O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
08.04.2019

BIR MAQSAD, BIR GOYA ATROFIDA BIRLASHYAPMIZ

Termiz shahrida bo‘lib otayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ham olamshumul ahamiyatga ega tarixiy voqea boldi.

Prezidentimizning 2018 yil 1 noyabrdagi «Xalqaro baxshichilik sanati festivalini otkazish togrisida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan ushbu sanat anjumani, ayniqsa, biz, baxshilarning konglini togdek kotardi. Bu anjuman xalqimiz qadimdan ezozlab, asrab-avaylab kelayotgan dostonlarni bizga tuhfa qilgan ulug ajdodlarimiz ruhini shod etdi.

Dunyo baxshilarini Alpomish va Barchinoy yurtida birlashtirgan, bir maqsad, bir goya atrofida jipslashtirgan festivalda ishtirok etib, ajdodlardan meros kasbni tanlaganimdan beixtiyor faxrlandim.

Aytish joizki, Surxondaryo viloyatida mazkur festivalga tayyorgarlik jarayonida keng kolamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgani, Sherobod dostonchilik maktabi asoschisi Sherna baxshi qabrini obodonlashtirishga kirishilgani, koplab dostonlar kitob holida chop etilgani yurtimizda songgi yillarda baxshichilik sanatiga qaratilayotgan alohida etiborning yorqin ifodasidir. Termiz shahrida baxshilar maktabi, qator tumanlardagi musiqa va sanat maktablarida baxshichilik sinflari faoliyati yolga qoyilgani ajdodlardan meros bu sanatning kelajagi yanada porloq ekaniga dalolatdir.

Gapning indallosini aytganda, festival boshlanganidan buyon ozimni Termiz shahridagi Sanat saroyi hududidagi keng maydonga sigmayotgandek his etmoqdaman. Bilasizmi, nima uchun? Bu yerda yurtimiz hududlarining oziga xos anana va urf-odatlari, noyob sanati va buyuk qadriyatlari oz aksini topgan. Bundan tashqari, barcha viloyatlarning etnografik xalq ansambllari, sanatkorlari oz mahoratini keng namoyish etmoqda. Baxshi, oqin va jirovlarning sirli ohanglarda xonish qilishi dillarni yayratmoqda. Shuningdek, biz jahonning turli mamlakatlaridan kelgan mashhur baxshilar bilan muloqot qilish, tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bolyapmiz. Kechki payt xalqaro korik-tanlovda bahslashmoqdamiz.

Sozim avvalida bir necha doston kitob holida chop etilgani haqida qisqacha aytgan edim. Masalan, festival arafasida ustozim Chorsha baxshidan organgan Alpomish va ozim yod olgan Oltin qovoq dostoni nashr qilindi. Ozbekiston xalq baxshilari Shoberdi Boltayevning Malla savdogar, Shodmon Xojamberdiyevning Surxonim dombirasi kitoblari hamda Umr Shoir va Avliyoqul Mardonaqul oglining Alpomish dostoni kitobxonlar qoliga tegdi. Bulardan quvonmay boladimi?

Men baxshichilikni organishga kirishganimda yoshim ottizga yetib qolgan edi. Bugun Termizdagi baxshichilik maktabi va tumanlardagi maxsus sinflarda 7-9 yoshli bolalar soha sirlarini ishtiyoq bilan organmoqda. Ularning dostonlardan parchalarni maromiga yetkazib kuylayotgani, turli korik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani, festival doirasida otkazilayotgan xalqaro korik-tanlovni diqqat bilan kuzatayotganiga havasim kelmoqda.

Bularning barchasi kelajakda mardlik va jasoratni, vatanparvarlik va muhabbatni, yurtimizda roy berayotgan ozgarish va yangilanishlarni keng tarannum etadigan yangi dostonlar yaratilishiga ishonchimizni mustahkamlaydi.

Abdunazar POYONOV,

Ozbekiston Respublikasi xalq baxshisi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: