O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
05.06.2018

FOLKLOR SANATI INSONIYAT RUHIGA HAYOT BAXSH ETADI

Nurota tumani markazida joylashgan qadimiy chashma hududida uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan «Nurli navolar» xalqaro festivalida Qozogiston, Afgoniston, Tojikiston, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Koreya, Rossiya singari 30 ga yaqin mamlakatdan kelgan san’atkorlar, folklor-etnografik jamoalar, baxshilar, olimlar sayyohlar ishtirok etdi.

— Nurota chashmasi tabiat va nabototga jon baxsh etsa, folklor sanati insoniyat ruhiga hayot baxsh etadi, deydi Ozbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari doktori Mamatqul Jorayev. Viloyatlardan kelgan folklor jamoalari hududlarga xos bolgan qadimiy ananalarni aks ettiradigan qoshiqlarni ijro etishdi. Unutilish arafasida turgan qadriyatlarimizning hududlarda qayta tiklanayotgani meni nihoyatda xursand qildi. Eng qimmatlisi, folklor jamoalari juda qadimiy qoshiqlarni joylarda yashayotgan keksalardan yozib olib, ularni sayqallab, yana asrlar davomida yashab qolishiga hissa qoshayotgani quvonarlidir.

Ozbek xalqining qadimiy ananalari, otmishi, urf-odatlari meni doimo oziga maftun etib kelgan, deydi fransiyalik mehmon Mariye Louise Chardom. Ayniqsa, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazmdan kelgan folklor jamoalarining chiqishlaridan katta taassurot oldim. Nomoddiy madaniy merosni asrab, avaylashga qaratilayotgan bunday festivallar qadimiy ananalarning sofligicha saqlanib qolishiga xizmat qiladi.

Anjumanda viloyatimizning oziga xos milliy raqs va qoshiqlarini ijro qildik, deydi buxorolik Kumush Zokirova. Shu bilan birga respublikamizning turli hududlarida bir necha asrlardan buyon saqlanib kelinayotgan ananalar bilan ham tanishish imkoniga ega boldik.

Qozoq va ozbek xalqining ananalari kop jihatdan oxshash, deydi qozogistonlik sanatkor Turar Alminov. Festivalda ushbu haqiqat yana bir bor namoyon boldi. Navoiy shahridagi ozgarishlardan, togrisi, juda hayratlandim.

Festivalning ikkinchi kuni Navoiy shahridagi Alisher Navoiy bogida davom etdi. Ishtirokchilarga Madaniyat vazirligi, Navoiy viloyati hokimligining qimmatbaho sovgalari topshirildi. Anjuman yakunida sanatkorlar ishtirokida galakonsert tashkil etildi.

Ilhom SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.