O'zb  
 
08.04.2019

FESTIVAL GOLIBLARI ANIQLANDI

Poytaxtimizdagi «Milliy» stadionda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sport oyinlariga ommaviy ravishda jalb qilish maqsadida Yoshlar birligi — yurt tinchligi shiori ostida harbiy-vatanparvarlik sport festivali otkazildi.

Chilonzor tumani hokimligi, prokuraturasi, mudofaa ishlari bolimi, Ozbekiston yoshlar ittifoqi va bir qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan sport festivalining tantanali ochilish marosimida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar yuksak samaralar berayotgani, bu kabi harbiy-sport musobaqalari oquvchilarni harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ortasida soglom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qilayotgani alohida takidlandi.

Shundan song hududdagi 7-, 534-maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilari Vatan, mardlik va dostlikni tarannum etuvchi sherlar oqidi. Ular ishtirokidagi sahna korinishlari barchada katta taassurot qoldirdi.

Yoshlarni haqiqiy vatanparvar qilib tarbiyalash mamlakatimiz mudofaasi yuksalishiga xizmat qiladi, deydi Chilonzor tumani mudofaa ishlari bolimining chaqiriluvchi yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash bolimi boshligi Sherzod Hikmatov. Mazkur sport festivali joylarda tizimli ravishda otkazildi. Maqsad harbiy chaqiriqqa tayyorgarlik yoshidagi oquvchilarni harbiy xizmat va oliy harbiy bilim yurtlariga puxta tayyorlashdir. Shuningdek, tumanimizdagi maktabgacha talim muassasalari ortasida otkazilgan tadbirlar bolajonlarda katta qiziqish uygotdi.

Musobaqada hududdagi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, umumtalim maktablari jamoalari harbiy qurolni qismlarga ajratish va yigish, saf tayyorgarligi, safda qoshiq aytish, turnikda tortilish va estafeta yugurishi kabi shartlar boyicha ozaro bahslashdi. Bellashuvlar goliblari, chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik boyicha eng yaxshi fan oqituvchilari, faol qatnashgan jamoalar homiylarning diplom va esdalik sovgalari bilan taqdirlandi.

Musobaqada turnikda tortilish shartida eng yaxshi natija korsatib, golib boldim, deydi tumandagi 168-umumtalim maktabi oquvchisi Humoyiddin Muratov. Bu kabi sport tadbirlari shu kungacha amaliy va nazariy darslarda olgan bilimlarimizni sinovdan otkazishga xizmat qiladi.

Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli ijrosidagi konsert dasturi barchaga kotarinki kayfiyat bagishladi.

Abdulaziz MUSAYEV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.