O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
30.05.2017

XAYR JIZZAX, QASHQADARYODA UCHRASHGUNCHA!

Jizzaxda «Barkamol avlod — 2017» sport o‘yinlari yakuniga yetdi. Unda sportning 17 turi boyicha 900 nafarga yaqin ishtirokchi 193 oltin, 193 kumush va 214 bronza medali uchun bahs olib bordi.

Badiiy gimnastika boyicha otkazilgan musobaqalarda umumjamoa hisobida birinchi orinni Samarqand, ikkinchi va uchinchi orinlarni Toshkent shahri hamda Buxoro viloyati jamoalari egalladi.

Suzish bahslarida birinchi orin Toshkent shahri, ikkinchi orin Andijon, uchinchi orin Qashqadaryo viloyati sportchilariga nasib etdi.

Boks boyicha musobaqalarda Toshkent shahri jamoasi golib boldi. Andijon viloyati bokschilari ikkinchi, Buxoro viloyati jamoasi uchinchi pogonadan joy oldi.

Taekvandoning WTF turi bahslarida umumjamoa hisobida Jizzax viloyati vakillari birinchi, surxondaryoliklar ikkinchi, Fargona viloyati jamoasi uchinchi orinni band etdi.

Toshkent shahri sportchilari umumjamoa hisobida 248 ochko toplab, musobaqa golibligini qolga kiritdi. Poytaxtlik sportchilarga bosh mukofot Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Barkamol avlod 2017 sport oyinlari qatnashchilariga tabrigining asl nusxasi va Prezident sovgasi Damas avtomobili topshirildi.

Barkamol avlod 2017 sport oyinlarida 188 ochko toplagan Andijon viloyati jamoasi ikkinchi, 180 ochko toplagan Samarqand viloyati jamoasi uchinchi orinni egallab, diplom, maxsus kubok hamda Prezident sovgasi Damas avtomobillariga ega bolishdi.

Shuningdek, musobaqalarda alohida mahorat korsatgan bir guruh sportchilar maxsus sovrinlarga sazovor bolishdi.

Barkamol avlod 2017 sport musobaqalarining tantanali yopilish marosimi Sogdiyona universal sport majmuasida bolib otdi.

Unda Barkamol avlod 2017 sport oyinlarining bayrogi tushirildi. Bayroq Qashqadaryo viloyati vakillariga topshirildi.

Barkamol avlod 2017 oyinlarining yopilish marosimi sportchilarning korgazmali chiqishlari va san’atkorlarning katta konsert dasturi bilan yakunlandi.

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.