O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
01.02.2018

NASAF OYINNI DAVOM ETTIRADI, PAXTAKOR ESA...

Qit’amizning sakkizta shahrida Osiyo chempionlar ligasining saralash o‘yinlari bolib otdi. Mazkur uchrashuvlarda mamlakatimizning ikki klubi — «Nasaf» hamda Paxtakor jamoalari ham ishtirok etdi.

Dastlab, Nasaf Qarshi shahridagi Markaziy stadionida Iordaniyaning Al-Faysali jamoasi bilan oynadi. Unda Nasaf futbolchilari 5:1 hisobida galaba qozondi.

Nasaf endi Osiyo chempionlar ligasining S guruhidagi oyinlarda ishtirok etadi. Ushbu guruhdan Persepolis (Eron), Al-Sadd (Qatar) hamda Al-Vasl (BAA) jamoalari orin olgan.

Oyinda omad biz tomonda boldi, deydi Nasaf klubi bosh murabbiyi Roziqul Berdiyev. Raqibimizni organish jarayonida ular koproq standart vaziyatlardan gol otkazib yuborishiga amin boldik. Uchrashuvdan oldin futbolchilarimizga shuni etiborga olishlarini aytgandik. Natijada dastlabki ikki golimiz ham standart vaziyatlardan kiritildi va deyarli oyin taqdirini hal qildi.

Mamlakatimizning yana bir jamoasi Paxtakor Qatarda Al-Garafa mehmoni boldi. Uchrashuvda 2:1 hisobi qayd etilib, qatarliklarning galabasi bilan tugadi. 21-daqiqada Uesli Sneyder penaltini aniq bajarib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 28-daqiqada raqib futbolchisi Diogo Amado gol kiritdi 2:0. Hakam tomonidan qoshib berilgan daqiqalarda Jasur Hakimov oradagi farqni qisqartirdi 2:1. Mazkur maglubiyat natijasida Paxtakor Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqa olmadi.

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: