O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.09.2019

QOQON YOGOCH OYMAKORLIGI MAKTABI SIRI

Qo‘qon qadimdan ozining boy madaniy merosi, boqiy an’analari, amaliy sanati bilan dong taratgan. Ayniqsa, hunarmandlarning ijod mahsullari hali-hanuz keng jamoatchilikni maftun etib kelmoqda. Ular orasida yogoch oymakorligi namunalari alohida ajralib turadi. Bu bejiz emas, albatta.

1950 yillarda arxeologik qazish ishlari asnosida Qoqon shahridan biroz janubda joylashgan Qorabuloq maskanidan oymakor yogoch ustunning chala kuygan bolaklari topilishi bu sanatning qadimiyligidan dalolatdir. Zero, arxeologlar mazkur sanat asari qoldiqlarini milodiy eraning III-IV asrlariga xos ekanligini etirof etdi.

Xoqandi Latif XIII asrning yigirmanchi yillarida mogullar tomonidan vayron qilingach, boshqa sanat sohalari qatori, yogoch oymakorligi sanati ham tanazzulga uchradi. Qoqon xonligi tashkil topgandan songgina qayta jonlandi. XVIII asrning ikkinchi yarmida bu sanat taraqqiy etib, Qoqon maktabi vujudga keldi. Bu maktabni oz davrida usta Akbarali Haydarali ogli, Usta Jamoliddin Shahobiddin ogli, Bahriddin Jamoliddin ogli kabi ustalar boshqarib keldi.

XIX asr oxirlarida maktabga "Haydar farang" taxallusiga ega bolgan Haydarali Najmiddinov rahbarlik qildi. Uning ishini ogli – Qodirjon Haydarov davom ettirdi. Qoqon maktabi faoliyatining eng taraqqiy etgan davri ham Qodirjon Haydarov faoliyati bilan bogliqdir. Qodirjon Haydarov oz sanati va ustozlik faoliyati bilan Qoqon yogoch oymakorligi sanatida katta maktab yaratdi. Oymakorlik sanatini chuqur egallagan usta osha paytda oz ijodida mashhur bolgan uch usul bagdodi, islimiy va pargori naqshlarini keng qollagan.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, manaviy qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Xususan, yogoch oymakorligi sanatini rivojlantirishga ham etibor kuchaydi. Yogoch oymakorligi sanati Qoqon maktabi, Qodirjon Haydarov maktabi faoliyatini ustaning nabiralari Mirzausmon, Mirzayunus, Hasanjon Umarovlar va ularning farzandlari va shogirdlari davom ettirib kelmoqda. Marhum Ozbekiston Qahramoni Abdugani Abdullayev ustaning haqiqiy shogirdi ekanligini namoyish etib, respublikamizdagi koplab imoratlar va inshootlarni, jumladan, Imom Buxoriy memoriy majmuasi hamda Toshkentdagi Xotira maydonini qurish va bezatish ishlarida sarkorlik va ustalik vazifasini ado etdi. Mirzausmon oz bobosining nomini abadiylashtirib, Qodirjon Haydarov nomli maktab-ustaxona tashkil etdi.

Hasanjon Umarov sanatkorning nabirasi ekanligini isbotlab, sanat borasidagi xizmatlari uchun Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan sanat arbobi yuksak unvoniga sazovor bolgan. Bu sulola vakillari ananalarga sodiq bolib, amaliy sanatni yanada rivojlantirmoqda. Bugungi kunda ustaning yettinchi avlodidan bolgan Abdulhakim, Abdulaziz va Abdurahmon Umarovlar ushbu sharafli kasbni iftixor bilan davom ettirmoqda.

Yogoch oymakorligi ota sinchkovlik, mahorat talab etadigan sanatdir. Abrorjon Qosimov ham mazkur sanatga yoshligidan qiziqib, uni qunt bilan organdi. Toshkentdagi Respublika rassomchilik kollejida aynan shu yonalishda tahsil oldi. Qoqonlik ustalarga shogird tushib, uni mukammal egallashga harakat qildi. Yosh usta tomonidan tayyorlanayotgan yogoch oymakorligining namunalariga bugun xorijlik sayyohlarning ham qiziqishi katta.

Xalqaro hunarmandchilik festivaliga ellik turdan ortiq ixcham va kichik korinishdagi mahsulotlarni tayyorlamoqdaman, deydi A.Qosimov. Naqsh solingan qutichalar, muhrlar, lavh va boshqa mahsulotlar shahrimizga tashrif buyuradigan mehmonlarga sovga qilinadi.

Qoqonlik hunarmandlar yaratgan oymakorlik durdonalari bugun xorijda ham mashhur. Ayni kunlarda mazkur sanat turini yanada rivojlantirish, bu maktabga xos qadimiy naqsh usullarini qayta tiklash yolida ijodiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu esa ozbek amaliy sanatining dunyoda yanada shuhrat qozonishida ayni muddao bolayotir. Xususan, xalqaro hunarmandchilik festivalida ham yogoch oymakorligining mohir ustalari oz korgazmalarini namoyish etadi.

Masudjon SULAYMONOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: