O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
08.04.2019

OZBEKISTON BAXSHILARI

«O‘zbekiston» nashriyot matbaa ijod uyi tomonidan Ozbekiston baxshilari nomli kitob albomning nashr etilishi xalqaro baxshilar festivaliga oziga xos tuhfa boldi.

Baxshichilik jahon xalqlari ogzaki badiiyatida oz nufuzi, mavqeiga ega bolgan betakror soz san’atidir. Yurtimizda yashab ijod etgan baxshi-shoir va oqinlar ijro etgan termalardan namunalar va fotosuratlar jamlangan mazkur albomdan ozbek xalqining dostonchilik sanati namunalari joy olgan. Bundan kozlangan asosiy maqsad osib kelayotgan yosh avlodni xalq ogzaki ijodining boy xazinasi bilan yaqindan tanishtirish, ularni har tomonlama qollab-quvvatlashdan iborat.

Albomdan Ergash Jumanbulbul ogli, Fozil Yoldosh ogli, Bola baxshi, Islom Shoir Nazar ogli, Qodir baxshi Rahim ogli kabi 10 ga yaqin ustoz baxshilar, Shoberdi Boltayev, Qahhor Rahimov, Qora baxshi Umirov, Abdunazar Poyonov, Yetmishboy Abdullayev, Gulbahor Aqimbetova kabi 20 dan ortiq mustaqillik yillarida Ozbekiston xalq baxshisi faxriy unvoni bilan taqdirlangan baxshilar hamda ustozlaridan doston aytish sir-asrorlarini organib, yosh bolsa-da, koplab yutuqlarga erishayotgan Feruz Normatov, Ilhom Norov, Janibek Piyazov, Lola Mahammaddinova, Salamat Ayapov kabi baxshichilik sanatining 5 nafar navnihollari haqida toliq malumotlar orin olgan.

Ushbu kitob-albom milliy dostonchilik va baxshichilik sanatini yanada rivojlantirish, yosh avlod qalbida ushbu sanat turiga hurmat va muhabbat tuygusini kuchaytirish, turli xalqlar ortasidagi ijodiy hamkorlik, dostlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bugun Termizda xalqaro festival doirasida otkazilayotgan korik-tanlov va turli korgazmalar, baxshichilik sanatining jahon sivilizatsiyasidagi orni mavzulariga bagishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar bilan birga ushbu kitob-albom taqdimoti ham bolib otmoqda.

Nazokat YUSUFJONOVA,

Ozbekiston NMIU matbuot kotibi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: