O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
15.05.2020

222-MUKOFOTLASh VARAQASI

bo‘yicha kattaqorgonlik jangchi Eson Joboriyev

qahramonlik unvoniga tavsiya qilingan ediIkkinchi jahon urushi davrida frontga safarbar qilingan ozbekistonlik jangchilardan 301 nafariga qahramonlik unvoni berilgan. Ularning 200 mingdan ziyodi jang maydonlarida qahramonlik namunalarini korsatgani uchun orden-medallar bilan taqdirlangan.

Biroq jang maydonlarida jasorat korsatgan askarlarga berilgan unvon yoki orden-medallar turli kutilmagan voqealar sababli egalariga topshirilmay qolgan hol kop bolgan.

Tahririyatimizga Kattaqorgon tuman, Yodgorxoja nomli mahalla fuqarolar yigini, Qoshrabot qishlogida yashagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Eson Joboriyevning farzandlari hamda qishloqning bir guruh oqsoqollari tomonidan yozilgan ariza keldi. Unda Ikkinchi jahon urushida qatnashgan Eson Joboriyev 1944 yil 21 iyulda jangda korsatgan jasoratlari uchun 233-Chernomor polki rahbariyati tomonidan qahramonlik unvoniga tavsiya qilingani, lekin noma’lum sabablarga kora, bu mukofot «Qizil bayroq» ordeniga almashtirilgani haqida aytilgan.

Eson Joboriyevning farzandlari Qahramon, Bahodir va Bahrom ana shu holatga oydinlik kiritish uchun bu haqda Moskvadagi markaziy arxivga xat yozishgan. Arxiv xodimlari tomonidan berilgan malumotga kora, haqiqatan ham 233-Chernomor polkida xizmat qilgan gvardiyachi serjant Eson Joboriyev 1944 yil 21 iyunda jang maydonida korsatgan jasorati uchun rahbariyat tomonidan 222-mukofotlash varaqasi boyicha qahramonlik unvoniga tavsiya qilingan.

Eson Joboriyev 1939 yilda Kattaqorgon tumanidagi Qoshrabot qishlogidan harbiy xizmatga chaqirilib, Belorussiyaning Belostok viloyati, Garbiy harbiy okrug 230-chegara artilleriya polkida yigitlik burchini otaydi. U paytda artilleriya toplari ot-ulov yordamida juda qiyinchilik bilan tortib yurilgan... Urush boshlanishi arafasida, 1941 yilning ortalarida uyiga qaytgan Eson Joboriyev harbiy tayyorgarlikka ega bolgan jangchi sifatida yana qaytadan frontga safarbar etiladi.

U Garbiy front, Markaziy front, Janubiy-garbiy, Bryansk va Belorussiya frontlari armiyasi tarkibida bolib otgan janglarda ishtirok etadi. 1943 yilning oktabr oyida askarlarimiz Dnepr daryosini kechib otganidan keyin 1-Belorussiya fronti ikkiga bolinadi. Eson Joboriyev 61-armiya, 76-gvardiya diviziyasi, 233-Chernomor polki, 1-shturmovoy vzvodiga avtomatchi qilib otkaziladi. Jangda korsatgan jasorati uchun bir necha marotaba Oliy qomondonlik tashakkurnomasi va bir qator medallar bilan taqdirlanadi. Unga gvardiyachi serjant unvoni berilib, vzvod komandiri vazifasi yuklanadi. Eson Joboriyev Belorussiyaning bir qator shahar va qishloqlarini ozod etishda qatnashadi, Brest qalasini ozod etishda ishtirok etib, Berlinga qadar boradi. Ana shu davrda 4 marta yarador bolib, bir marta pichoqlanadi, harbiy gospitalda davolanib, qayta jangga kiradi.

Osha paytda rus tilida chop etilgan front gazetalaridan birida Edinaya boyevaya semya rukni ostida Eson Joboriyev haqida On stal serjantom, bvalm voinom sarlavhali maqola hamda uning katta surati chop etiladi. Maqolada Eson Joboriyevning jangda korsatgan jasoratlari haqida hikoya qilinadi

Belorussiya fronti chizigida shiddatli janglar davom etayotgan bir paytda 1944 yilning 21 iyulida gvardiyachi serjant Eson Joboriyev 13 jangchi bilan Domichin tumani Dubitsa aholi punktidagi tepalikni himoya qilish asnosida dushman orovida qoladi. Yordam kuchlari yetib kelgunga qadar ular tepalikni mardonavor himoya qiladilar. Eson Joboriyevning bir ozi 18 nafar fritsni yakson qiladi.

