O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
10.06.2017

INSONIYLIKNING YUKSAK CHOQQISINI OZBEKISTONDA KORDIK

«National Geographic»ning Rossiyadagi bo‘limi xodimlari Ozbekiston boylab fotosayohat uyushtirdi. Ushbu safar ishtirokchilarining taassurotlari bayon qilingan maqola mazkur nashrning veb-saytida e’lon qilindi. Biz uni biroz qisqartirgan holda gazetxonlarimiz etiboriga havola qilamiz.

VAQT BOYLAB SAYOHAT

Moskvadan Samarqandga uchib kelgandayoq ozimizni boshqa davrga tushib qolganlik his etdik va bu tuygu butun sayohat davomida bizni tark etmadi. Bu yerda 500 yil avval bolgani kabi, odamlar oziq-ovqatlarni bozorlardan sotib olmoqda, ularning egnida milliy liboslar. Hatto eng kichik kafeda ham sizga chiroyli sopol idishlarda choy keltirishadi. Bu yerda hamma narsadan qadimiylik ufurib turibdi: Ozbekiston xalqi ajdodlaridan qolgan otmish merosiga hurmat bilan munosabatda bolmoqda.

Mamlakatning tarixiy markazlari bolmish Samarqand, Buxoro va Xivada barchasi bir necha asr oldin qanday bolsa, oshandayligicha saqlanmoqda. Agar qaysidir imoratga ziyon yetadigan bolsa, uni rekonstruksiya qilishadi. Buyuk Sohibqiron va uning avlodlari qabri joylashgan Amir Temur maqbarasida sayyohlar soni haddan tashqari kopligiga guvoh boldik.

ODAMLAR

Ozbekistonda istiqomat qilayotgan mahalliy aholi haqida gapiradigan bolsak, ularning milliy qadriyatlarni asrash va unga amal qilish borasidagi intilishlarini butun dunyoga namuna qilib korsatsa arziydi. Biz fotoapparatlarimizni qolimizdan tushira olmadik. Shunday holatlar ham boldiki, ular ham bizni suratga olishdi. Ozbekistonning sayyohlarni eng hayron qoldiradigan jihatlaridan biri — odamlarining ochiqkongil, samimiy ekanligidir. Bu yerda yuqori darajadagi mehmondostlikka guvoh boldik: kochalardagi yolovchilar, bozorlardagi sotuvchilar, umuman hamma bizga aziz mehmon ekanligimizni aytib, bir piyola choyga taklif qilar edi. Biz insoniylikning yuksak choqqisini Ozbekistonda kordik. Bu hissiyot bizni butun sayohat davomida tark etmadi.

Bozorlar haqida gapirmasak bolmaydi. Rastalar boylab yurar ekanmiz, har biridan nimadir olib yeb boraverdik. Shu sababli ham delegatsiyamizdan kopchilik ortiqcha vazn bilan ortga qaytdi.

TAOMLAR

Bir fikrni komil ishonch bilan ayta olaman: ozbek taomlari va sharqona dasturxon haqida ushbu fotosayohat ishtirokchilari hali kop vaqt gapirib yuradi. Birinchidan, Ozbekistonda porsiya umuman boshqacha ekan. Ovqat kopligidan u suzilgan idishning chetlari mutlaqo korinmaydi. Ikkinchidan biz ozimiz bilan kattaroq jomadon olib kelmaganimizga achindik. Sababi, bu yerdagi nematlardan tatib korgach, yurtimizga mazasining tengi yoq shirinliklarni ham, ziravor va quruq mevalarni ham olib ketishni istadik. Togrisini aytishimiz kerak, bizda bunday nematlar yoq.

Ozbek oshxonasi haqida gapirar ekansan, palovga toxtalmay ilojing yoq. Axir ozbeklarda palov shoh taom hisoblanadi. Biz qayerga bormaylik, osha yerdagi odamlar ozlari tayyorlaydigan palov eng mazali ekanini takidlardi. Biz ham turli joylarda yegan palovlarimizni solishtirib kordik va baribir bir toxtamga kela olmadik. Hammasi oziga xos edi.

Ozbekistondan qaytar ekanmiz, barchamizni bir istak qamrab olgan edi: bu yerga albatta, yana kelamiz. Keyingi safar ozimiz bilan kattaroq jomadon olishni ham unutmaymiz.

Temur AZAM tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: