O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
23.07.2019

ERTOLA CHEMPIONLARI

Professional boks turnirlari qachon ko‘payadi, iste’dodlarni kashf etish qanday boladi, jahon chempionlik kamarlarini qachon olamiz, kimlarga umid qilsak boladi?

Ozbekiston professional boks federatsiyasi hakamlar hayati raisi, «Safpro» promouterlik kompaniyasi menejeri va murabbiyi Nabijon USMONOV bilan suhbat.

— Avvalo, boks klubingiz va yutuqlar haqida toxtalsangiz?

Mashgulot zalimizni kop qavatli uyning yertolasida oz kuchimiz bilan qurganmiz. Qariyb 6 yildan beri shu yerda janglarga tayyorlanamiz. Professional bokschilarga katta zalning keragi yoq. Sababi kop holda 2-3 nafar bokschi bilan bitta murabbiy ishlaydi. Yoki 2-3 nafar murabbiy bir shogirdning zarbalari, kombinatsiyalari, oyoq harakatlarini kuzatib boradi. Unga maslahatlar beradi.

Biz tayyorlagan bokschilar hozirga qadar bir necha promouterlik kompaniyalari bilan hamkorlikda katta janglarda qatnashib kelmoqda. Misol sifatida WBO yonalishi boyicha qitalararo jahon chempioni Sherzod Olimjonov, WBC yonalishida Yevropa va Sharqiy Osiyo chempionlik kamari sohibi Zohid Xudoyberdiyevni aytib otmrqchiman.

Ertolamizdan shu kabi koplab kuchli bokschilar chiqganki, murabbiylar orasida Bu bokschi ertoladanmi? Ha, unday bolsa xavfli ekan, singari gaplar yuradi. Bu yerni nomi ertola bolgani bilan korib turganingizdek, shugullanish uchun imkoniyatlar yaratilgan. Bundan tashqari, yaqinda zalimizni boshdan-oyoq tamirlamoqchimiz.

Oylashimcha, bokschi uchun sharoitlar oliy darajada bolishi shart emas. Sababi shu vaqtgacha ortahol oilalardan koproq bokschilar, chempionlar chiqqan. Chunki ular mehnatkash, qiyinchliklarga bardoshli va yoshligidan chiniqqan boladi. Qandaydir bir yetishmovchilik ham ularga ozgacha his-tuygu beradi. Ozi biror-bir yangi mashqlarni, yuklamalarni oylab topadi. Hamma narsa muhayyo bolsa, sportchining kozi toyib qoladi.

Bazi bir davlatlarda korganman, katta va chiroyli zallarda barcha sharoit bor, lekin u yerda bokschi yoq, natija yoq. Nimaga bunday? Bu ularning hamma narsadan toyib qolayotganligi hisobiga. Shuning uchun oylaymanki, sharoitlar oziga yarasha bolishi kerak. AQSh va Yevropa davlatlaridagi kuchli jahon chempionlari ham shu kabi kichkina yertolalardan chiqqan. U yerga borsangiz korishingiz mumkin, turli xil klublar hozirgacha yertolalarda ozlariga xos kichkina zallarda joylashgan.

Bu bilan umuman sharoit bolmasligi kerak, deyayotganim yoq. Sharoit bolishi kerak, lekin aytmoqchi bolganim shuki, biz mana shu oddiy zaldan, oddiy shogirdlarimiz orasidan ham koplab chempionlarni chiqarganmiz.

Bugungi kunda Abdulaziz Najmiddinov, Eldor Saidov singari havaskor boksda katta natijalar korsatmagan, lekin professional ringda oziga xos janglar otkazib, dunyo reytingida oldinlab ketayotgan bokschilarimiz bor. Yangi bokschilarimizdan Hasan-Husan Torakeldiyevlar 20 avgust kuni Namanganda otgan boks kechasida navbatdagi reyting janglarini muvaffaqiyatli otkazishdi.

Janglarga tayyorgarlik jarayoni qanday boladi?

Professional boksda har bir bokschi jadval asosida ozining dasturi bilan shugullanadi. Nimagaki, kimningdir jangi oyning boshida bolsa, boshqasiniki, oxiriga belgilangan bolishi mumkin. Jangga tayyorlanayotgan bokschi sparring vaqtida 12 raund davomida dam olmasdan ishlaydi. Har bir raundda unga qarshi yangi charchamagan bokschini qoyib turamiz. Bokschida raundlar oraligida dam olaman, degan fikr bolmaydi. Shu bosqichdan otgach, 12 raundli jangga 100 foiz tayyor boladi.

Bir yildan beri Safpro promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilyapmiz. Yaqinda Janubiy Koreyaning Seul shahrida yengil 61,2 kilogramm vaznda Abdurasul Ismoilov hamda Shohrux Ashurov navbatdagi reyting janglarini otkazishdi. 6 raundlik janglarda Abdurasul Ismoilov xitoylik Kung Vangni katta ustunlik bilan, ochkolar hisobiga kora, maglub etgan bolsa, Shohrux Ashurov rossiyalik Mixail Lesnikov ustidan yaqqol ustunlik bilan galaba qozondi.

Jahon chempioni kamarlarini qachon olamiz?

Bir necha yillardan beri shu vazifa ustida ishlayapmiz. Ozbek bokschilari, ozbek murabbiylari, ozbek promouterlari Ozbekistonda mashgulotlar olib borib, jahon boksidagi WBC, WBA, WBO, IBF va IBO yonalishlari boyicha chempionlik kamarlarini barcha vaznlarda olish niyatidamiz. Yevropa, Osiyo davlatlarida hamda boksni yuragi bolgan AQShda boksni qanday rivojlanayotgani, mashgulot jarayonlari, boks kechalarini otkazish tajribasini ozlashtirib, ozimizdan ham yangiliklar qoshib, bugungi kunda Asqat Abdurashidov kabi kuchli murabbiylar bilan birga yigitlarni janglarga tayyorlayapmiz.

Yaqinda eng ogir vaznda Entoni Joshuvani nokaut qilgan Endi Ruisning murabbiyi Menni Robles mening yaqin dostim boladi. U bilan professional hakamlik va murabbiylikni bir vaqtda boshlaganmiz. Songgi 10 yil ichida biz koplab musobaqalarda, oquv-yigin mashgulotlarida qatnashdik. Hech kim kutmagandi eng ogir vaznda meksikalik Endi Ruisni jahon chempioni boladi, deb. Bolganda ham 4 kamarni jahon yulduzidan tortib oldi. Aytmoqchimanki, bizda ham shu kabi chempion bolish ishqida yonayotgan yoshlarimiz bor. Bizni ham shu kabi chempionlik kamarlarini oladigan vaqtimiz yetib keldi.

Oddiy misol: Sherzodbek Mamajonov, degan shogirdim 59, 61 kilogramm vazn toifalaridagi janglarda qatnashardi. Bundan bir necha yil avval Ukrainaning Kiyev shahrida boladigan boks kechasiga bordik. Shunda uning raqibi mashgulotda jarohat oldi. Jang qoldirilishi kerak edi. Lekin osha kechada 63,5 kilogrammda Yevropa chempioni, jahon reytingida chempionlikka davogar bolib turgan ukrainalik Sergey Fedchenkoning meksikalik raqibi viza tufayli kelolmadi. Shunda Fedchenkoning murabbiylaridan Sherzodbek Mamajonov bilan jang qilish boyicha taklif boldi. Sherzodbek ortahol bokschi edi. Lekin shu ortahol bokschimiz 8 raundlik jangda qaysidir raundlarda yutdi, qolgan raundlarda teng jang qildi. Hakamlar ochkolar hisobida ukrainalik bokschini golib, deb elon qilishdi. Bu misolni bekorga aytmadim. Shu jangdan keyin 3 oy otib, Fedchenko Meksikada jahon darajasidagi bokschi Xuan Manuel Markesga qarshi 12 raundlik chempionlik jangida qatnashdi. Toliq davom etgan jangda kichik ustunlik bilan Markes ochkolar hisobiga kora galaba qozondi. 6 oydan keyin Markes bilasizmi kimni nokaut qildi? Menni Pakyaoni nokaut qildi. Endi tushuntira oldimmi nima demoqchi bolganimni? Bizda bunaqa yigitlar juda kop. Agar biz ham ishimizni togri yolga qoyadigan bolsak, jahon chempionlik kamarlarini 1-2 yil ichida barcha vazn toifalarida olishimiz mumkin. Bunga ishonchim komil.

Eng asosiysi, masalligimiz bor ekan, endi gap bizda qoldi, promouterlikni kuchaytirib, koproq boks kechalarini tashkil qilishimiz kerak. Mablagni togri yonaltirib, barchamiz hamfikrlikda ishlashimiz talab etiladi. Ana shunda yigitlarni uvol qilmaymiz, xalqimizni chempionlik kayfiyatidan bahra olish onlarini keyinga surmaymiz. Professional boks bu pullik sport turi. Uni qancha rivojlantirsak shuncha kop foyda olamiz. Misol sifatida aytishim mumkin: yaqinda Menni Pakyao WBA superchempionligi uchun Kit Turmanga qarshi jangdagi galabasi evaziga 10 million AQSh dollari miqdoridagi gonorarni qolga kiritdi. Uning raqibi esa maglub bolgani uchun 2,5 million dollar ishlab oldi. Otgan yili 16 sentabrda Gennadiy Golovkin esa Saul Alvaresga qarshi revansh jangida 30 million AQSh dollari miqdorida gonorar olgan edi. Bu mablaglar faqatgina bokschilarga jangda ishtirok etgani uchun kafolatlangan gonorar xolos. Bundan tashqari, ular translyatsiyalar tushumidan ham ulush olishadi. Endi bir oylab koring oz mijozlariga shu mablagni berayotgan promouterlar qancha foyda oladi? Bizning promouterlar-chi?

Bugun bizda ham bu darajaga chiqadigan yigitlar juda kop. Buni 20 iyul kuni Safpro kompaniyasi bilan hamkorlikda Namanganning Norin tumanida bolib otgan professional boks kechasida ham kordik. Bundan keyin ham viloyatlarda har oyda ikkitadan boks kechasi otkazish rejasini tuzganmiz.

Ozingizning faoliyatingiz haqida gapirib bersangiz?

Eng kuchli 4 ta WBC, WBA, WBO va IBF yonalishlarida xalqaro toifadagi hakamman. MDH davlatlari ichida birinchi bolib WBO yonalishi boyicha jahon chempionlik jangini boshqarganman. Songra menejerlik, murabbiylik, promouterlik yonalishlarida ham ishladim.

Bokschilarim bor, ishim bor. Shundan baxtliman. Ularni shugullantirib, kozidagi otni korib hordiq olaman, jismoniy charchashim mumkin lekin ruhiy ozuqa olaman. Korayapman daraxtlarim osayapti, meva berishga ham oz fursat qoldi. Shu bilan vaqt otganini ham sezmay qolaman. Galabali onlar bilan, boks kechalari orqali xalqimizga qandaydir bir ozuqa berish niyati ham bizga ishtiyoq, kuch beradi.

Nabijon Usmonovning shogirdlariga aytganlaridan:

Vasiliy Lomachenko, Aleksandr Usik, Menni Pakyaoni oling, ular har kuni mazza qilib yurmaydi. Soatlab ozini ustida ishlaydi. Agar ishlamasa, ertaga millionlab pul keltirayotgan biznesini yoqotib qoyishi mumkin. Buni ular biladi. Nima bu? Professionallik. Insonni kechasiyu-kunduzi xayoli fikri kasbida, ozini ustida ishlashda bolishi kerak. Sizlarda ham ana shu hissiyot uygonishi kerak. Uygonmaydigan bolsa, siz hech kim emassiz. Jahon chempionlari ham xuddi sizlarga oxshagan odam. Lekin ular boshqalardan farqli olaroq koproq mehnat qiladi. Shuning uchun oz ustingizda ishlashdan toxtamanglar. Mashgulot tugagandan keyin ham qolib ishlayverish, ishlayverish, xatolarni ustida ishlayverish lozim. Bir zarbani qaytar, qaytar yuz martalab qaytar. Hozir shu ishni qilmasang, keyin kech qolasan. Ertaga kattaroq reytinga chiqqandan song janglar bir-biriga ulanib ketaveradi. Sizlar shunga tayyorlanib ketaverishingiz talab etiladi. Bugun togri urushni organmasangiz, sparringda raqibingizni qiyshiq urasizda jangdan oldin jarohat olasiz va shu bilan sizlarga qilingan barcha mehnat kuyadi.

Menni Pakyao birinchi nima ish qilganini, qanday shugullanishini bilasizlarmi? Axlat tashigan, bakalashka yiggan, mana bugun u mehnatini orqasidan qanaqa darajaga erishdi. Bir yarim soat ozini qizdirib olgach, 5-6 soat mashq qilarkan. Shuning uchun sizlar ham charchadingizmi yengilroq mashq qilib damingizni oling-da keyin yana davom ettiring. Oynani oldida takrorlanglar. Oyoq harakatini, barcha zarbalarni ideal darajaga olib chiqing. Buni sizdan hech kim otkazib qilolmasin. Ertadan kechgacha sizni yoningizda murabbiy turishi shart emas. Murabbiy xatolaringizni aytadi, tushuntiradi. Chempion bolaman, deb keldingmi ishtiyoq bilan shugullan, maqsadga yet. Bolmasa, ozingni ham, murabbiyni ham vaqtini olma. Boshqa ish bilan shugullan.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Shahboz SAIDOV suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: