O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
13.08.2019

SAMODA MANGU QOLGAN YULDUZLAR

1979 yil 11 avgust... Ushbu sana o‘zbek futboli tarixi sahifalariga eng fojiali sana sifatida muhrlandi. Minskka yol olgan Tu-134 samolyoti Dneprodzerjinsk osmonida halokatga uchrab, «Paxtakor» jamoasining 17 nafar navqiron futbolchisi samoga sochilib ketdi... Shundan beri har yili 11 avgust kuni Paxtakor-79 futbolchilarining xotirasi yodga olinadi.

1979 yilning 11 avgustida Toshkent-Gurev-Donetsk-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti Chelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan toqnashib ketdi... Afsuski, dispetcherning xatosi ozbek futbolining faxri hisoblangan Paxtakorning 17 nafar bahodirini bu hayotdan olib ketdi.

Mazkur fojia nafaqat futbol olami uchun, balki butun ozbek xalqi uchun ogir musibat boldi... Futbolchilarning oila a’zolari bilan birga, millionlab futbol muxlislari uzoq vaqt ozlariga kela olmadi.

Falokatdan song ilk uchrashuvlarga kelgan muxlislar kozlarida yosh, iztirob bilan yangi jamoa ishtirokidagi oyinlarni kuzatib borishgan...

Bu yil mashum sanaga 40 yil toldi. Shu munosabat bilan Paxtakor klubi tomonidan bir qator tadbir dasturlari tashkil etildi.

Otkazilgan matbuot anjumanida tadbir munosabati bilan Toshkentga taklif etilgan sobiq SSSR terma jamoasi azolari, futbol afsonalari, faxriy mehmonlar, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Anjumanga yigilganlar Paxtakor-79ning oziga xos oyinlari, futbolchilarimiz mahorati haqidagi xotiralari bilan ortoqlashishdi.

— Halokatga uchragan jamoa tarkibida dostlarimiz bor edi. Ularni yoqotish biz uchun ogir musibat boldi, dedi Dinamo Tbilisi jamoasining sobiq sardori Aleksandr Chivadze. Halokatdan song yangi Paxtakorga qarshi Toshkentdagi ilk oyindan oldin qabristonga borib, bizni tark etgan yaqinlarimizni xotirlab keldik. Oyinda esa stadion tola edi. Sodiq muxlislar eski jamoasini korgani kelgandek edi goyo. Biz Paxtakorning osha yigitlarini unutmaymiz,

11 avgust erta tongdan esa futbol faxriylari, muxlislar, klub rahbariyati va mehmonlar Paxtakor stadionida ornatilgan yodgorlik yonida toplanishdi. Song Botkin qabristoniga yol olindi, Paxtakor-79 yodgorlik monumenti poyiga gullar qoyildi, marhumlar xotirasi yod etildi. Tadbirda ishtirok etgan mehmonlardan biri taniqli futbolchi Vasilis Xadzipanagis boldi, u oz vaqtida Paxtakor klubida top surgan, song Gretsiyaga kochib ketgan, Gretsiyaning otgan asrdagi eng yaxshi futbolchisi sanaladi.

Marhum paxtakorchilar bilan aka-ukadek edik, deydi Vasilis Xadzipanagis. Yigitlarning xotirasi, Paxtakor hamisha mening qalbimda. Barcha intervyularimda albatta ularni eslayman.

Aviahalokatga 40 yil tolishi munosabati bilan Paxtakor klubi mazkur sanaga katta tayyorgarlik kordi. Jumladan, Paxtakor-79 xotirasiga bagishlab xalqaro Xotira qanotlari turniri otkazildi. Marhum paxtakorchilar nomini abadiylashtirish uchun Toshkent kochalaridan biriga Paxtakor-79 nomi berildi. Osmonda abadiy qolgan yulduzlar haqida film hujjatli film taqdimoti ham boldi. Shuningdek, Ravshan Hakimov muallifligida yozilgan Paxtakor-79 komanda nadej nomli kitobi tadbir qatnashchilariga tarqatildi.

Tadbir dasturiga kora, kechki soat 19:da Paxtakor stadionida sahnalashtirilgan badiiy tomosha boshlandi. Unda Paxtakor-79 jamoasi xotirasiga atab ishlangan turli videoroliklar namoyish etildi, qoshiqlar yangradi, 17 futbolchining ramziy timsoli sifatida 17 kabutar osmonga uchirildi. Darvoqe, qiziq bir fakt: Paxtakor stadioni aynan 11 avgustda ochilgan ekan...

Shu kuni stadionda koplab faxriy mehmonlarni uchratish mumkin edi:

Tolagan Isoqov (sobiq paxtakorchi, ayni vaqtda OFA qoshidagi Faxriylar kengashi raisi orinbosari):

– Osha mudhish voqea futbolchilik hayotimni ostin-ustun qilib yubordi. Tasavvur qiling, kutilmaganda yaxshi bir qadrdon dostingizdan ayrilib qoldingiz. Ogir-a, men esa bir kunda 17 ta shunday dostimdan ayrilganman. Bizning yaqinligimiz faqat maydonda emasdi, oilaviy bordi-keldimiz, dostligimiz bor edi... Jamoamiz azolari bilan bir oiladek bolganmiz.

Men futboldan ketdim, osha vaqtda hatto Ozbekiston rahbari Sharof Rashidov chaqirib, futbolda qolishimni soragandilar, ammo men ahvolimni tushuntirdim. Ruhim butkul singan edi, bazaga boraman, yotaman, kozimga faqat ular korinadi... Ular yoq...

Paxtakor-79 jamoasi boshqacha edi, millatidan qati nazar, ozbekona tarbiya korgan, jamoaga sadoqatli, istedodli yigitlar yigilgandi, ozaro ahil, yaxshi jamoa shakllanayotgandi. Bu fojia futbolimiz rivojini bir necha on yillarga ortga surib yubordi, deb bemalol ayta olaman.

Ahbor Imomxojayev (faxriy sport sharhlovchisi):

Paxtakor-79 jamoasini eslasam, hanuzga qadar koksimda bir ogriq paydo bolaveradi. Baribir, ular boshqacha edi-da, har jihatdan namuna bolishga, ezozlashga arzigulik yigitlar edi. Jamoaning har bir azosi men uchun oilam azosi kabi qadrdon bolgan.

Mixail An bilan ilk bor korishganimda u maktab-internatning 9-sinfida oqiyotgan osmir edi. Keyinchalik Misha bilan qalinlashib ketdik, qayerga bormasin, safardan biron sovga bilan qaytib kelardi. Ukamdek qadrdon edi...

Aviahalokatdan song Paxtakorga ittifoqning turli komandalaridan futbolchilar taklif etildi. Ochigi, ularning hammasi ham jamoa uchun jon kuydirish maqsadida kelmagandi, oziga yarasha manfaatlar kozlangandi. Xullas, marhum paxtakorchilarning ornini toldirisholmadi.

Paxtakorning fojiasi butun ozbek futboli uchun nihoyatda katta zarba boldi. Bu boshliqning ornini toldirish uchun necha yillar kerak boldi bizga. Ular hayot bolganida hozir biri murabbiy, biri hakam, yana biri futbol jonkuyari bolib yurardi, axir.

Bahodir Kattabekov (Paxtakor jamoasining 54 yillik muxlisi):

Besh yoshimdan Paxtakorga muxlislik qilaman. Ilk bor stadionga otam bilan kelganman. Shundan beri Paxtakordan ayrilmayman, hech bir oyinini qoldirmayman. Paxtakorni butun Ozbekiston yaxshi korardi. Oyinlariga har bir viloyatdan muxlislar uzoq yol bosib kelishardi.

1979 yilning 11 avgustida sodir bolgan fojiadan esankirab qoldik, ozimizni qoyarga joy topolmasdik... Ishqibozlik zavqini biladigan inson qadrdon jamoasining fojiali halokati nechogli ogir bolishini tasavvur qilishi mushkul emas. Ozbekistondan yana zor jamoalar chiqishiga umid qilaman, ammo osha halokatga uchragan futbolchilar yuragimizning bir parchasini ozlari bilan olib ketishgan.

Badiiy dasturdan song Paxtakor faxriylari va sobiq SSSR terma jamoasi azolari ortasida ortoqlik oyini boshlandi.

Paxtakor jamoasi tarkibida Murod Aliyev, Farhod Magomedov, Islom Ahmedov, Nomon Hasanov, Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Jasur Abduraimov, Ilhom Sharipov, Jafar Irismetov, Ravshan Bozorov, Oleg Sobirov, Aleksandr Xvostunov, Sergey Lebedev, Baxtiyor Ashurmatov, Pavel Bugalo, Sergey Lushan, Qayrat Otaboyev, Gocha Tkebuchava, Mirjalol Qosimov, Nuriddin Amriyev, Yuriy Kurbiko, sobiq SSSR terma jamoasida Otar Gabeliya, Quralbek Ordabayev, Vladimir Bessonov, Aleksey Mixaylichenko, Aleksandr Zavarov, Vagiz Xidiyatullin, Valeriy Kechinov, Valeriy Shmarov, Dmitriy Kuznetsov, Andrey Pyatnitskiy, Vladimir Gutsayev, Aleksandr Chivadze, Andrey Kanchelskis, Vasilis Xadzipanagis kabi otmishning yorqin yulduzlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Azamat Abduraimov, sobiq SSSRdan Igor Belanov xet-trikka erishdi. Ravshan Bozorov va Dmitriy Kuznetsov hisobiga esa bittadan gol yozildi. Yakuniy hisob 4:4 bilan yakunlandi.

***

Vaqt barcha dardni davolaydi, degan gap bor. Lekin hayotda ogir dardni boshidan kechirgan insonlar bunday emasligini yaxshi bilishadi. Faqat inson shu dard bilan yashashga organa boshlaydi, konikadi, taqdirga tan beradi, ammo qalbidagi jarohatlar izi sira bitmaydi. Paxtakor-79 ishqibozlarining iztiroblari ham ochmasdir.

Paxtakor-79 jamoasi klubga, muxlislarga, futbolga sadoqat, jipslik ramzi sifatida tarixda qoldi.

Bugun stadionda koplab yoshlarni, jajji bolalarni ham korish mumkin edi, ular Paxtakor-79 futbolchilarining suratlari tushirilgan bannerlarni baland kotarib, ularga hurmat korsatishmoqda, Paxtakor, Paxtakor, deya sevimli jamoalarini chin dildan olqishlashoqda. Bugungi yosh avlod Paxtakor-79 jamoasi oyinlarini hatto televizor orqali ham kormagan, ularga muxlislik qilmagan, fojia alamlari nima ekanligini ham bilishmaydi. Ammo ular oz otalari, yoshi katta muxlislardan jamoa oyinlari, halokat haqidagi xotiralarni eshitib katta bolishdi. Ularning bobolari, otalari, Paxtakor-79 haqida shunday mehr bilan sozlashadiki, yosh avlod ham bugun jamoaning chin muxlislariga aylanishgan. Shunday. Yurtning, elning mehrini qozongan qahramonlar, suyuklilar avlodlardan-avlodlarga, tillardan-tillarga kochib yashayveradi, vaqt izmi ular xotirasini ochira olmaydi.

Dildora YOLDOSHEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: