O'zb  
 
21.05.2019

JUDA MASULIYATLI VA MUHIM VAZIFA

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qomitasiga Rustam Shoabdurahmonov prezident etib saylandi

Bilgan biladi, Milliy Olimpiya qomitasiga rahbar tanlash, saylash uncha-muncha viloyatga hokim yoki vazirlikka vazir tayinlashdan kora muhimroq, murakkabroq vazifa hisoblanadi. Chunki Milliy Olimpiya qomitasi faoliyati butun mamlakat, Vatan sha’ni himoyasi, xalqimizning gururi bilan bevosita bogliq milliy masaladir. Sportchilarimizning xalqaro maydonlardagi ishtiroki har birimizga daxldor. Ularning galabalari barchamizga quvonch, shodlik, faxr-iftixor bagishlaydi. Mamlakatni dunyoga eng tez tanitadigan sportchilar ham avvalo olimpiyachilardir.

Xalqimiz sportni sevadi, qadrlaydi, sportchilarni doim qollab-quvvatlaydi. Ular shohsupaga kotarilganda birgalikda shodlanamiz, kozlarimizga yosh keladi. Birorta sportchimiz yutqazib qoysa, birgalikda qayguramiz. Sport ana shunday qudratga ega, Olimpiya qomitasi zimmasiga shunga yarasha vazifa yuklangan.

Shuning uchun ham Milliy Olimpiya qomitasiga kim rahbar bolishiga befarq qaray olmaymiz. Olimpiya oyinlari, jahon chempionatidagi orzularimiz ushalishi aynan Milliy Olimpiya qomitasi faoliyatiga, aniqrogi, uni kim boshqarishiga bogliq.

Otgan haftada MOQning yangi rahbari etib Rustam Shoabdurahmonov saylanganidan kopchilik mamnun boldi. Darhaqiqat, Rustam Shoabdurahmonov nafaqat davlat boshqaruvi tizimida, balki iqtisodiyot, bunyodkorlik va sport sohasida ham katta tajribaga ega. U 2001-2005 yillarda Toshkent shahar hokimi, 2005-2011 yillarda iqtisodiyot vaziri orinbosari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ota muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega obektlarni qurish va tamirlash direksiyasi rahbari lavozimlarida ishlagan. Ayni chogda Ozbekiston Qilichbozlik federatsiyasi prezidenti sifatida sportning bu turini rivojlantirishga munosib hissa qoshdi. Ozbekistonda nufuzli xalqaro turnirlarni tashkil etishda tashabbuskorlik korsatdi.

MOQning yangi prezidenti sport federatsiyalari hamda assotsiatsiyalari rahbarlari bilan bolgan dastlabki uchrashuvda 2020 yili Yaponiyaning Tokio shahrida boladigan navbatdagi yozgi Olimpiya oyinlariga tayyorgarlik dasturi ijrosini qayta korib chiqish va yol qoyilgan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish zarurligi haqida fikr bildirdi. Takidlanganidek, Tokio olimpiadasiga oz vaqt qoldi. Bugun Milliy Olimpiya qomitasi va uning yangi rahbari zimmasida nihoyatda muhim vazifalar turibdi.

Yuksak ishonch MOQning yangi rahbari kuch-gayratini oshirishi va sportchilarimiz Olimpiya oyinlariga puxta tayyorgarlik korishi taminlanishiga ishonchimiz komil.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: