O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
08.02.2018

SHOH SAFARGA CHIQSA, OZ XALQINING HAQIQIY AHVOLIDAN XABARDOR BOLADI

Ogahiy ijodida Navoiyga izdoshlik

Alisher Navoiy ijodida «Salotinlar zikri» (Odil shoh) hukmronligi ostida kuchli davlat, adolatli jamiyat qurish g‘oyasi katta orin tutadi. U ozining Vaqfiya asarida shunday yozadi:

Naf’ing agar xalqqa beshakdurur,

Bilki, bu naf ozingga koprakdurur.

Navoiy ijodidagi Odil shoh goyasida keltirilishicha, qaysi mamlakatning hukmdori odil bolsa, osha yurtda odamlar toq va farovon yashaydi. Adolatli shohning ozi ham shon-shuhratga burkanadi, butun xalq xushnud boladi. Bu — xalqparvar va adolatparvar hukmdorning baxtini, saodatini, taxtu ravonini mustahkamlaydi.

Ogahiy yozadi:

Mulku millatga amin olsa agar ogohlar,

Ikki olam obroyin hosil etkay shohlar.

Yani, ogohlar mulku millatga amin (posbon) bolsa, shohlar ikki olam saodatiga erishadilar.

Qolmagay amniyat osori agar topsa rivoj,

Shahr aro avboshlar, beboklar, berohlar.

Mamlakat shaharlarida avboshlar (beboshlar, daydilar, sayoqlar, bezorilar), beboklar (hayosizlar), berohlar (yolini yoqotganlar) kopaysa, u yerda tinchlik bolmaydi.

Xilofat istasang Odam kibi tarki takabbur qil,

Ki mardudi abaddur ushbu bad xislat bila shayton.

Bu orinda xilofat (orinbosar) Ollohning inoyati bilan bogliq mano kasb etadi. Quroni karimning Baqara surasida Olloh taoloning farishtalarga: Men yerda Odamni xalifa qilmoqchiman, degani haqida oyat bor. Demak, hazrati Odam zuryodi sen ham Odam farzandisan, Ollohga munosib orinbosar bolmoqchi bolsang, takabburlikni tark et, negaki, ozining bad xislati bilan shayton mardudi abad-abadiy rad etilgan, mangu quvgindadir. Bu kabi ogitni hukmdorga ochiq aytish uchun shoir shohona amr sohibi bolmogi lozim. Olloh taolo qaysi yurtni saodatmand etmoqchi bolsa, podshosiga bilim, olimu fazl, ahliga shohona amr beradi.

Xaloyiq mushkulini qudrating yetkuncha oson et,

Agar istar esang haq mushkulingni aylagay oson.

Agar podshoh oz mamlakatining gullab-yashnashi, ozining uzoq umr korishini va umrining oxiriga qadar toj kiyib, taxtda otirishni istasa, huzuriga arz bilan kelganlarning arzini tinglab, ularni mamnun qilishi lozim. Chunki osha mamnun odam umrining oxirigacha bu hukmdorning duosida boladi, boz ustiga, hammaga uning tarifini qiladi, ozi sadoqat bilan xizmat qiladi, boshqalarni ham sidqidildan xizmat qilishga undaydi.

Adolat qilinsa, mamlakat xalqlari tinch va osuda, farovon hayot kechiradi. Ularning yaratgan boyliklari ozlariga nasib qiladi, birovning moliga boshqa odam koz olaytirmaydi. Bordi-yu biron nobakor chiqib qolib, zoravonlik bilan biror kishining molini ozlashtirmoqchi bolsa, u adolatli hukmdor tomonidan jazosini oladi.

Ogahiyda Navoiyga izdoshlik faqat bu jihatdan emas, balki mazmun va goya nuqtai nazaridan ham yaqqol sezilib turadi. Fikrimizga birgina isbot sifatida uning Sayohatning foydasi haqida masnaviysi mazmuni Mahbub ul-qulubda safar haqida keltirilgan noyob fikrlarga hamohang.

Navoiy Azob va mashaqqat tavoze va adabning negizidir. Safar esa ranj-mashaqqatga sababdir. Safar erituvchi va kuydiruvchi qoradir. Erish-kuyish esa er kishining vujud oltinini toblab, xom gildan tozalovchidir, deya safarning foydalarini sanasa, Ogahiy Kimki, bolsa sukun aro diltang, Sayri sahroga aylasin ohang. Sayr olub mujibi nishoti oning, Ortgoy har dam inbisoti oning, deya Navoiy fikrlarini toldirib, safar xursandchiliklaridan darak berib, kishidagi dil tangliklarini tarqatib, insonga quvvat berishini takidlaydi.

Navoiy Safar ayriliqqa uchraganlarni maqsadiga yetkazuvchi va mahrumlarni murod uyiga olib kiruvchidir. Safar kishilarni olam ajoyibotlaridan bahramand qiladi, garoyibotlar dunyosidan xabardor qiladi, desa, Ogahiy quyidagi misralarida safar kongil kozgusiga jilo beradi, orzular amali aro sayr qildirib, safoga vosil etadi deydi:

Zoyl olub kudurati qato,

Yetgusi kongli kozgusiga jilo.

Komini sayr aro qilib hosil,

Shohidi ayshga bolib vosil.

Navoiy safarning insonga nechoglik foydali ekanligini gozal, hayotiy tashbehlar bilan isbotlab, safar qiluvchilarni osmonga, yulduzga va oqar daryoning zilol suvlariga oxshatib, fikr tasirchanligini oshirsa, Ogahiy safarning aynan shohlar uchun yanada foydali ekanini asosli fikrlar bilan isbotlaydi.

Shoh safarga chiqsa, oz xalqining haqiqiy ahvolidan xabardor, undan yashirilayotgan sirlardan voqif boladi, xalqini sinaydi, oz siyosatining xalqqa tasiridan boxabar boladi. Vaholanki, xalq rahbari uchun bundan foydaliroq narsa bolmaydi, uning bu ishi xalqni ham suyuntiradi. Ogahiy buni quyidagi misralarga gavhardek tizadi:

Haqni-yu xalqni qilur xushnud,

Mundin ortuq kishiga bormu sud.

Navoiy qalamida gozal ifodasini topgan, Ogahiy uslubida oziga xos sayqallangan bu mavzu bugungi kun uchun ham goyatda muhim ahamiyatga ega. Yuqorida keltirilgan fikrlar Navoiy va Ogahiy ijodidagi hamohanglikning kichik bir qirrasigina xolos. Bu dolzarb mavzu yirik tadqiqotlar doirasida organilsa, katta foyda keltiradi, albatta.

Iroda ERNAZAROVA,

Samarqand davlat universiteti magistri.



DB query error.
Please try later.