Ana shu jangda korsatgan jasorati uchun Eson Joboriyev front qomondonligi tomonidan qahramonlik unvoniga tavsiya etiladi va uyiga borib kelishi uchun unga ikki oylik tatil beriladi. Oliy qomondonlik tomonidan Eson Joboriyev yashaydigan tuman harbiy komissariatiga uni qahramonlikka tavsiya etilgani togrisidagi mukofotlash varaqasi nusxasi va tashakkurnoma yuboriladi. Harbiy komissar bu varaqa va xatni qishloq ahliga oqib eshittiradi. Shundan keyin Eson Joboriyev el orasida Eson qahramon degan nom oladi. Ikki oylik tatildan keyin Eson Joboriyev oz harbiy qismiga qaytib borganida, u qahramonlik unvoni orniga Qizil bayroq ordeni bilan taqdirlanadi.

Osha paytlari nega bunday bolganini sorab-surishtirib otiradigan vaqt emasdi...

Eson Joboriyev jangu jadallardan omon chiqib, qishlogiga galaba bilan qaytadi. Biroq qancha-qancha navqiron yigitlarning umriga zomin bolgan urush dahshatlari koz ongidan ketmasdi, halok bolgan dostlarini eslab ruhan azob tortardi.

Eson Joboriyev urushdan qaytganidan keyin Maxfirat opa bilan turmush qurib, besh nafar ogilni voyaga yetkazishadi, ularni oliy malumotli qilishadi. U jamoa xojaligida yer olchovchi bolib ishlaydi, nevara-evaralik bolib, hayotiga shukronalik keltirib yashab, 1997 yil 12 aprelda vafot etadi.

Ota-bobolarimizning Ikkinchi jahon urushida korsatgan qahramonliklari, jangu jadallardagi mardlik namunalari harbiy qomondonlik rahbariyati tomonidan bekorga qayd etilmagandir, bekorga ragbatlantirilmagandir? Ularning koplari olimidan song mukofotlarga tavsiya qilingan. Kattaqorgonlik Eson Joboriyev esa tengsiz janglarda korsatgan jasorati uchun tirikligida qahramonlikka tavsiya etilgan. Uning farzandlari shu boyicha izlanishlar olib borib, yaqinda Moskvadagi markaziy arxivdan haqiqatan ham otalari 1944 yil 21 iyunda jang maydonida korsatgan jasorati uchun rahbariyat tomonidan qahramonlik unvoniga tavsiya qilingani haqidagi 222-mukofotlash varaqasi nusxasini olishdi. Eson Joboriyevga berilgan qahramonlik unvoni haqidagi hujjatlar ham sobiq shoro poytaxtidagi harbiy arxivlardan biridan topilib qolsa ajab emas.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.

Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi diqqatiga!

TAHRIRIYaTDAN: Ikkinchi jahon urushida yurtimiz farzandlari korsatgan jasoratlarning biz bilgan, bilmagan jihatlari oz emas. Shuningdek, turli tasodiflar bilan taqdirlanmay qolgan qahramonliklar yoki mukofotlar egasiga topshirilmay qolgan holatlar ham kop bolgan. Kattaqorgonlik jangchi Eson Joboriyev polk qomondonligi tomonidan qahramonlikka tavsiya qilingan bolsa, demak, u shunga yarasha jasorat korsatgan. Biroq, negadir bu unvon unga berilmay qolgan. Nimadir sabab bolganmi, tos-topolonda yoddan kotarilganmi? Yoki eng oxirgi muhokamada qahramonlik unvoni orniga boshqa mukofot maqul korilganmi? Bilmadik, lekin Eson Joboriyev farzandlari haqiqatni bilishni juda-juda istashadi. Biz bu masalaga oydinlik kiritishda Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yordam korsatadi, deb umid qilamiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: