O'zb  
 
26.03.2019

I XALQARO TOSHKENT YARIM MARAFONI

Unda 28 davlatdan 1650 nafar atlet qatnashdi.

Poytaxtimiz Navro‘z umumxalq bayramiga bagishlangan I xalqaro Toshkent yarim marafoniga mezbonlik qildi.

Tadbirning ochilishiga bagishlangan tantanali marosimda hukumat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, sport yulduzlari, mashhur madaniyat va sanat arboblari, diplomatlar va xalqaro tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qomitasi, Yengil atletika federatsiyasi, Yoshlar ittifoqi va Toshkent shahar hokimligi tashkil etgan marafonda 28 davlatdan kelgan 1650 nafardan ortiq professional va havaskor atlet 5 va 21 kilometr masofalarga yugurdi.

Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va manan soglom etib tarbiyalash, sportni rivojlantirish, bu jarayonda olimpiya sport turlarini yanada ommalashtirish, jahon maydonlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir istedodli sportchilarni har tomonlama qollab-quvvatlashga alohida etibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining Ozbekiston sportchilarini 2020 yil Tokioda bolib otadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oyinlariga tayyorlash, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari, nufuzli xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni va ularning trenerlarini ragbatlantirishga oid qarorlari soha rivojida muhim dasturilamal bolmoqda.

I xalqaro Toshkent yarim marafoni ishtirokchilari Afrosiyob, Nukus, Abdulla Qodiriy, Mustaqillik shohkochalari boylab metroning Buyuk ipak yoli bekatigacha, keyin Mirzo Ulugbek, Taraqqiyot kochalari orqali Amir Temur maydoni, Ozbekiston kochasi, Mustaqillik maydoni, Abdulla Qodiriy va Abay kochalari boylab yugurib otdi.

21 kilometr masofali bahsda erkaklar ortasida xitoylik Li Yang barcha raqiblarini ortda qoldirib, birinchi orinni egalladi. Undan keyin finish chizigiga qirgizistonlik Adelet Kishtabekov va hamyurtimiz Andrey Petrov yetib keldi.

Xotin-qizlar orasida bu yonalishda qirgizistonlik Darya Maslova golib boldi. Ikki nafar atletimiz – Sitora Hamidova va Yekaterina Tunkuskova shohsupaning ikkinchi va uchinchi pogonasidan joy oldi.

Ozbekiston xalqining samimiyati va mehmondostligi havasimizni keltirdi, deydi musobaqa golibi Li Yang. Bugungi marafon yuksak saviyada tashkil etilgani mamlakatingizda sport rivojiga ulkan etibor qaratilayotganidan dalolatdir. Albatta, golib bolganimdan juda xursandman. Nasib qilsa, mamlakatingizda otkaziladigan keyingi marafonlarda ham ishtirok etaman.

5 kilometr masofaga otkazilgan poygada Otabek Toshquvvatov, Humoyun Mahkamov va Xurshid Ahmadaliyevga teng keladigan topilmadi. Ushbu masofada qizlar ortasida otgan bahsda Azizaxon Mirzaakbarova, Shohsanam Xurramova va Marjona Baratova kuchli uchlikni egalladi.

Marafon doirasida xalq sayillari otkazildi.

J.TOSHXOJAYEV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.