O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
08.04.2019

XALQ VA TARIX TILI

Xalq qalbi, milliy ruh tushunchalari borki, ular mavhum tushunchalar emas. Ularni anglamoqchi bo‘lgan bor boyi bilan kormoqni istagan odam xalqimizning ming yillar mobaynida sozma-soz, harfma-harf, tovushma-tovush bunyod etilgan dostonlarini bilishi kerak. «Alpomish» dostonini baxshilarimiz on kechalab aytishgan, Gorogli turkumi ozida 100ga yaqin dostonni jamlagan. Xuddi shu dostonlar ichiga kirgan odam xalq qalbi bilan, milliy ruh bilan yuzma yuz keladi va uning nima ekanligini biladi. Bizning baxshilarimiz ming-ikki ming demayman, necha ming yillar mobaynida xalq qalbini, milliy ruhni davrlarning turli suronlaridan, tozonlaridan butun olib chiqa olgan. Ana shu dostonlar ichiga joylab olib chiqqan. Agar xalq qalbining uyi qayerda, xalq qalbining manzili, makoni qayerda desa, men hech ikkilanmasdan, xalq dostonlarida, xalq ogzaki ijodi asarlarida deb javob bergan bolardim. Shuning uchun baxshilar butun bir xalqning tili, tariximizning tili bolganlar va xalqning orzu-armonlari, dardini, intilishlarini mana shu dostonlarda ifoda etganlar.

Men ozim korgan baxshilar orasida ham 70-80 dostonni yod biladigan baxshilar bor edi. Shuncha dostonni yod bilish nima ekanligini biz tasavvur qilishimiz kerak. Masalan, birgina Alpomishning ozi 600-700 sahifa kitob boladi. Shuncha narsani ular yod bilgan va shuurida asragan, bor mehri-muhabbati bilan avaylagan. Holbuki, ba’zi odamlar bilan gaplashganda, tort qator sherni yod bilasizmi, desangiz oylanib qoladi, tutilib qoladi. Demak, dalalarda qoy boqib yoki mol boqib yurgan bitta baxshining qalbida qanaqa manaviy meros saqlanib kelayotganligini, qanday boylik shu odamning ichida yashayotganligini anglashimiz kerak-da.

Qarang, qanday yaxshi kunlarga yetib keldik, Halima Xudoyberdiyeva aytganiday "Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor". XX asrning 30-40 yillaridan nari-berida biz baxshichilik sanatidan uzoqlasha boshladik. Avvaliga asta-asta, keyin tezlik bilan uzoqlashib ketdik. Buning ustiga XXI asr arafasida ommaviy madaniyat oz yurishlarini xalqlarning qadimiy sanatlarini yemirishdan boshladi. Shorolar tuzumida baxshichilik sanati chekkaga surib tashlandi. Baxshilarga munosabat yovvoyilarga munosabat kabi masxaraomuz shaklda namoyon boldi. Bizga qoshni mamlakatlarning ham juda katta baxshilari, oqinlari bor edi. Ularda ham bu sanat yildan yil gariblashib bordi. Shu orinda yana bir fikrni aytishni istardim, dunyoda xalqlar borki, ularning har biri tarixida baxshichilik sanati qandaydir korinishda mavjud bolgan. Faqat qaysidir xalq bu qadimiy sanatini saqlab qololgan, qaysidir xalqda esa unutilib, asta-sekin yoq bolib ketgan. Masalan jahonga mashhur Iliada, Odisseya dostonlarini yaratgan Homer ham aslida baxshi bolgan. Bilasiz, Homerning kozi ojiz edi, u baxshilarga oxshab dostonlarni qoshiq qilib aytib yurgan. Ancha keyin ular kitob holiga kelgan. Xullas, hamma xalqlarda ham yozma adabiyotga dovur yurt qahramonlarini, elning orzu-armonlarini kuylab yurgan baxshilar bolgan.

Shuning uchun Termizda bolib otayotgan baxshichilik sanati festivalining xalqaro miqyosda otishi ham diqqatga sazovor. Men aminman, ular bu festivalning tarixiy ahamiyatini oz xalqlari misolida ham teran his etadilar. Chunki, har bir xalq manaviy xazinalarining asl beshigi xuddi shu baxshichilik sanatidir. Yozma adabiyotgacha bolgan davrlar haqidagi tasavvurni ham va yozma adabiyotga eng katta manbani ham shu sanat beradi. Hamma gap shundaki, yozma adabiyotgacha bolgan, necha ming-ming yil oldingi ajdodlarimizdan qolgan qanday ezgu soz bolsa, qanday ezgu amal bolsa, ulug baxshilarimizning sharofati bilan yetib kelgan. Bu baxshilar yolma-yol, uyma-uy, qishloqma-qishloq yurib, aytib yurgan doston va qoshiqlarida juda katta manodagi mafkurani, inson mafkurasini odamlarga singdirgan. Ularning har bir harakatida, har bir sozida xalqning katta adabiyoti yashab kelgan.

Dunyoda katta eposi bor xalqlar juda kop emas. Gururlansak arziydi, ozbek xalqida Alpomish bor. Gap shundaki, xalqlarning badiiy tafakkurini barometr kabi olchaydigan narsa bu – shu xalqning eposi boladi. Bizning xalqimizning badiiy tafakkuri azaldan juda katta talablarga javob bera olgan. Bolmasa, Alpomishga, Gorogliga oxshagan dostonlar yaratilmasdi. Alpomish dostonining har sahifasiga katta tarix, katta hikmatlar yashiringan. Alpomish Qultoy korinishida kelib, Oybarchinga uylanmoqchi bolib toy berayotgan Ultontozga qutlug bolsin qilganini bir eslang:

Nomuslar bilan-ey oringiz,

Qatorda lokchayu noringiz,

Sagirga otibdi zoringiz,

Yurakdan chiqqandir cheringiz,

Qulluqlar bolsin-ey, torajon-ey,

Bir marddan qolgan-ey yoringiz.

yoki Ultontozga tegishga majbur qilinayotgan Oybarchinning sozlarini eslab koring:

Uyurimda qulunim ot bolmasmi, bobojon,

Begonani kel desam yot bolmasmi, bobojon.

Vaqti kelib bu kongil shod bolmasmi, bobojon,

Mard kishining bolasi mard bolmasmi, bobojon,

It bolasin suygan bilan it bolmasmi, bobojon.

Sunbul-sunbul sochimni taramay olay, bobojon,

Oyna olib oq yuzima qaramay olay, bobojon.

Men Alpomishni Qodir baxshidan eshitib korganman. Qodir baxshi siymosida Bobo shoir, Umr baxshi, Ergash Jumanbulbul, Fozil Yoldosh, Polkan shoirlarning timsolini korganman. U xudo bergan odam edi. Qodir baxshining ovozida ham, dombira chertishida ham, aytishida ham sehr bor edi. Alpomish dostonining bir joyiga kelganda, tinglovchilarni shunday yiglatardi, shunday yiglatardi, yana bir joyiga kelganda esa, shunday kuldirardi, shunday kuldirardi... Xullas, butun boshli manaman degan juda katta teatr jamoasi qilishi mumkin bolgan ishni birgina Qodir baxshi qolida dombirasi bilan qilganini men korganman. Achinarlisi, Qodir baxshi aytgan Alpomish toliq holda hali yigib olinmadi. Xalqning orasida har xil eski lentalarda sochilib yotibdi. Onlab dostonlar aytgan u kishi. Bularning hammasini bugungi zamonaviy audio texnikalarga kochirib olib, xalqqa bersak juda katta ish bolar edi. Qodir baxshi Tojikistonda bir davrada Hazrati Xizr degan dostonini aytgan. U paytlarda mumkin emasdi bunday dostonlarni aytish. Osha davrada Tojikistonning ulamolari, adiblari, olimlari bolishgan. Bu dostonni baxshi yashirin bir uyda, xos davrada yashirib aytgan. Hazrati Xizr dostoni ham hozirda yoq. Bunday dostonlarni izlab topishimiz kerak.

Mening qishlogimdan ham Poyon baxshi degan baxshi otgan. 30-yillarda dahshatli ocharchilik bolib turgan bir davrda Tojikistondan Surxondaryoga don olib qaytayotgan odamlarning bugdoyini Bobotogda berkinib yurgan qaroqchilar tortib oladi. Bola-baqra, xotin-qiz, keksa-yu yosh yol qarab kutayotgan karvon qup-quruq qol bilan qaytadi. Oqsoqollar bolgan voqeani eshitishib, Poyon baxshining bir ozini Bobotoqqa jonatishadi. Poyon baxshi qaroqchilarni topadi, ularga Men sizlarga bir doston aytaman, eshitinglar! deydi. Song Poyon baxshi yurtda ayollar, bolalar, keksalar ochdan olayotganligini, kechayotgan qahatchilik va ocharchilik dahshatlarini shunday dard va alam bilan kuylaydiki, qaroqchilar boshligi chidayolmay yiglab ornidan turib ketadi-da, hamma donni bitta donasigacha qoldirmay qaytarib berishlarini, hatto ozlari uchun yigib qoygan donni ham qoshib berishlarini buyuradi.

Mana, koryapsizmi, baxshilarga xalqning tili, el yuragining ovozi bolish xudo tomonidan yuqtirilgan. Endi otgan davrdagi etiborsizlik va bepisandlikni qarangki, 70-80 talab dostonni oz qalbida asrab elga yetkazib kelgan baxshilarning hozir qabri qayerda desa, birov bilmaydi. Axir ular haqiqiy manoda xalq va millatning juda katta xizmatchilari edilar. Osha davr mafkurasini bilasiz. Qullik mafkurasi elu xalq baxshichilik sanatidan uzoq bolishidan manfaatdor edi. Shu sabab qanchadan-qancha baxshilar ozga yurtlarga surgun qilindi, oz elida qolganlarining boshida oybolta oynab turdi. Bunga hammaning ichi kuyadi. Yuz yillik bu muddatda qanchadan qancha xazinalar tili boglangan baxshilarning ichida kuyib ketdi. Bu festivalning tashkil qilinishidan maqsad osha xazinalarni boricha qaytarish, qadrini anglash, bu qadim sanatning qaddini kotarishdir. Keyingi davrdagi katta manaviy hodisalardan biri bolyapti bu anjuman. Chunki, keyingi paytlarda baxshi, baxshichilik sanati desa yoshlar u nima ekan, deydigan darajaga borib qolgandi.

