Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
08.10.2019

KITOB – BEBAHO XAZINA, MA’NAVIY BOYLIK

Poytaxtimizda 2-4 oktabr kunlari “Tashkent Book Fest” xalqaro kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik  va idoralar hamkorligida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Tashkent Book Fest” nomli xalqaro kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Ko‘rgazma ishirokchilari, ayniqsa, yoshlar mazkur yarmarkada xorijiy va mahalliy nashriyotlar tomonidan taqdim etilgan mingga yaqin yangi va nodir kitoblar bilan yaqindan tanishish, chet el va o‘zbek adabiyoti namoyandalari, so‘zi va qalami o‘tkir mualliflar bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ldilar.

— Men bu kabi ko‘lamli ko‘rgazmada birinchi marta  ishtirok etishim. Kitob o‘qish jonu dilim. Ayniqsa, badiiy kitoblar menga juda yoqadi. Sevimli yozuvchilarimiz Abdulla Qodiriy, Said Ahmad, O‘tkir Hoshimovlarning asarlarini yaxshi ko‘rib o‘qiyman. Ularning har bir asaridan  qahramon tanlab, voqealar jarayonida o‘zimga xulosa chiqaraman. Umuman olganda, kitob mening eng yaqin do‘stim hisoblanadi, — deydi biz bilan suhbatda Toshkent Davlat pedagogika universiteti birinchi kurs talabasi Dinara To‘lqinova.

Xalqaro kitob ko‘rgazmasida yozuvchi, shoir, kitob grafikasi ustalari — mohir rassomlar bilan fikr almashish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish ko‘pchilik yoshlar uchun avvalo tajriba, qolaversa, o‘ziga xos mahorat saboqlari ham bo‘ldi. 

— Mening sevimli yozuvchim Said ­Ahmad hisoblanadi. Uning bittagina “Ufq” romani qahramonlari — Ikromjon va Jannat xolaning yolg‘iz farzandi Tursunboyning taqdiri shunchalik mahorat bilan ifodalanganki, o‘quvchini o‘z olamiga olib ketmay qolmaydi, — deydi yana bir ishtirokchi, Toshkent Davlat yuridik universiteti ikkinchi kurs talabasi Shohjaxon Yo‘ldoshboyev. — Buni qarangki, shunchalik ardoqda o‘sgan Tursunboy katta bo‘lganida ota-onasiga rahmat olib kelish o‘rniga qo‘rqoqligi sababli urushdan qochib, bir necha yillar yashirinib yuradi. Onaizor esa turmush o‘rtog‘idan yashirincha bolasi uchun jangalzor, qamishzorlar ichida bekinib yurgan o‘g‘liga nonushta olib keladi...   

Bir so‘z bilan aytganda, kitoblar uchun sarflangan har qancha vaqt yoki mablag‘ albatta  bir kun chuqur bilim, mustahkam iroda va sobit xarakter bo‘lib o‘zimizga qaytadi.

Tadbir so‘nggida bir qator  aksiyalar hamda kitob tanlovlari o‘tkazildi.

 

Umida NIShONOVA,

O‘zJOKU 2-kurs talabasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

So‘nggi yangiliklar: