O'zb  
 
20.09.2018

PARALIMPIYACHILARIMIZNI KUZATISH MAROSIMI BOLIB OTDI

Joriy yilning 6-13 oktabr kunlari Indoneziyada III Paraosiyo o‘yinlari otkaziladi. Unda Ozbekiston terma jamoasi oz tarixida eng kop – 54 sportchi bilan ishtirok etadi.

Ozbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasida Ozbekiston delegatsiyasini Paraosiyo oyinlariga rasmiy kuzatish marosimi otkazildi.

Unda Ozbekiston Milliy olimpiya qomitasi hamda Paralimpiya assotsiatsiyasi rahbarlari, murabbiylar va sportchilar ishtirok etdi.

Milliy olimpiya qomitasi raisi Umid Ahmadjonov Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimiz sportida katta ozgarishlar bolgani, buning samarasida 18 avgust 2 sentabr kunlari Indoneziyada otgan VIII Osiyo oyinlarida sportchilarimiz yuksak marralarni zabt etganini ta’kidladi. Shuningdek, mamlakatimiz paralimpiyachilari xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotganini etirof etdi.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi davlat bayrogi terma jamoamiz azosi Husniddin Norbekovga tantanali ravishda topshirildi.

Eslatib otamiz, paralimpiyachilarimiz Paraosiyo oyinlarida pauerlifting, dzyudo, oq otish, suzish va yengil atletika kabi sport turlari boyicha bahslarda ishtirok etadi.

J.TOSHXOJAYEV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.