O'zb  
 
08.06.2017

XALQARO TURNIRDAN 4 OLTIN, 4 KUMUSH

Italiya poytaxti Rim shahrida suzish bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir bolib otdi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilarimiz 4 oltin, 4 kumush medalga sazovor bolishdi.

Terma jamoamiz yetakchilaridan biri Xurshidjon Tursunov 100 metr masofaga erkin usulda suzish boyicha otkazilgan musobaqada 00:49.54 soniya natija bilan oltin medalni qolga kiritdi. Hamyurtimiz galabali yurishini davom ettirib, 200 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida marraga 1:50.55 soniyada yetib kelib, yana bir oltin medalning egasiga aylandi. Shuningdek, Xurshidjon Tursunov har ikki yonalishda ham xalqaro turnirning rekordini yangiladi.

Ozbekistonlik sportchi Artyom Kozlyuk 200 metr masofaga batterflyay usulida suzish bahslarida 2:01.07 soniya natija qayd etib, oltin medalni qolga kiritish bilan birga, xalqaro turnirning rekordini ham yangiladi. Shuningdek, u 50 va 100 metr masofaga batterflyay usulida suzishda birinchi va ikkinchi orinlarni egalladi.

Yurtdoshlarimizdan yana biri Aleksey Tarasenko erkin usulda suzish boyicha 50, 100 va 200 metr masofalarga otkazilgan bahslarda uch bor kumush medalga sazovor boldi.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Shahboz SAIDOV tayyorladi.



DB query error.
Please try later.