O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
01.07.2020

YaNGI OZBEKISTONNI YoShLAR BILAN QURAMIZ

Yoshlar siyosati

Yoshlar muammosi har qanday davlat va jamiyat uchun barcha zamonlarda ham birdek dolzarb bo‘lib kelgan. Mazkur muammoning yechimi yoshlar siyosatini togri yuritishga bogliqligini bugun hayotning ozi korsatmoqda. Yoshlar siyosati – bu davlatning demokratik taraqqiyot yolida rivojlanishida yoshlarni muhim strategik kuch sifatida tan olishi hamda ozining yoshlarga nisbatan boshqaruv va ijtimoiy funksiyalarini demokratik siyosiy tizim, xalqaro yoxud milliy huquq normalari talabi darajasida toliq bajarishidir.

Mamlakatimizda ham keyingi uch yilda yoshlar siyosati ozining sifat va samara bosqichiga kirdi. Xususan, davlatimiz rahbari oz faoliyatining dastlabki kunlaridanoq imzolagan qonun ham aynan “Yoshlarga oid davlat siyosati togrisida”gi normativ-huquqiy hujjat ekanligi masalaning naqadar muhimligini anglatadi. Xususan, Prezidentimiz Ozbekiston Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida: «Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bolib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda», deb yoshlar muammosining naqadar zalvorli ekanligini takidlaydi.

Zotan, Ozbekiston aholisining 60 foizdan ortigi yoshlar ekanligidan kelib chiqib, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va ularning manfaatlarini har tomonlama huquqiy himoya qilishga alohida etibor qaratilmoqda. Jumladan, BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida Ozbekiston rahbari Yoshlar huquqlari togrisidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish tashabbusini bildirgani ham yoshlarga oid davlat siyosatining nafaqat mamlakatimiz miqyosida balki butun dunyo uchun global ahamiyatga egaligini anglatadi.

Shu bois, mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishini ozida mujassam etgan Harakatlar strategiyasida ham mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun masuliyatni oz zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yonalishlaridan biri sifatida belgilandi.

Islohotlar: natija va samaralar

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining ikki jihatiga etibor qarataylik.

Dastlabki chuqur oylanmay tavakkalchilik va yolgonga asoslangan tizim yani, orta maxsus kasb-hunar talim tizimiga bosqichma-bosqich qonuniy barham berildi. Mazkur talim tizimi oquvchilarning yosh xususiyati, ruhiyati, mehnat bozori talablari va talim tizimida ularning ijtimoiylashuvi uchun tegishli ijtimoiy muhitni yaratmasdan tashkil etilgandi. Umumtalim maktabining 9-sinfini bitirgan ospirin majburiy talim deya butunlay notanish boshqa muhit, ayniqsa, uyidan uzoq, borish-kelish noqulay, ortiqcha xarajat talab qiladigan, shakllanib ulgurmagan tizim ixtiyoriga yuborilar edi.

Tabiiyki, oquvchilar akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uyidan uzoqligi, ota-onalar ularni (xususan, qishloq joylarda) kunlik sarf-xarajatlarini qoplay olmasligi bois darsga bormay qoyishardi. Natijada davomat masalasi doim muammo tugdirardi. Demak, aksariyat akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faqat bitiruvchilar chiqarish bilan mashgul bolgandi, xolos. Chunki talimda sifat bolmagach, samara ham bolmasligi tabiiy.

Yoshlar siyosati boyicha yana bir muhim islohot bu mamlakatimizda otgan davr mobaynida yoqotilish darajasiga kelib qolgan maktabgacha talim tizimining qayta tiklanib, rivojlantirilishi boldi. Shaxsning kamolotida muhim orin tutuvchi bu tizim oz ahamiyatiga kora yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy boginiga aylantirildi. Xalqaro tajriba, huquqiy va iqtisodiy mexanizmlar asosida mazkur tizimning fundamentiga asos solindi.

Inson oz hayotida asosiy malumotlarni aynan 5-7 yoshida olishi ilmiy asoslangan. Shu bois maktabgacha talim tizimi shaxsning ijtimoiylashuvida muhim orin tutishi etiborga olinib, yangi va sifatli, alohida istiqbolli tizim sifatida shakllanmoqda. Tizimga asos solingani, avvalo, munosib barkamol avlod vakillarini tarbiyalashga xizmat qilsa, talim tizimida soha uchun oliy va orta malumotli mutaxassislar yetishtirish imkoniyatini ham yaratdi hamda ota-onalar uchun farzandlarini bolalar bogchalariga ishonch bilan topshirib, ozlarining ishi bilan mashgul bolish imkoniyati yaratildi. Yurtimizda jadal shakllanib borayotgan maktabgacha talim tizimi davlat va jamiyat uchun ham manfaatli jihatlarga ega, eng asosiysi, erkin fikr, mustaqil fuqarolik pozitsiyasiga ega faol fuqarolarni tarbiyalash aynan shu tizimdan boshlanishi ham bu boradagi islohotning naqadar zarurligini anglatadi.

Mamlakatimizda yoshlar siyosati bilan bogliq yana bir muhim islohotga qol urildi. Ozbekistonda 30 iyun sanasi Yoshlar kuni deb elon qilindi. Yoshlar tashkilotining nomi, faoliyat yonalishi, vazifalari aniqlashtirildi. Yoshlar tashkiloti faollariga yaratilgan turli qonuniy imtiyoz, faol yoshlarni ragbatlantirish mexanizmi, nafaqat mamlakat ichkarisidagi balki xorijiy davlatlarga ishlashga va oqishga ketgan ozbekistonlik yoshlar holidan xabar olish yoki ularni vatanimizga qaytarish loyihasining amalga oshirilishi kopchilik ota-onalarning konglidagi ish boldi.

Yoshlarning faolligini oshirish

Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotga jamoat va davlat ishlariga keng jalb etish, borasidagi islohotlarga asos solingani ham oz samarasini bermoqda. Xususan, bu borada, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini organish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etildi. Shuningdek, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shahar hokimliklarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar boyicha orinbosari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bolimlari) boshligining yoshlar masalalari boyicha orinbosari huquqbuzarliklar profilaktikasi bolimi boshligi Ozbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tavsiyasi asosida belgilangan tartibda tayinlanish mexanizmi joriy etildi.

Mamlakatimizda davlat hokimiyatini yanada demokratlashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, qonun ustuvorligini taminlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning tasirchan mexanizmlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar yoshlar orasidan yuqori malakali boshqaruv kadrlarini tanlab olish va tayyorlash, ularning zaxirasini shakllantirish tizimini takomillashtirishga imkon bermoqda. Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Buyuk kelajak xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining 3 yilda bir marta istiqbolli yosh boshqaruv kadrlarni tanlab olish boyicha Taraqqiyot respublika tanlovini otkazishning huquqiy tartibi belgilandi. Mazkur tanlovda kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bolgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishi mumkin.

Yoshlar siyosatidagi muammolar

Bugun respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayoni kamchilik va nuqsonlardan xoli deyishga hali erta. Chunki ayrim rahbarlarning yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun va mohiyatini togri tushunmasligi yoki ozini tushunmaslikka olishi yoxud masuliyatsizligi kabi holatlarning mavjudligidan koz yumib bolmaydi. Yoshlar tomonidan turli jinoyatlar sodir etilayotgani, milliy qadriyatlarimizga nomunosib ishlar qilinayotgani yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda muammolar mavjudligini korsatadi.

Yoshlar muammosining eng nozik tomoni, yoshlarda hayotni sevish bilan birga undan tez begonalashish, ishchanlik va sergayratlilik bilan birga bekorchilik va hafsalasizlikka moyillik, aql va tafakkur bilan birga shoshqaloqlik va serjahllik singari oziga xos salbiy xususiyatlarning mavjudligi hamda ularga etiborsizlikning natijasi aksariyat hollarda fojiali oqibatlarga olib kelishini nazardan qochirmaslik kerak.

Xorijiy tajriba

Hech qaysi davlat boshqalar bilan hamkorlik qilmasdan faqat ozi rivojlana olmaganidek, mazkur qoidani yoshlar siyosatini amalga oshirishga nisbatan ham tatbiq etish mantiqan togri boladi. Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda rivojlangan davlatlarning tajribasini organish foydadan xoli emas.

AQShda yoshlar tarbiyasi talim tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Yoshlar tarbiyasida asosiy maqsad yoshlarni jamoat ishlariga jalb etish (Youth Service) va mavjud amaliyot orqali faollikka orgatish (Service Learning)ga qaratilgan. Ushbu mamlakatda yoshlar siyosati loyihalari va dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi biznes sektorlar, jumladan, shaxsiy xayriya tashkilotlarining faol ishtirokini taminlovchi amaliyot mexanizmi joriy etilgan.

AQShda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati konsepsiyasida yoshlarning ijtimoiylashuvi jarayonida davlat tuzulmalarining minimal ishtirokiga asoslanadi. Yoshlarni ijtimoiy qollab-quvvatlash shaxsiy xayriya tashkilotlarining asosiy ishi sanaladi. Davlat komagiga faqat yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamigina davogarlik qilishi mumkin, mablaglar qatiy belgilangan tartib asosida kam taminlanganlarga beriladi.

Fransiyada yoshlar siyosatini ishlab chiqish bilan Yoshlar, sport va jamoat tashkilotlari vazirligi shugullanadi. Bu vazirlik joylarda yoshlar siyosatini amalga oshirishga masul hududiy boshqarma va departamentlariga ega. Yoshlar siyosatini amalga oshirish boyicha davlat hokimiyati va nodavlat notijorat tashkilotlarining ozaro hamkorligi muhim sanaladi. Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadi ishsiz yoshlarning foizini amalda kamaytirishdan iborat.

Shvetsiyada yoshlar siyosati Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakat Parlamentida yoshlar davlat kengashi hamda uning mahalliy munitsipial bolinmalari faoliyat yuritadi. Shvetsiyada yoshlarni ish bilan taminlash va mehnatga maxsus tayyorlash masalasi mahalliy mehnat bozori va biznesning kadrlarga bolgan ehtiyojidan kelib chiqib hal etiladi.

Finlandiyada yoshlar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish Talim vazirligiga yuklatilgan. Yoshlar bilan ishlashda asosan maktab jamoatchiligi bilan hamkorlikka asoslanadi. Yoshlarning fuqarolik va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Finlandiya Parlamentida muntazam tarzda ikki yilda bir marta (1998 yildan buyon) Yoshlar parlamenti yigilib keladi. Yoshlar parlamenti Maktab klublari markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Kanada mamlakati yoshlar siyosatini amalga oshirishda eng barqaror davlatlardan biri hisoblanar ekan. Buning sababi ushbu davlatdagi Vaterlo universiteti olimlari tomonidan 1978-2012 yillarda yoshlar boyicha turli avlod vakillari ortasida ilmiy eksperement va tadqiqotlar muntazam otkazilib, ilmiy tadqiqotlar rivojlangani bilan izohlanar ekan. Ilmiy tadqiqotlar oz samrasini berib, shuning uchun Kanadada yoshlar siyosati ijtimoiy, huquqiy va siyosiy faolligi ancha yuqori darajaga kotarilgan.

Xulosa

Yoshlarga oid davlat siyosatiga faqat davlat organlari masul, degan notogri fikrdan voz kechish davri allaqachon keldi. Davlat siyosatining ustuvor yonalishi sifatida yoshlar siyosatiga davlat organlari bilan birga nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari birdek masulligini anglashimiz lozim. Yoshlar muammosining togri, adolatli va qonun asosida hal etilishidan nafaqat yoshlar, balki davlat va jamiyat ham manfaat korishi tabiiy.

Ozbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining samarali bolishi milliy mentalitet va qadriyatlarimizga suyanib olib borilishiga bogliqligi ham isbot talab qilmaydigan haqiqat. Ulardagi gayrat sonmasligi yoqolmasligi uchun davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlarida soz va ish birligi taminlanishi zarur.

Yoshlar yangi kuch, yangi goya va yangi uslub sohiblaridir. Shu bois, ular kamoloti haqida qaygurish davlat va jamiyat boshqaruvida eng asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Eshmuhammad QODIROV

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi professori vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlar doktori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: