Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
10.06.2017

O‘ZBEKISTON CHEMPIONLARI ANIQLANDI

Poytaxtimizda shohmot bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining oliy liga musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur chempionat Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz shohmot federatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Chempionatning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida FIDE ustasi Alisher Bekmurodov o‘n bir imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 7 ochkodan jamg‘argan Shamsiddin Vohidov va Akmal Fayzullayev qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan joy oldi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslar to‘qqiz turdan iborat bo‘ldi. Musobaqa natijasiga ko‘ra, 6,5 ochko jamg‘argan Nodira Nodirjonova O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Gulruhbegim Tohirjonovaga nasib etdi. Chempionatni 5,5 ochko bilan yakunlagan Bahora Abdusattorova uchinchi o‘rinni egalladi.

Endi Nodira Nodirjonova joriy yilning sentabr oyida Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkaziladigan Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida mamlakatimiz nomidan ishtirok etadi.

 

«O‘zbekiston ovozi» muxbiri

Shahboz SAIDOV tayyorladi.



DB query error.
Please try later.