O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
08.10.2019

BESh QITA POLVONLARI BELLAShUVI

Termizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boyicha al Hakim at-Termiziy xotirasiga bagishlangan an’anaviy XIV xalqaro turnir yakunlandi.

Mamlakatimizda har ikki yilda otkazilayotgan mazkur turnirda bu yil jahonning 48 davlatidan 200 ga yaqin polvon ishtirok etdi.

Termiz shahridagi “Alpomish” oyingohi tomoshabinlar bilan toldi. Surxondaryo viloyati hokimi Tora Bobolov xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimida sozga chiqib, Prezidentimiz rahnamoligida kurashni rivojlantirish boyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida toxtaldi va ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi. Ananaviy turnir ochiq, deb elon qilindi.

Shundan song Vatanimiz madhiyasi yangrab, davlatimiz bayrogi kotarildi. Yoshlar, taniqli sanatkorlar ijrosida kuy va qoshiqlar yangradi. Chanqovuz sadosi olamni tutdi. Baxshilar aytishuvi mehmonu mezbonlarga manzur boldi.

Dastlab yosh va faxriy polvonlarning korgazmali chiqishlari namoyish qilindi. Keyin esa uchta gilamda bellashuvlar boshlandi. Unda ogil bolalar 55, 66, 73, 81, 90, +100 kilogramm vazn toifasida kuch sinashgan bolsa, qizlar 48, 57, 70, +78 kilogrammda goliblik uchun kurashga kirishdi.

Sovrinli orinlar uchun kurash Respublikamiz vakillari va Vetnam, Indoneziya, Gretsiya, Hindiston, Xitoy, qoshni Qozogiston va Tojikiston ortasida kechdi.

Yigirma yildan buyon ushbu musobaqalarda ishtirok etaman, deydi musobaqa bosh hakami, kurash xalqaro assotsiatsiyasi hakamlar hayati raisi Ravi Kapur janoblari. Ozbekiston ikkinchi vatanimga aylangan. Kurashni qanchalik sevsam, navqiron diyoringiz ham yuragimga shunchalar yaqin bolib qolgan.

Hindistonda ham kurashning ommaviyligini taminlashga harakat qilayapmiz. Kurash endilikda Butunhindiston maktab oyinlari dasturiga ham kiritilgani uning ixlosmandlari yil sayin ortayotganidan dalolat beradi.

Avval ham bir necha marta Ozbekistonda bolganman, deydi braziliyalik faxriy mehmon, kurash boyicha jahon chempioni Aleksandr Katsuragiy. Oz davrida Termiz gilamlarida kurash tushganim bugun koz oldimda gavdalandi. Bu milliy sport turi kishiga zavq-shavq beradi. Shukuhi ozgacha bolgani uchun ham millionlab muxlisu ixlosmandlarga ega boldi. Kelajakda mazkur turnirga yana kelmoqchiman.

Musobaqaga qitamizdagi onga yaqin davlatdan 30 dan ortiq polvon va mutaxassis tashrif buyurdi, deydi Afrika kurash konfederatsiyasi bosh kotibi Jian Ofakem Enanak janoblari. Hozirgi kunda kurash Gaiti, Kamerun, Nigeriya, Kongo, Nepal va boshqa mamlakatlarda ham rivojlanmoqda. Koplab yoshlarimiz allaqachon uning sir-asrorlarini mukammal organgan bolsa, yaqin kelajakda ularning safi yanada kengayishiga ishonaman.

Turnirning ikkinchi kuni gilamga mutlaq vazn toifasidagi polvonlar chiqishdi. Dastlabki bahslardanoq Ozbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Eron, Argentina, Gruziya va Tojikiston Respublikalaridan kelgan alp yigitlar mutlaq vaznda asosiy davogar ekanligi malum boldi. Qizgin va murosasiz kechgan bellashuvlarda uchinchi orin tojikistonlik Dadaxon Qurbonaliyev va eronlik Jafariy Paxlovoniylarga nasib etdi.

Bosh sovrin uchun Ozbekistonning ikki nomdor polvoni Boltaboy Boltayev va Muhsin Hisomiddinov gilamga chiqishdi. Qizgin kechgan bahs yakunida Boltaboy Boltayev ustun keldi va al Hakim at-Termiziy xotirasiga bagishlab otkazilgan bu yilgi turnirning mutlaq golibi, deb topildi.

Abdumalik HAYDAROV,

jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: