O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
30.05.2017

DUNYO BILAN HAMNAFAS, AHIL VA TOTUV YASHASH OZBEKISTONLIKLARNING QATIY QARORI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasida yurtimizda millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni ta’minlash, yon-atrofimizda xavfsizlik, barqarorlik va ahil qoshnichilik muhitini shakllantirish, yurtimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash masalalariga alohida etibor qaratilgan.

Zero, mazkur sohadagi munosabatlarni takomillashtirishdan maqsad, avvalo, mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elatlar vakillari ortasidagi dostlik va inoqlikni kuchaytirish orqali mavjud demokratik konstitutsiyaviy tuzumni va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, Ozbekistonning jahon hamjamiyatidagi nufuzini yanada yuksaltirishga, dostona munosabatlarni rivojlantirishga hamda dunyo nigohida yurtimizning jozibadorligini oshirishga qaratilgandir.

Harakatlar strategiyasidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish doirasida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dostlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmonni ulkan ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega hujjat sifatida etirof etish kerak.

Farmonda ushbu sohadagi davlat siyosatining ustuvor yonalishlari mamlakatimiz taraqqiyotiga, maqsadlariga hamohang tarzda chuqur tahlil etilib, bagrikenglik va insonparvarlik madaniyatini yanada rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, fuqarolar ortasidagi totuvlikni mustahkamlash, barcha fuqaroga millati va diniy etiqodidan qati nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarni kuchaytirish bilan bogliq aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Farmonda Ozbekistonda Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 milliy madaniy markaz, Ozbekiston xorijiy mamlakatlar bilan dostlik va madaniy-marifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 dostlik jamiyati faoliyat yuritayotgan bolib, ular yurtimizdagi barcha millat va etnik diasporalarning tarixi, madaniyati, manaviy qadriyatlari, milliy ananalari va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga asosan ish olib borayotgani alohida etirof etildi. Bu faol xalq diplomatiyasi asosida chet eldagi vatandoshlarimiz bilan muntazam va ozaro foydali munosabatlarni yolga qoyish, xorijiy mamlakatlar bilan dostona munosabatlarni va madaniy-marifiy aloqalarni yanada mustahkamlash borasida bizda juda katta imkoniyatlar mavjudligini korsatadi.

Ushbu farmon asosida Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dostlik aloqalari qomitasining tashkil etilishi fuqarolarimiz ongida katta, kop millatli yagona oilaga mansublik tuygusini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va dostlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qollab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-marifiy aloqalarni kengaytirish borasidagi ishlarga yangi mazmun baxsh etadi.

Kop vaqtdan beri Ozbekiston hududida 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila bolib yashab keladi.

Yurtimizda tinch va farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan dostona munosabatlar va madaniy-marifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlar bilan yaqin va ozaro manfaatli munosabatlarni yolga qoyish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari ortasida ozaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga kotarishni taqozo etayotgan edi. Ushbu farmonning qabul qilinishi va uning asosida yangi qomitaning tashkil etilishi bilan yuqoridagi kabi masalalarga huquqiy yechim topildi.

Farmonga kora, xorijiy mamlakatlar bilan dostona munosabatlarni, chet eldagi hamyurtlarimiz va turdosh tashkilotlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash vazifalari alohida belgilangan. Xususan, qomita mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy mamlakatlarning tashkilotlari va diplomatik vakolatxonalari, xorijiy davlatlarda faoliyat korsatayotgan turdosh tashkilotlar bilan samimiy va ozaro hurmatga asoslangan aloqalar ornatish hamda izchil rivojlantirishga qaratilgan ishlarni tizimli amalga oshiradi.

Bu boradagi ishlar xalqaro hamjamiyatda respublikaning nufuzi va maqomini yanada yuksaltirish, Ozbekistonda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida erishilgan yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan. Shu maqsadda ozbek xalqining boy tarixi, madaniyati, manaviy qadriyatlari va ananalari, shu zaminda tugilib osgan buyuk olim va mutafakkirlar merosi, ularning jahon sivilizatsiyasiga qoshgan hissasini keng namoyish etish boyicha tadbirlar otkaziladi.

Qomita ozbek xalqining mamlakatimiz tashqarisidagi tarixiy va madaniy meros obyektlarini asrab-avaylashni taminlash uchun davlat va nodavlat tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilish masalasiga ham alohida etibor qaratadi. Farmonga muvofiq, hududlarda millatlararo munosabatlarni rivojlantirish va xorijiy mamlakatlar bilan dostona aloqalarni yolga qoyish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boyicha orinbosarlari zimmasiga yuklatilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, farmon qoidalarining hayotga tatbiq etilishi mamlakatimizda millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, tinchlik va barqarorlikni taminlash boyicha yaxlit tizimni rivojlantirish, milliy madaniy markazlar uchun yanada qulay va keng imkoniyatlar yaratish, ularning bunyodkorlik tashabbuslari va intilishlarini qollab-quvvatlash, faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga kotarish, xorijiy mamlakatlar bilan dostlik va madaniy-marifiy aloqalarini yanada rivojlantirish, xalq diplomatiyasi vositasida chet eldagi vatandoshlar bilan munosabatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Oybek TURGUNOV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri,

yuridik fanlar nomzodi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: