O'zb  
 
13.02.2018

PXYONCHXANDA QISHKI OLIMPIYA OYINLARI DAVOM ETMOQDA

Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Nufuzli musobaqada 92 davlatning 3500 nafardan ortiq sportchisi 15 sport turi boyicha medallar uchun kurash olib bormoqda.

Mazkur Olimpiya oyinlarida mamlakatimiz sharafini figurali uchish bahslarida Misha Ge va tog changisi boyicha Komiljon Toxtayev himoya qiladi. Misha Ge 16 fevral kuni boshlanadigan figurali uchishning qisqa dasturida, 17 fevral kuni erkin dastur boyicha oz mahoratini namoyish etadi. Komiljon Toxtayev 18 fevral kuni tog changisining gigant slalom, 22 fevralda slalom boyicha otadigan musobaqalarda qatnashadi.

Pxyonchxandagi Olimpiadaning oltinchi kungi bahslaridan song Germaniya terma jamoasi 4 oltin, 1 kumush, 2 bronza medalini qolga kiritib, peshqadamlik qilyapti.

Gollandiya terma jamoasi sportchilari 3 oltin, 2 kumush va 2 bronza medali bilan ikkinchi orinni egallab turibdi. 2 oltin, 4 kumush, 3 bronza medaliga sazovor bolgan Norvegiya terma jamoasi uchinchi orindan joy olgan.

Bugungi kunga qadar jami 17 davlat terma jamoalari kamida bittadan bronza medalini qolga kiritdi.

Kecha Olimpiada — 2018 doirasida sportchilar 7 medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishdi.

Musobaqa 25 fevralga qadar davom etadi.

Shahboz SAIDOV



DB query error.
Please try later.