O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
25.02.2020

MAHALLA, OILA TAKOMILI VA OZLIKNI ANGLASh

Xalqimiz turmush tarzi «Mahalla ham ota, ham ona», degan tushuncha ta’sirida shakllangan. U azaliy qadriyat sifatida o‘z ahamiyatini yoqotgan emas, har qanday vaziyatda ham odamlar bir-birining ahvolidan xabardor bolib, boshlariga tushgan har qanday tashvishlarni bartaraf etishda bir-biriga kamarbasta bolib yashaganlar. Ammo asrimiz boshlarida ozga madaniyatlar bosimi, kuchli targibot natijasida milliy ozligimizdan chekinishlar sodir boldi. Jamiyatda ota-ona vazifasi, eru xotinlik burchi, farzandlar tarbiyasi zamonaviylik korinishida ozgacha tus oldi. Uzoq yillar davom etgan, balki, oz holiga tashlab qoyilgan jamoaviy tarbiya ojizlashdi. Natijada betasirlik, boqibegamlik, ozbolarchilik, tanish-bilishchilik, keyinchalik odam savdosi, qotillik, poraxorlik korinishida umumtaraqqiyotga gov bolayotgan salbiy unsurlarning yollari ochildi. Bularning oqibatini endilikda turmush tarzimizda korib turibmiz.

– Oila muqaddas degan azaliy va ezgu goya qadrsizlanib, ming yillik milliy qadriyatlarimiz zavol topar ekan, bu kabi ogriqli holatlarni kamaytirib bolmaydi. Buning uchun mahalla katta ijtimoiy kuch sifatida maydonga chiqishi kerak. Chunki faollar, kopni korgan oqsoqollar, tajribali nuroniylarimiz agar istasa, jamoatchilik bilan birgalikda har qanday muammoni hal qilishga, xato qilgan yoshlarni togri yolga solishga qodir, dedi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari boyicha videoselektor yigilishida.

Haqiqatdan ham mahalla instituti katta kuch. Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda ilgor, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashda oila tarbiyasi, maktab tarbiyasi va jamoaviy yani, mahalla tarbiyasi ustuvorlikka ega. Shu paytgacha, mamlakatimizda mahalla, maktab, oilalarning ozaro hamkorligi mavjud edi. Aynan mana shu uch tayanch bugungi kunda Ozbekiston Prezidentining joriy yil 18 fevraldagi Jamiyatda ijtimoiy-manaviy muhitni soglomlashtirish, mahalla institutini yanada qollab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari togrisida"gi farmoni bilan yanada mustahkamlandi. Bunga oilaning asosiy boginlaridan biri xotin-qizlar bilan ishlash tizimining mujassamlashgani ayni muddao boldi, Chunki, avvalo oila muhitini yaxshilash, qolaversa, mahallada jamoaviy tarbiyaning kuchayishida xotin-qizlarning ham roli katta.

Farmonda takidlanganidek, Ozbekiston Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bolimlari tashkil etilishi va ularga jamiyatda Obod va xavfsiz mahalla tamoyilining tolaqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama komaklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-manaviy muhitni soglomlashtirishda fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini ornatish vazirlikning asosiy vazifasi qilib belgilangani sohada shu paytgacha yigilib qolgan qator muammolarning yechimini topishda qol keladi.

Birinchidan shu paytgacha fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyati huquqiy tayanchga, yanada aniqroq ifoda qiladigan bolsak, amaliy tasir korsata oladigan quvvatga, vakolatga tola ega emasdi. Mahalla instituti kop hollarda ozlari aniqlagan muammolar girdobida qolayotgandi. Ayniqsa, mahallaning bosh yacheykasi — oilalardagi muammolar eng avvalo, inson omili bilan bogliqligi bois, ularga amaliy komak berish, mavjud ahvolni soglamlashtirish borasida qoshimcha kuchga ehtiyoj katta edi. Tajriba shuni korsatdiki, mahallalarda sodir bolayotgan jinoyatlarning aksariyati ishsizlikka, oilalardagi ajrim sabablarining tub mohiyati ham shu kabi muammolarga borib taqalayapti. Masalan, biz Qaraqalpogiston Respublikasi Ellikqala tumanida hamkor tashkilotlar bilan aholining aniqlangan mummolariga barham berish uchun 1500 ish orni yaratishga erishdik, bu kabi ishlar hozir ham izchil davom ettirilmoqda. Bu katta raqam bolmasa-da, deyarli shuncha oilaning kimidir ishli boldi, muammosi bir qadar bartaraf etildi. Yana bir masala, shu paytgacha xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini munosib himoyalash bobida qilinayotgan ishlar yetarli emasdi. Ochigini aytish kerak, haqiqatdan ham agar ayol oilada ezoz, hurmat topsa, uning tasiri avvalo mahalla, songra butun jamiyatda seziladi. Ekspertlar xulosasiga kora, bu kabi holatlar albatta ayolning atrofidagi odamlar hayotiga ham ijobiy tasir korsatadi, uning hurmatini oshiradi. Shu jihatdan yangi vazirlik oilalardagi manaviy-axloqiy muhitni shakllantirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda fuqarolar yiginlariga har tomonlama komaklashadi, albatta.

Respublika mahallalar kengashi boshqaruvi raisi, Oliy Majlis Senati azosi Rahmat Mamatov takidlaganidek, yangi vazirlik va uning hududiy tuzilmalari aholi muammolari bilan ishlash, tasirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda mahallalar mavqeini yuksaltirib, ijtimoiy-manaviy muhitni soglomlashtirish, qonun ustuvorligini taminlash, huquqbuzarliklarning oldini olishda barcha tashabbuslarni qolga oladi. Hududlardagi huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni kamaytirishda ichki ishlar organlari hamda boshqa davlat idoralari, jamoat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikda ish olib boradi.

Faqat bugina emas, farmonga kora, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda Mahalla oquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot institutining tashkil etilishi mahallada oilaviy muammolarning kelib chiqishi, ajrim va jinoyachilikning oldini olish maqsadida ularning sabablarini organish hamda bartaraf etishda oziga xos huquqiy va ilmiy jihatdan asoslangan tahliliy xulosalar chiqarish uchun zamin yaratadi. Takidlash joizki, bu oz ozidan fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini qollab-quvvatlash, mahalla tizimini rivojlantirish va jamiyatda Obod va xavfsiz mahalla tamoyilini joriy etishning 2020?2024 yillarga moljallangan konsepsiyasini puxta ishlab chiqilishiga komak beradi.

Yangi vazirlik va uning hududiy tuzilmalari aholi muammolari bilan ishlash, tasirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda mahallalar mavqeini yuksaltirib, ijtimoiy-manaviy muhitni soglomlashtirish, qonun ustuvorligini taminlash, huquqbuzarliklarning oldini olishda barcha tashabbuslarni qolga oladi. Hududlardagi huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni kamaytirishda ichki ishlar organlari hamda boshqa davlat idoralari, jamoat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikda ish olib boradi.

Shuni alohida takidlash kerakki, mazkur vazirlik faoliyati jamiyat taraqqiyotiga gov bolib turgan korrupsiya holatlarini aniqlashda, unga qarshi kurashda, eng avvalo aholi ongida vatanparvarlik tuygularini yanada ostirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Albatta, mazkur vazirlikning tez faoliyatga kirishishi, sohaning aniq maqsad sari qad rostlashi bugun, ayniqsa, mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida oz mavqeni yanada mustahkamlashda harchand zarur bolib turibdi.

Farhod IBODULLAYeV,

Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi deputati, OzXDP azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: