O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
08.04.2019

XALQARO FESTIVAL DAVOM ETMOQDA

Xalqaro festivalda yurtimiz va xorijlik folklorshunos olimlar, baxshilar, jirov va oqinlar, san’atkorlar, ushbu sanat ixlosmandlari bilan birga, jahonning ko‘plab davlatlaridan mehmonlar ishtirok etayotir. Mamlakatimizning turli hududlari va Surxondaryo viloyati tumanlaridan kelayotgan muxlislar ham festival doirasida otkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. Etnografik shaharchalar bilan tanishmoqda.

Milliy qadriyatlarimiz va noyob sanatimiz keng namoyish etilayotgan festival nafaqat xorijlik, balki mahalliy ishtirokchilarda ham olam-olam taassurot qoldirmoqda.

— Dostonchilik milliy ozligimizning bir bolagi, nafis va noyob sanatimizning oq tomiridir, deydi Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi «Yangi turmush» fermer xojaligi rahbari A.Majidov. Bolaligimizda biz kunduzi oqib, ishlab, tunlari doston tinglaganimizni yaxshi eslayman. Negadir keyingi yillarda yoshlarimizning baxshichilik sanatiga qiziqishi susayib borayotgan edi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan aynan Alpomishlar yurtida bu ananani qayta tiklashga kirishilgani navqiron avlodni yana gozal sanat bilan oshno etadi. Xalqaro festival sabab qancha noyob dostonlarimiz chop etildi. Nufuzli tadbirda dunyo baxshilari ozaro bahslashayotgani yoshlarning bu yonalishga etiborini kuchaytiradi. Dostonlarimizni kuylab kelayotgan baxshilarimiz bilan yana bir bor faxrlandim.

Xalqaro festival doirasida milliy hunarmandchilik buyumlari, tasviriy sanat korgazmalari, yangi chop etilgan kitoblar taqdimoti otkazilayotir. Viloyat hududidagi muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalar va boshqa diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirilmoqda.

Bu yurtga birinchi marta kelishim, deydi janubiy koreyalik professor Park Syong Yong. Uzoq otmishdan guvohlik berib turgan salobatli tarixiy obidalar, gozal va xushmanzara tabiat, betakror sanat menda katta taassurot qoldirmoqda. Fayoztepa va Hakim at-Termiziyni ziyorat qildim. Vohada miloddan avvalgi birinchi asrlarga doir buddizm yodgorliklarini korib, hayratim yanada oshdi. Ozim nomoddiy madaniy yodgorliklar bilan shugullanaman. Biroq bu yerda korganlarim, ishonasizmi, men uchun fantastika bolib tuyulmoqda. Xalqaro baxshichilik sanati festivali ochilishiga bagishlangan tantanali marosimda shunday buyuk sanatni asrlar davomida koz qorachigidek asrab kelayotgan xalqning fidoyiligiga tan berdim.

Baxshichilik sanatining Buyuk ipak yoli kesishgan nuqtasida keng quloch yozgani va bu durdonalarni targib qilish aynan shu yurtda amalga oshirilayotganida chuqur mano bor. Buning dunyoga tasiri juda kuchli boladi. Bu festivalni ananaviy otkazib turish yosh avlodning milliy ozligini teran anglashida muhim orin tutadi.

Festival doirasida Xalqaro baxshilar korik-tanlovi, xorijiy va mahalliy sanatkorlar ishtirokidagi qiziqarli konsert dasturlari tashkil etilmoqda.

Xolmomin MAMATRAYIMOV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.