O'zb  
 
19.03.2019

JOMBOYDA XALQARO KOPKARI OTKAZILDI

Samarqand viloyat hokimligi tashabbusi bilan Jomboy tumanida xalqaro ko‘pkari musobaqasi otkazildi. On mingdan ortiq tomoshabin yigilgan maydonda respublikamizning barcha viloyatlari, Qirgiziston, Tojikiston va Qozogistondan kelgan 500 nafardan ortiq chavandoz uloq tortishdi.

Bosh sovringa viloyat hokimi tomonidan ajratilgan “Chevrolet Lasetti” avtomobili qoyildi. Shuningdek, homiylar tomonidan 14 bosh tuya, 24 bosh toy, 25 bosh tana, 15 televizor, 13 muzlatgich, 14 kir yuvish mashinasi, 47 gilam, 8 sport buyumi, 10 bosh uloq, 75 million som mablag ham sovrin uchun tikildi.

Musobaqa doirasida Ozbekiston va Qozogiston terma jamoalari ortasida jamoaviy oyin ham otkazildi. Unda ozbekistonlik chavandozlar 3:2 hisobida galaba qozonishdi.

Bosh sovrin uchun tashlangan uloq gallaorollik chavandoz Orif Shodiyorovga nasib etdi. U payariqlik Eldor Boymatovning «Pantera» laqabli otida marrani zabt etdi. Golibga avtomashina kalitini Samarqand viloyat hokimi Erkin Turdimov topshirdi..

Abdurasul SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.