O'zb  
 
30.05.2017

ALPOMISHLAR YURTIDA BESH QITA ALPLARI BELLASHDI

Termiz shahrida kurash bo‘yicha Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bagishlangan an’anaviy xalqaro turnir yakunlandi.

Har ikki yilda otkazib kelinayotgan bu turnir joriy yilda har qachongidan tantanali ravishda otkazildi. Gretsiya, Tailand, Iroq, Koreya, Hindiston, Braziliya, Boliviya, Kongo, Kamerun, Tayvan kabi 50 ga yaqin davlatdan kelgan 150 nafarga yaqin polvon, hakam va mehmonlar Jayhun sohilida jam bolishdi.

— Termizga birinchi marta kelishim, deydi Dominikan Respublikasidan kelgan polvon Israyel Agustin Karaballo Puyello. Mehmondost xalqingiz bizni kotarinki ruhda kutib oldi. Musobaqaga puxta tayyorgarlik korilganini har qadamda kordik, his etdik. Kurashning kelajagi yorqinligiga ishonaman.

Bugun kurash nafaqat erkaklar, balki ayollarning ham sevimli sport turlaridan biriga aylanmoqda, dedi gretsiyalik polvon Edin Duraxovich. Kuchli polvonlar ishtirok etayotgani uchun turnirga yaxshi tayyorlandim. Termiz gilamlaridagi bellashuvlar hayotimdagi unutilmas voqealardan biri boladi. Barcha tashkilotchilardan minnatdorman.

Kurash jahondagi ommaviy sport turlari safiga kirib bormoqda, deydi kurash xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farman. Buni qator nufuzli musobaqa va jahon chempionatlarining yuqori saviyada tashkil etilganidan ham korish mumkin. Turnir oldidan Toshkentda kurash xalqaro assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressi tashkil qilindi. Qitaviy konfederatsiyalar prezidentlari va 46 davlat federatsiyalari ishtirokida otgan yigilishda kurashni yanada rivojlantirish va 2028 yilgi Olimpiya oyinlari dasturiga kiritish masalasi muhokama qilindi. Kelajakda albatta bunga erishamiz, deb oylayman.

Hayotimni kurashsiz tasavvur qilolmayman, deydi musobaqa bosh hakami Kim Er Jung. Otgan yillar davomida ozbeklarning milliy qadriyati aks etgan sport turi haqida talay qollanmalar yaratdim. Bu esa 20 dan ortiq xalqaro musobaqalarda menga qol keldi.

Darhaqiqat, on ming tomoshabinga moljallangan «Alpomish» stadioni kurash ixlosmandlari bilan tolib-toshgan. Ishqibozlarning yuzida hayajon, quvonch.

Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov xalqaro turnirni kirish sozi bilan ochib, qatnashchi va tomoshabinlarni qizgin muborakbod etdi. Prezidentimiz rahnamoligida kurash qitalar osha tobora rivojlanib borayotganini takidladi va ananaviy turnirni ochiq deb elon qildi. Vatanimiz madhiyasi yangradi. Shundan song Jismoniy tarbiya va sport davlat qomitasi raisi Rustam Qurbonov, kurash xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farman ushbu kurash bayrami bilan barchani tabriklab, ishtirokchilarga omad tiladi.

On uchinchi bor otkazilayotgan turnirning har bir vazn toifasida bellashuvlar murosasiz otdi. 73 kilogramm vaznda barcha raqiblari ustidan sof galabaga erishgan hamyurtimiz Hikmatulla Torayev goliblikni qolga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi orinlar ham ozbekistonlik Davlat Abrayev, Sherbek Obloqulov va Suhrob Xudoyberdiyevlarga nasib etdi.

Yurtingizdagi tinchlikka barchaning havasi kelmoqda, deydi afgonistonlik polvon Muhammad Yusuf. Hamma shod, barcha xursand. Joylarda toy va tantanalar bolyapti. Xalqaro turnir menda bir olam taassurot qoldirdi.

Polvonlarning har bir bellashuvi muxlislar tomonidan olqishlab turildi. Ayniqsa, 90 kilogramm vazn toifasidagi polvonlar bellashuvlari keskin otdi. Finalda mamlakatimiz vakillari Yahyo Imomov va Shuhrat Arslonovlar robaro keldi. Unda Yahyo Imomov kichik ustunlik bilan golib deb topildi. Hamyurtlarimiz Dilshod Choriyev va Kamol Rasulovlar esa shohsupaning 3-ornidan joy olishdi.

Mutlaq vazn toifasidagi bellashuvlar yanada qizgin kechdi. Goliblik uchun Ozbekiston, Rossiya Federatsiyasi va Qozogiston Respublikasi polvonlari kurash olib bordi. Uchinchi orin Baxtiyor Meliqulov va Bekmurod Oltiboyevlarga nasib etdi.

Musobaqaning finalida ozbekistonlik Abdulla Xoliyorov rossiyalik Artyom Osipenko bilan robaru keldi. Qizgin kechgan bahsda Abdulla Xoliyorov ustun keldi va Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bagishlab otkazilgan turnirning mutlaq golibi, deb topildi. Golib va sovrindorlarga qimmatbaho sovgalar, maxsus sertifikatlar topshirildi.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.