda jamoatchilik bilan bir muhokama, bahs tashkil etishni rejalashtirgan edi. Lekin, negadir bu masala etiborsiz qoldirildi, shekilli... Shunday kun tasis etilsa va har yil mashhur tarjimonlarimizning (Beruniy, Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy, Oybek, Gafur Gulom, Hamid Olimjon, Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov) birining tugilgan kunida nishonlanadigan bolsa, ayni muddao bolar edi... Bunday kun va faxriy unvon tasis etilishi tarjimonlar masuliyatini nihoyatda oshirgan bolar edi, deb oylayman.

3.Har bir tahririyatda, tashkilotda, muassada ozbekcha-ruscha, ruscha-ozbekcha lugat, baynalminal sozlar lugati, ish yonalishiga qarab boshqa til lugatlari, fan turli yonalishlari boyicha ixtisoslashtirilgan lugatlar bolishini majburiy qilib qoyilsa.

4.Kocha-koyda koplab oddiy odamlar tushuna olmaydigan peshlavhalar paydo bolmoqda. Barcha idora, muassasalar rahbarlari, turli xizmat korsatuvchi tashkilotlar boshliqlariga majburiy qilib qoyish kerak: peshlavhada boshqa tildagi soz bormi, yonida albatta tarjimasi berilsin. Bularni matni shahar va tuman hokimliklari qoshida tuziladigan til boyicha tegishli komissiya yozma ruxsati bilan ishlatilishi lozim.

5. Bugungi kunda shiddat bilan kirib kelayotgan moliya, bank ishi, umuman bozor iqtisodi va boshqa sohalarga tegishli yangi sozlarga lugat chiqaruvchi nashriyotlarga zudlik bilan munosabat bildirib, baynalmilal sozlar lugatlarini toldirib, chop etib borilsa, maqsadga muvofiq bolardi.

Nosir TOIROV,

siyosatshunos, mehnat faxriysi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: