O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
08.04.2019

KUYLA, DOMBIRAM...

Baxshilar xalq dostonlarini do‘mbira, qobiz yoki dutor sozi jorligida kuylaydilar. Fozil Yoldosh ogli, Islom shoir, Polkan, Abdulla shoir, Mardonqul Avliyoqul ogli, Umir Safarov kabi baxshilar dombira chertsa, Dostyor Xojayor ogli, Bukmurod Joraboy ogli kabilar qobiz tortgan. Xorazm baxshilari dostonlarni asosan dutorda kuylaganlar.

Dombira juda qadimiy cholgulardan hisoblanadi. Bugungi kunga qadar ozgarishsiz saqlanib kelayotgan uning shakl korinishi ham sozimizning isboti bola oladi. Professor Orozali Toshmatovning ma’lumotlariga qaraganda, qozoq xalqida ham dombira cholgusi eng asosiy musiqiy cholgulardan biri hisoblanadi. Qozoq dombirasi zamon tasirida ozgartirilib, qovurgali kosaxona va boglama pardalarga ega bolgan cholgudir. Bizdagi korinishidagi cholgular ham ularda saqlanib qolgan. Faqat, uni qozoqlar «chertar» deb ataydilar. Korinib turibdiki, dombira sozi qaysidir manoda dutorning qadimiy shakli bolib, sadosi jihatdan undan biroz farqlanadi va yakkanavoz va jornavoz cholgu sifatida baxshi va choponlarning sevimli cholgusi bolib saqlanib kelgan. Dombira, tanburga nisbatan kosasi katta, dastasi esa kalta, dutorga nisbatan dastasi kalta, kosasi kichkina ikki torli cholgudir. Kosasining shakli koproq tanburga oxshash bolib, asosan tut, yongoq yoki orik daraxtidan yasaladi.

Dombirani torlari dutordek, kvarta bazan kvintaga sozlanadi, lekin sozning aniq balandligi ijrochining sozlashiga bogliq bolgan. Ikki turli dombira bor, biri dastasi uzun va ingichka. 12 ta ichak pardasi bor. Ikkinchisi dastasi kalta va yogon; 7-9 pardasi bor. Bazi joylarda uch torli dombira ham qollaniladi. Har ikki dombiraning ham ijro qilish texnikasi murakkab. 1930 yillarda dombira qayta ishlanib, buning pikollo, prima, tenor, bas va kontrabas turlari ishlab chiqazilgan. Pardalar xromatik qilinib ishlangan.

Dombiraning nisbatan zamonaviyroq shakli dutor cholgusi ham baxshilar ijodida keng qollaniladi.

Dutor ikki torli chertma cholgu bolib, kvarta, kvinta, prima, oktavaga sozlanishi mumkin. Dutor oziga xos qadimiy cholgu bolib, mayin va mungli sadoga ega. Dutorlar ayollar ijrosida keng tarqalgandir. Dutorning bir qancha turlari shakllangan bolib, prima, sekunda, alt, kontrabas korinishlari zamonaviy ijrochilikda keng tarqalgan.

Baxshilar ijrosida jorlik qiluvchi sozlardan yana biri qobizdir. Qobiz kamonli cholgularning eng qadimiysi yoki qadimiylaridan biri bolib, bu cholgular Xitoyda, Mogulistonda uchraydi. Qobizning kashf etilishi, bazi turkiy manbalarda afsonaviy Qorqut nomi bilan boglanadi. Garb tadqiqotchilari kamonli cholgularning ibtidosini sharqdan izlash kerakligini va bu cholgu qobiz bolishi haqiqatga yaqinligini etirof etishgan. Qobiz cholgusida qoraqalpoq jirovlari oz doston termalarini kuylashadi. Qobiz, qovuz — torli kamoncha bilan chalinadigan cholgu asbobi bolib, oyilib ishlangan kosa, buguz va dastasi bir butun yogochdan yasaladi. Kosaning pastki qismiga tuya terisi qoplanadi va shu joyiga xarragi ornatilib, ot dumidan oralgan ikkita tor taqiladi. Bu torlar kvarta bazan kvinta intervali oraligida sozlanadi. Qobiz dasta va kosadan iborat bolgani uchun chalish vaqtida barmoqlar bilan torlar bosilganda dastaga tegmaydi. Natijada qobizda dongillagan tovush chiqadi. Qobiz ijrochiligida obertonlar ishtiroki juda faol boladi va uning ijrosida bir nechta tovush hosil bolayotgandek taassurot tugdiradi. Ovoz hajmi ikki oktavaga yaqin. Umumiy uzunligi 700 mm. Bugungi ozbek milliy cholgularida ham qobizning takomillashtirilgan violonchelga yaqin korinishga keltirilgan qobiz bas va kontrabas ornida ishlatiladigan qobiz kontrobas asboblari ishlatilmoqda. Bu asboblardan Sugdiyona ozbek xalq cholgulari orkestrida keng foydalanilmoqda.

Musiqashunos T.Solomonovaning Ozbek musiqasi tarixi kitobida Kitobi Dada Qurqut (Qurqut bobomning kitobi) turkiy xalqlarning XII-XV asrlarda yaratilgan qahramonlik qoshiqlari sikli. Qurqut torli kamonli musiqa asbobi qobiz jorligida qoshiqlar ijro etgan afsonaviy dono qoshiqchi haqida malumot berilgan.

Abdurauf Fitratning Ozbek klassik musiqasi va uning tarixi kitobida qobiz asbobining turkiy xalqlarning eng qadimiy cholgularidan biri ekanligi va qovuz ham deb nomlanishi, turkiylarning ilk shoirlari bolgan baxshilar ozonlar qobiz cholgularida kuylaganlari haqida fikrlar bildirigan.

Shomurod MUSTAFOYEV, dotset.

Muzaffar TASHPOLATOV, musiqashunos.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: