O'zb  
 
05.09.2018

ANJUMAN OZBEK MAQOM SANATINI JAHONGA TARANNUM ETADI

Yashil shahar deya e’tirof etiluvchi go‘zal va maftunkor Shahrisabzda 6-10 sentabr kunlari otadigan Xalqaro maqom sanati anjumaniga ham sanoqli kunlar qoldi. Ayni vaqtda ushbu nufuzli sanat anjumaniga tayyorgarlik yakuniy bosqichga kirgan.

OzA muxbiri mazkur sanat bayrami oldidan Ozbekiston xalq hofizi Orolmirzo SAFAROV bilan suhbatlashdi.

Maqomni his qilish, uning manosini anglab tinglash barchaga ham nasib etmaydi. Maqom shunday kuchli ohanraboki, uni ijro etgan sari yangi-yangi manosini anglaysiz. Qadimda ne-ne zotlar maqomga oshufta bolmagan, uni sevib tinglamagan. Qomusiy olim Forobiydan tortib, ulug mutafakkir Mir Alisher Navoiy, buyuk matematik va astronom Mirzo Ulugbek hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburlar bosh vaqtlarida musiqa ilmi bilan shugullanishga kuch topgan, kuy bastalagan. Shunday ulug zotlarni oziga maftun etgan maqomni sevmaslik, uni maromiga yetkazib ijro etmaslik mumkinmi?!

Amaliyot bolmasa nazariya paydo bolmaydi. XV asrdan XVIII asrga qadar Sharq mamlakatlarida maqom ijrochiligi ancha rivojlangan. Orada biroz susaygan bu sanat turi XX asr boshlariga kelib yana yuksalgan.

Akademik Yunus Rajabiy tashkil etgan maqom ansambli ozbek maqomining saqlanib qolishi va rivojida katta ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga maqom nazariyasida oz zehni va tafakkuriga ega Ishoq Rajabiy, Otanazar Matyoqubov va Ilyos Akbarovlar tomonidan Sharq musiqasi tarixida ulkan boylik sanaluvchi tadqiqotlar olib borildi.

Yurtimizda asos solingan maqom nazariyasi juda kuchli. Uni nafaqat yosh ijrochilar, balki taniqli sanatkorlar ham hali chuqur anglab yetgani yoq. Maqomchilik amaliyotini rivojlantirish uchun biz maqom usullariga, musiqa ilmi durdonalariga murojaat etibgina qolmasdan, mumtoz adabiyotni, maqom paydo bolgan davrlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotini ham chuqur organishimiz lozim. Maqomning har bir sozida dard, iztirob, oy-kechinmalar yotadi. Buni anglash uchun hofiz ham filolog, ham tarixchi bolishi zarur. Ayni paytda maqomni ijro etishda hofizdan mohir aktyorlik talab qilinadi. Shular uygun bolsagina maqomchilik amaliyotini rivojlantirgan bolamiz.

Sharq musiqiy tamaddunining muhim boyligi bolgan maqomni turkiy tilda sozlashuvchi barcha xalqlar tan oladi va sevib kuylaydi. Uning qanday atalishining farqi yoq. Muhimi, sozlarini aslicha saqlash, kelajak avlodga sof holicha yetkazish bizning burchimiz.

Tan olish kerak, oxirgi 15-20 yil ichida maqom sanatimiz biroz oqsagan paytlar boldi. Uni kim qanday xohlasa shunday ijro eta boshladi. Ammo bugun maqom sanat olamida yana oz mavqeini tikladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan maqom sanatiga qaratilayotgan etibor uning jonlanishiga kuchli turtki boldi.

Shu kunlarda qadimiy Keshga Xalqaro maqom sanati anjumanida ishtirok etish uchun xorijiy davlatlardan mashhur xonandalar, sozanda-yu maqom bilimdonlari, mehmonlar tashrif buyuradi. Ushbu anjuman ozbek mumtoz maqomining keng tarannum etilishiga xizmat qiladi.

Tajribali va yosh musiqashunos olimlar, xonanda va sozandalar ishtirokida tashkil etiladigan anjuman xalqimiz va turli mamlakatlardan keladigan sanat ustalari uchun haqiqiy bayramga aylanadi. Ishonamizki, xalqaro anjuman turli xalqlar vakillarini sanat vositasida birlashtiradi, maqom sanatini jahonda yanada yuksaltiradi.

OzA muxbiri

Dilobar MAMATOVA

yozib oldi.




DB query error.
Please try later.