O'zb  
 
10.06.2017

TAEKVONDOCHILARIMIZ VETNAMDAN 12 MEDAL BILAN QAYTISHDI

Vetnamda taekvondo (WTF) bo‘yicha kadetlar ortasida II Osiyo chempionati bolib otdi. Kerugi va pumse yonalishlari boyicha otkazilgan musobaqada 20 ga yaqin mamlakatdan sportchilar ishtirok etdi. Unda terma jamoamiz a’zolari 2 oltin, 2 kumush va 8 bronza medalni qolga kiritdi.

Musobaqaning kerugi yonalishi boyicha Azizbek Rahmonberdiyev oltin, Amir Torayev va Munisa Karimova kumush medal sohibi boldi. Shuningdek, Daniil Kim, Iroda Mirtojiyeva, Kseniya Smirnova va Sevinch Musirova oz vazn toifalarida bronza medali bilan taqdirlandi.

Pumse yonalishining yakkalik bahslarida ishtirok etgan Iroda Umrzoqova oltin, Aynura Umrzoqova va Islombek Rajabboyev bronza medallariga sazovor boldi. Shuningdek, mazkur yonalishning juftliklar ortasidagi bahslarida Iroda Umrzoqova va Islombek Rajabboyev bronza medallarini qolga kiritdi.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Shahboz SAIDOV tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: