O'zb  
 
19.11.2019

Sharaf va masuliyat

Mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 10 oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash togrisida»gi Farmonida Samarqand davlat universiteti zimmasiga katta vazifa yuklatildi

Farmonda universitetimizga yuksak ishonch bildirilib, mamlakatimiz oliy talim muassasalari bayroqdori bolish va xalqaro tashkilotlar reytingida jahon oliy talim muassasalari orasida birinchi 500 talikdan joy olish vazifasi belgilab qoyildi.

Ilmiy-texnika inqilobi jarayoni shu darajada shiddat bilan rivoj olmoqdaki, uning yutuqlaridan samarali foydalanish katta bilim va kuch talab qiladi.

Albatta, keyingi yillarda talim islohotlari yolida kop xayrli ishlar amalga oshirildi. Sohaga oid bahs-munozaralarda xalqimiz vakillari va talim-tarbiya mutasaddilari tomonidan bir qator foydali taklif-mulohazalar aytildi va bu jarayon davom etmoqda. Ammo bu hali talim tizimidagi barcha muammolarning yechimi topildi, degani emas.

Talim sohasi huquqiy, ilmiy-metodik va moddiy-texnik taminoti borasida keyingi uch yilda misli korilmagan darajada qayta qurildi, tegishli hujjatlar qabul qilindi. Ularning ijrosini taminlash esa kopchilikka, soha vakillarining hammasi aravani baravar tortishiga bogliq. Vaholanki, muhtaram Prezidentimiz Bugun talim-tarbiya sohasida, hurmatli oqituvchi va murabbiylarimiz, farzandlarimiz hayotida yangi davr boshlanmoqda. Bu davrni yanada chuqur mano-mazmun bilan toldirib, milliy yuksalishga erishish faqat va faqat ozimizga, shu yolda hamjihatlik bilan qattiq mehnat qilishimizga bogliqligini aytib turibdi.

Malumki, Konsepsiyada oliy talim tizimi, shuningdek, Samarqand davlat universiteti professor-oqituvchilari oldiga ota jiddiy vazifalar qoyilgan. Oquv jarayonini kredit-modul tizimiga otkazish, nazariy bilim olishga yonaltirilgan talimdan amaliy konikmalarni shakllantirishga yonaltirilgan talim tizimiga otish va oxir-oqibatda, oliy talim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga kotarib, mehnat bozorida oz ornini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yolga qoyish. Bu aytishga oson, bajarilishi qiyin vazifa. Ammo bajarilishi shart bolgan vazifa.

Bizning rivojlanish tamoyillarimizga kora, davlat bosh islohotchi, albatta. Ammo davlat va jamiyatning ajralmas bir bolagi sifatida soha mutasaddilari – biz, ozimiz bir chetda tomoshabin bolib tursak, qanday boladi? Axir, qars ikki qoldan chiqmaydimi?

Kop yillik kuzatuvlarimdan kelib chiqib aytaman: oliy talim tizimida islohotlarni jadal amalga oshirishga tosiqlik qilayotgan omillardan biri ayrim professor-oqituvchilarimizdagi loqaydlik, tashabbussizlik, kuzatuvchilik yolini tutayotganidir.

Shu paytga qadar ishlash sharoitimiz yaxshi emas, oyligimiz kam degan, bahonalarni eshitar edik. Endi nimani vaj qilib korsatamiz, bilmadim. Keyingi uch yilda oyliklarimiz bir necha baravarga oshdi. Chontagimiz pul kordi, tirikchiligimiz yaxshilandi. Lekin negadir ayrimlarda buning shukronasi sezilmayapti. Axir, faollashishimiz ham shunga yarasha bolishi kerak emasmidi?

Buning ustiga, takror-takror aytilayotgan, qator tanqidiy maqolalar yozilayotgan bolishiga qaramasdan, talabalarga baho qoyishdagi noxolislik hamon barham topgan emas. Buni ota-onalar ham, iltimoschilar ham tushunib yetishlari kerak. Kimningdir yordamidan, qollab-quvvatlashidan umidvor bolgan talaba yolchitib oqimaydi.

Mana endi bir narsa yaxshi boldi. Farmonda oliy talim muassasalarining akademik mustaqilligini taminlash kozda tutilgan. Ushbu hujjat doirasida alohida Nizom ishlab chiqish mumkin bolar. Nizom talablariga muvofiq, boshqacha aytganda, mehnatiga qarab haq ola boshlagandan keyin ishga bolgan munosabati ozgarar. Amaldagi qonunlar doirasida moddiy va manaviy ragbatlantirishning tabaqalashgan tizimi ishlab chiqilar. Harqalay, buni yaqin kelajak korsatadi. Ammo bir narsa oliy oquv yurtlariga beriladigan bu imtiyoz muassasa rahbarining vakolati va javobgarligini oshirishi aniq.

Shu kabi mustaqillik talim muassasasi ichida, sorovi ham shunga yarasha bolsa, masalan, jamoat salmogi sezilmaydi. Kasaba uyushmasi, Yoshlar ittifoqi, Oqsoqollar kengashi, Xotin-qizlar qomitasi, Jamoatchilik kengashi va hokazo. Universitet rahbariyati hamisha kadrlar tanlashda qiynaladi. Shu masalada Kasaba uyushmasi yoki Oqsoqollar kengashi yordam bersa, har bir fakultet, kafedra kesimida kadrlar layoqatini organib chiqib, tavsiyalar kiritsa qanday bolar ekan? Axir, asosiy ish quyi yacheykalarda amalga oshiriladi-ku! Yoshlar ittifoqi Prezidentimizning besh tashabbusi ijrosini yoki bolmasa, baholash tizimi nazoratini oz qollariga olishsa, bu borada tushadigan ariza-shikoyatlarni ozlari hal qilishsa, nur ustiga alo nur bolardi!

Professor-oqituvchilar orasida xotin-qizlar ham salmoqli oringa ega. Xotin-qizlar qomitasi ularning faolligini oshirish ustida bosh qotirsa maqul emasmi? Tabiringiz joiz bolsa, biz tadbirbozlik bilan kop shugullanayapmiz va buni asosiy ishimiz, deb bilayapmiz. Aslida barcha jamoat tashkilotlari oz vakolati doirasida faoliyatini jonlantirib, universitet rahbariyatiga yaqindan komaklashishi lozim emasmi?

Ayrim professor-oqituvchilarning tamagirligidan ham qutulib bolmayapti. Organgan kongil ortansa qoymas, deganlariday, yillar davomida shakllangan bu illatlardan birdaniga xalos bolish qiyin kechyapti.Ammo talabalar, ota-onalar ularning orqasidan nimalar deyishini bir koz oldilariga keltirishsa, yomon bolmasdi.

Farmonda muassasa rahbarlariga berilgan mustaqillik bu borada ham keskin choralar korishga imkon beradi, deb umid qilamiz.

Muhtaram Prezidentimiz Ozbekiston oqituvchi va murabbiylariga bayram tabrigida bugungi kun oqituvchisi universal mutaxassis, ham orgatuvchi, ham organuvchi bolishi, yani oz ustida tinimsiz ishlashi, doimo izlanib yashashi kerak, degan gapni aytdilar haq gap.. Nazarimda, aynan mana shu joyda ham biz oqsayapmiz. Universitet talimi xususiyatlaridan kelib chiqib, talabalarga har bir fan yonalishida fundamental bilim berishga harakat qilishimiz kerak. Bu esa, bizdan nafaqat muayyan fanning nazariy asoslarini puxta bilish, ayni paytda, shu sohadagi yangiliklardan ham muttasil xabardor bolib borishni taqozo etadi. Zamon yoshlari kimning orqasidan ergashishni yaxshi bilishadi, deb oylayman.

Farmonda, yuqorida tilga olinganidek, kredit-modul tizimiga otish vazifasi yuklatilayapti. Hali kopchiligimiz bu haqda tushunchaga ega emasmiz. Oliy talim muassasalarida talim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirishni nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini joriy etish moljallangan.

Tabiiyki, mazkur farmon ijrosi yuzasidan qiladigan ishlarimiz nihoyatda kop. Uning mashaqqatiga bardosh bera oladiganlargina tizimda ishlay oladi. Buning aksi bolsachi? Albatta, undaylar oz ornini boshqalarga boshatib berishga majbur boladi. Harqalay, zamon bir amallab kun kechiradiganlarning, bugun otsa boldi, ertaga bir gap bolar, deganlarning zamoni bolmay qoldi. Buni chuqur anglab yetgan holda, talim sohasida faoliyat olib borayotgan har bir ziyoli ruhiy poklanish va faollashish yolini tutishi kerak. Talim tizimida ishlash, ustoz va murabbiy degan yuksak nomga sazovor bolishning boshqa yoli yoq.

Suyun KARIMOV,

Samarqand Davlat universiteti professori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: