O'zb  
 
04.06.2019

ORZUIM YEVROPADA OYNASH

Maydonda o‘zining chaqqon va chapdast harakatlari bilan ajralib turadigan, bugungi kunda «Paxtakor» jamoasi hamda milliy terma jamoaning asosiy oyinchisiga aylanib ulgurgan Jaloliddin MAShARIPOV bilan suhbat.

— Nimaga aynan sportning futbol turini tanlagansiz? Umuman olganda, futbolga kirib kelishingiz qanday bolgan?

Bolaligimda mahallamiz kochalarida futbol oynab yurardim. Bu men uchun doimo zavqli bolgan. Ozimdan kattalar bilan ham kurashishga, tengma-teng oynashga harakat qilardim. Maktabga chiqa boshlaganimdan song esa jismoniy tarbiya ustozim darsdan keyin futbolga qiziqadigan bolalarni toplab, futbol oynatardi. Bularning hammasi menda futbolga havas uygotgan.

Oilangizdagilar futbolchi bolishingizga qarshilik qilishmaganmi?

Yoq, qarshiliklar bolmagan. Akam Jamoliddin Masharipov meni doimo qollab-quvvatlab turgan. Hatto, futbolga ham birga borardik.

Qiynalgan paytlaringizda yoki jarohat sababmi, futboldan ketishni oylaganmisiz?

Jarohatlar masalasiga kelsak, albatta, bolgan. Lekin har doim uydagilarga bildirmaslikka harakat qilardim. Futbol maktabida oqirdim. Uydagilar bilan kam korishardim. Asosan, telefonda gaplashardik. Jarohatim borligini esa aytmasdim. Agar bilib qolishsa, oyoging sinadi, nogiron bolib qolasan deb, futbolchi bolishimga qarshilik qilishlari mumkin, deb oylardim. Axir har bir ota-ona uchun farzandi jonidan ham aziz-ku.

Osmirlar, yoshlar, olimpiya terma jamoalarida kopincha zaxirada bolardingiz. Osha paytlarda bu sizga qanday ta’sir qilgan?

U paytlarda ozim tengilarga kuchim yetmasligini bilardim. Ular mendan kuchli edi, biroq, aql va fikrlash jihatdan ulardan ortda emasligimga ishonardim. Osha paytlarda juda ham siqilib yurardim, nega meni hech omadim yurishmaydi, deb oylardim. Murabbiylarim esa Jalol, senda istedod bor. Senga faqat, kuch kerak, xolos deyishardi. Tushkunlikka tushmasdan astoydil shugullanishimni aytishardi. Va men oz ustimda tinmasdan ishlardim.

Paxtakorga otish qanday bolgan?

Birinchi murabbiyim Olimboy Davlatov bilan birgalikda Jizzaxda futbol maktablari ortasida otkazilgan musobaqaga borgandik. Oshanda Paxtakor bilan bolgan uchrashuvda ozimning eng yaxshi oyinimni korsatdim. Oyindan song ulardan taklif tushdi va men buni darhol qabul qildim.

Ijtimoiy tarmoqlarda bugungi kundagi terma jamoamizning yetakchisi kim, degan sorov otkazilgan-da, kopchilik muxlislar Masharipovni 1-oringa qoyishgan. Bunga munosabatingiz qanday?

Hozirgi terma jamoamizda Ahmedov yetakchi. Terma jamoa yiginlarida doim bir xonada turamiz. Mendan maslahat va komaklarini ayamaydi. Osiyoda u kishini hamma taniydi. Shunga yarasha raqiblarimiz ham undan hayiqishadi. Shuning uchun unga oyin bermaslikka harakat qilishadi. Bunday paytlarda, biz ozimizni korsatishimiz lozim. Yashirmayman, terma jamoada yetakchi bolishni xohlayman. Muxlislar kimnidir yetakchi deyishsa, undan ozib ketishga harakat qilaman. Bu hasad emas, harakat, imkoniyatlaringni korsatishga intilish.

Ustun jihatlaringizdan biri texnik mahorat, buning ustida alohida shugullanasizmi?

Himoyachilarni dogda qoldirib ketishdan zavqlanaman. Ayniqsa, chiroyli fint ishlatib, ularni aldab otib ketsam, demak, men togri ishlayapman, deb oylayman. Mashgulotlardan song ham maydonda qolib, mahoratimni oshirish uchun ishlayman. Yaxshi texnikaga ega bolish uchun rejadagi mashgulotlarning ozi yetarli emasligini bilaman. Istagim shuki, ozbek futboli muxlislari Messi, Neymar oyinidan rohatlangandek, mening oyinimdan ham rohatlanishsin. Bor-yog niyatim shu.

Paxtakorning Osiyo chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizligiga nima sabab deb oylaysiz?

Saudiya Arabistoniga borgach, ozimni yomon his qilib betob bolib qoldim. Issigim chiqib, qon bosimim oshdi. Shunday bolsa-da, maydonga tushdim. Afsus, imkoniyatimning yarmisini ham namoyish etolmadim. Jamoada kop narsa menga ham bogliq. Shuning uchun, faqat ozimni ayblayman. Oyindan keyin bir necha kun ozimni koyib yurdim...

Aybni faqat ozingizga olyapsiz, ammo himoya ham pala-partish harakat qildi-ku.

Yoq, himoyachilarga aybni yuklamagan bolardim. Hujumda yaxshi harakat qilmaganimiz uchun ularga bosim kop boldi. Oqibatda, xatoga yol qoyishdi.

Terma jamoalarimiz bosh murabbiyi Kuperning siz bilgan boshqa murabbiylardan farqli jihatlari nimada deb oylaysiz?

Farqli jihatlari kop. Bilasiz, Ektor Kuper koplab kuchli jamoalarda ishlagan. Bu uning ulkan tajriba egasi ekanligidan dalolat beradi. Terma jamoa yiginlari boshlanganda, Kuperning mashgulotlariga shoshilaman. Undan kop narsa organsa boladi. U xalqimizning futbol borasidagi azaliy orzusini amalga oshira olishiga ishonaman va men unga astoydil yordam berishga harakat qilaman. Oylashimcha, jamoamizning boshqa azolari ham Kuperga ishonishadi.

Kelajakdagi rejalar qanday? Real taklif tushsa, Paxtakorni tark etishingiz mumkinmi? Arab yoki Xitoy klublaridan taklif tushsa, qanday munosabat bildirgan bolardingiz?

Kelajakdagi rejalarimdan biri bu – Yevropada oynash. Hech bolmaganda, avval Rossiya chempionatida qatnashish, Songra Yevropaning kuchli klublariga yol olish. Arab va Xitoy klublariga keladigan bolsak, oynamayman, deb aniq aytolmayman. Yevropa jamoalaridan real takliflar bolishini kutaman. Vaqtni boy berayotganimni sezsam, arab va Xitoy klublariga ketishim mumkin, chunki, hozirning ozida aniq takliflar bor. Yana bir bora aytaman: hech bolmasa, Rossiya chempionatida oynashni xohlayman.

Qaysi mamlakat chempionatida oynashga koproq qiziqasiz?

Angliyada oynash azaliy orzum, Ispaniyada oynash ham ham katta sharaf.

Futboldagi eng oliy maqsadingiz nima?

Eng oliy maqsadim terma jamoamiz bilan jahon chempionatida ishtirok etish. Jahon chempionatida davlatimiz bayrogi hilpirashini korish.

Maruf ABDUMALIKOV,

Sherzod NURMATOV

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: