O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
08.02.2018

ZAHMATKASH NAVOIYSHUNOS OLIMLAR DEYDIKI...

Aziz QAYUMOV, akademik, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni sohibi:

— Alisher Navoiyning zamondoshi, shogirdi, tarixchi Xondamir o‘zining Makorim ul-axloq asarida yozishicha, osha davrda xorijdan juda kop mehmonlar Hirotga kelar ekan. U paytlarda kitob topish muammo bolganligi uchun sayyohlar Navoiy gazallarini oqish, oz yurtlariga olib ketish maqsadida xattotlarga Alisher Navoiy gazallaridan nusxa kochirtirib, shoirning muxlislariga yetkazar ekan. Bu holat Navoiy hayotligidayoq juda mashhur bolgani, ul zotning ijodiga yuksak hurmatni korsatadi.



Suyima GANIYEVA, Ozbekiston Qahramoni:

Alisher Navoiyning Muhokamat ul-lugatayn asarida soz durga qiyoslanadi. Dur dengiz qa’rida bolganidek, sozning makoni inson konglida: Soz durrining tavofuti mundin dogi begoyatroq va martabasi mundin ham benihoyatroqdur. Andoqki, sharafidin olgon badanga ruhi pok yetar, kasifidin hayotliq tanga zahri halok xosiyati zuhur etar.

Navoiy har bir kishi oz aytar soziga egalik qilishi, soz odobi, madaniyatini saqlay bilishi kishining yuksak insoniy fazilatlari sirasidan ekanini takidlaydi. Ona tilimizga sadoqat, hurmat-ehtiromning tub mohiyatiga etiborimizni qaratadi.





Muslihiddin MUHIDDINOV, professor, Ozbekistonda xizmat korsatgan yoshlar murabbiysi:

Alisher Navoiy hazratlarining Lison ut-tayr asarida qushlar afsonaviy Semurgga olib borish yolini bilgan qushni ozlariga rahbar etib tayinlashadi. Bu qush Sulaymon podshohning tarbiyasini olgani, Sulaymon alayhissalomga sirdosh va maslakdosh edi:

Ham Sulaymon bazmida topgan qabul,

Ham rasul etgan seni andoq rasul.

Bu baytlarning zamirida ilohiy, irfoniy manolardan tashqari katta hayotiy haqiqat bor.

Insoniyat eng oliy maqsadlarga yetishmoq uchun shijoatli va dono, yolning mashaqqatidan xabardor, donishmand insonlar talimini olgan Yolboshchi tanlashi kerak boladi.



Shuhrat SIROJIDDINOV, professor, Ozbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati:

Amir Nizomiddin Alisher Navoiy faqat ozbek xalqi emas, balki butun turk olamining buyuk shoiri, mutafakkiri sifatida jahon badiiy tafakkuri tarixida oz orni va maqomiga egadir. Uning jahon badiiyati xazinasiga qoshilgan shoh asarlari, XV asrning ikkinchi yarmi temuriylar saltanati davri ilm-fani va sanatini rivojlantirishga qoshgan benihoya katta hissasi allaqachon etirof etilgan. U hayotini tolaligicha mamlakat ravnaqi, millatning tinch-totuv yashashi hamda davlat qudratini mustahkamlashga bagishladi. Sulton Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni mamlakat ustuni, dinu davlat nizomi, mulku millat ashoblari zubdasi, xayrli binolar muassisi, xoqon davlati tayanchi, deb etirof etgan.




Olimjon DAVLATOV, filologiya fanlari boyicha falsafa doktori:

Hazrat Navoiy gazallarining birida iftixor bilan shunday yozadi:

Dedim: Nazm ahlining sarxaylikim bolgay? Dedi hotif:

Navoiy bolgay, ulkim sen tilaydursen, agar bolgay!

Bunday yuksak martabaga erishish, Mavlono Jomiy etirof etganlaridek, makon va zamon talablarini oz zabtiga olish, mangulikka daxldor asarlar yaratish orqali ikki dunyo saodatiga muyassar bolishning asosiy sababi istedod va etiqod uygunligida, deb oylayman.

Tarixda juda kop istedodli odamlar etiqod mortligi sababli ijodiy hayoti barvaqt xazon bolganini bilamiz. Bir umr faqat haq yolda sobitqadam bolib, insoniylikning asosiy nishonasi iymon ekanligiga zarracha shubha qilmagan insongina buyuklikka mustahiqdir. Hazrat Navoiy ana shunday zotlardan edi.



DB query error.
Please try later.