Yoshlarimiz boshqa arzimas va bachkana narsalarga chalgimasligi uchun mana shunday milliy sanatlar bilan ularning qalbini boyitish yollarini izlashimiz kerak. Men kop odamlar bilan gaplashib, bir narsani angladim, bizning odamlarimiz ichida hozir ham katta adabiyot yashab kelyapti. Buni oddiygina turmush tarzida korsa ham boladi. Masalan, daryoning oldidan otib ketishayotganda, assalomu alaykum, deyishadi. Qishlogidagi qari bir tutni bobotut deb, oz bobosiday korishadi. Eh, juda kop bunday misollar. Bular baxshilarimiz aytgan dostonlardan qon-qonimizga singgan narsalar.

Ommaviy madaniyat, globalizatsiya butun jahon ziyolilarini tashvishga solib turibdi. Dunyodagi ahli fikr oldida: Bu qaltis va xatarli jarayondan qanday xalqlar butun chiqadi? degan savol turibdi. Rivojlangan, malakatlar ham shunga etibor qaratyapti hozir. Gap shundaki, millatga taalluqli har bir odamning ichi butun bolsa, xalqning ichi ham butun boladi. Buning uchun asl ildizlarni yaxshi anglash kerak. Asl ildizlarni bilish uchun esa, bizga til va ruh bergan, tafakkurimizni parvarish qilgan qadimiy sanatlarimizni his etishimiz kerak boladi. Qadimiy dostonlar, baxshilarimiz aytib yurgan qoshiqlar har birimizning qalbimizni himoya qiladi. Ularni saqlash millatni saqlash degani. Chunki, baxshilar aytgan bu dostonlar millat ruhida, millat ruhi esa shu dostonlar ichida yashab kelgan. Ularni bir-biridan ayirish vujudni ruhdan, ruhni tanadan ayirishday gap. Tasavvur qiling, bitta dostonning yaralishi uchun qancha vaqt kerak? Bittagina maqolning yaralishi uchun yuz yil kerak bolsa, bitta xalq dostonining bunyod bolishiga necha asrlar kerak. Xalq ijod manosida shoshilmaydi.

Men bazida nima uchun baxshilarimiz ichki ovozda aytishlari haqida oylab qolaman. Insonning botiniy ovozi bu. Baxshi kuylayotganda ovoziga erk beradi, bor tuygulari, jismu joni bilan aytadi. Unga qoshilib, tabiat kuylaydi, tarix kuylaydi. Baxshining ovozi bu tarixning ovoziga oxshaydi. Bu dard va iztirob ovoziga, qadimiyat ovoziga oxshaydi. Men bu ovozda tabiat, tarix va kongilning qorishiq simfoniyasini sezaman.

Qodir baxshi aytgan Alpomish mana bunday boshlanadi:

Bu savdolar otganda bu dunyolar yosh edi.

Gapni qarang-a. Alpomish bilan bogliq tarix otganda bu dunyolar hali yosh edi degani bu necha ming yillar oldin bu asar yaratilgan deganidir.

Dostonni oqish yaxshi, lekin dostonni baxshidan eshitish kerak. Doston ichidagi sir dostonni eshitganda ochiladi. Yoshlarni doston eshitishga orgatishimiz kerak. Buning tamini olgan odam keyin biladi uning siri nimada ekanligini. Buning zavqini sezgan kishi orqasidan ozi ergashib ketaveradi.

Malakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan bolib otayotgan Xalqaro baxshichilik sanati festivali bu xalqimizning, adabiyotimizning, dostonlarimizning bayrami. Xalq dahosiga katta ehtirom bu!

Shu orinda men koproq yoshlarga murojaat qilishni istardim. Hozir Maktab partasida yo universitet auditoriyasida otirgan bu yoshlar ham vaqti kelib, 70-80 yoshga kiradi, bobo boladi, buvi boladi, Oshanda ularning bolalariga, nabiralariga qoldiradigan ezgu sozi bolishi kerak. Avlod uchun bu eng muhim merosdir. Ezgu sozni esa xalq dostonlari beradi. Baxshichilik sanatining buyuk qadri ham shunda. Yana shuni aytishni istardimki, oldimizdan ulkan daryolar oqib turganda, koza kotarib boshqa joylardan suv izlab yurmaylik. Bu daryolarni taniylik, qadriga yetaylik va ulardan mangu bahramand bolaylik.

Eshqobil SHUKUR,

Ozbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: