O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
04.09.2018

OSIYO OYINLARI QAHRAMONLARI TOSHKENTDA TANTANALI KUTIB OLINDI

Barchamiz 15 kun davomida sportchilarimiz Indoneziyada qanday yuksak mahorat, jasorat, vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatganlarini hayajon bilan, faxr-iftixor bilan kuzatdik. Sportchilarimiz shohsupaga chiqib, bayrogimiz kotarilayotganda gururlandik, havasimiz keldi — mening farzandim ham shunday sportchi bolsa edi...

21 oltin, 24 kumush va 25 bronza jami 70 medalga sazovor bolib, umumjamoa hisobida beshinchi orindan joy olgan yurtdoshlarimiz 2 sentabr kuni Jakartadan Prezidentimiz yuborgan Boing 787 Dream Liner’a charter reysida vatanimizga uchib kelishdi. Millatimiz qahramonlarini poytaxtimizdagi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat vakillari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va OAV xodimlari kutib oldi. Ular sharafiga katta tadbir tashkil etildi. Songra sportchilarimiz maxsus ajratilgan ikki qavatli avtobuslarda shahar boylab Milliy olimpiya qomitasiga yol olishdi. Sportchilar u yerda ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan muloqot qilishdi.

Oglim 12 yoshidan boshlab boks togaragiga qatnasha boshlagan, deydi Jasurbek Latipovning onasi Matlubaxon LATIPOVA. Birinchi ustozi Abdulhafiz Egamov boladi. U boksga borganidan song hayotini tartibga solib oldi. Vaqtida uxladi, vaqtida turdi, darsini ham, mashgulotlarni ham oz ornida qilardi. Avval tuman, viloyat keyinchalik Respublika musobaqalarida kop bor golib boldi. Otasining umri qisqa ekan. On sakkiz yil avval olamdan otdi. Yakkayu yolgiz oglimning yurtimiz shuhratini koklarga kotarganidan, yurt koriga yaraydigan inson bolib kamol topganligidan gururlanaman. U Osiyo oyinlariga ketishdan avval, oila davrasida «Men albatta, galaba bilan qaytaman», degandi va sozining ustidan chiqdi.

Ushbu Osiyo oyinlarida qitamizning eng kuchli kanoechilari ishtirok etdi, deydi Osiyo Oyinlari golibi Vadim MENKOV. Shu boisdan ham bu musobaqaga alohida tayyorgarlik korgandim. Galaba qozonsam, tortta Osiyo oyinlarida chempionlikka erishgan yagona sportchiga aylanishimni bilardim. Murakkab vazifani uddalaganimdan juda ham xursandman. Osiyo oyinlaridagi galabalarimiz mustaqilligimizning 27 yillik bayramiga munosib sovga boldi, deb oylayman.

Shohsupada ikkinchi bolib turibmanmi, demak hali qiladigan ishlarim bor, xatolarni togirlab, oldinga qarab harakat qilishim kerak, deydi Osiyo Oyinlari kumush medali sovrindori Oksana ChUSOVITINA Ozimni juda yaxshi his qilyapman. Sizning qanday tayyorgarlik korganingizni musobaqa va uning yakuniy natijasi korsatib beradi. Menda hali ushalmagan bir orzuim va maqsadim bor. Unga erishishni juda-juda istayman. Yettita Olimpiya oyinlarida ishtirok etgan bolsam-da, Ozbekiston uchun medal olib bera olmaganman. Vatanim uchun Olimpiada medalini taqdim etish mening eng asosiy maqsadimdir. Shu yilning noyabr oyidan Olimpiya oyinlari uchun saralash musobaqalari, yani Jahon kubogi bosqichlari boshlanadi. Osha musobaqalar orqali biz reyting ochkolari toplab boramiz. Oz oldimga maqsad qoydimmi, uni albatta amalga oshiraman. Otgan yili dekabr oyida mamlakatimiz Prezidenti bilan uchrashgandim. Ular shunday sozlarni aytdiki, men yanada ruhlanib ketdim. Respublikamiz rahbari meni kuzatmoqda, meni qollab-quvvatlab turibdi. Ushbu ishonchni oqlash, men bilan faxrlanishlari uchun qolimdan kelgan barcha ishni qilaman. Osiyo oyinlarida qolga kiritgan ushbu medalimni aynan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga bagishlayman va u kishiga kattadan-katta rahmat aytib qolaman.

Barcha bokschilarimizdan medal kutgandik va hammamiz ularning natijasidan qoniqdik, deydi boks boyicha Ozbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Tolqin QILIChEV. Miraziz Mirzaxalilov va Bobousmon Boturov oziga xos kashfiyot boldi. Ularning qolga kiritgan natijalari keyingi musobaqalar uchun mustahkam poydevor hisoblanadi. Musobaqadan avval qozogistonlik bokschilar qiyinchilik keltirib chiqarishini kutgandik. Ammo Shimoliy Koreya bokschilarining tayyorgarligi ancha yaxshi ekan. Shuningdek, mezbon Indoneziya vakillari ham yaxshi raqobat qilishdi. Shuni aytib otishim mumkinki, bizda avlodlar almashinuvi hech qanday muammolarsiz otadi. Sababi zaxiramiz juda kuchli, zaxiradagi bolalar oz navbatini kutib turibdi.

Endi Tokio 2020 Olimpiya oyinlariga tayyorgarlik rasman boshlandi. Umid qilamizki, ikki yildan song kunchiqar yurtda otkaziladigan Olimpiya oyinlarida ham Ozbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, ushbu zafarli yurishlarni davom ettiradilar.

Mamlakatimizda sportni rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, sportchilarga korsatilayotgan etibor va gamxorlik bunga asos boladi.



Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.