O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
27.05.2017

DASTLABKI GALABALAR VA MAGLUBIYATLAR

Jizzaxda «Barkamol avlod — 2017» sport o‘yinlarining final bosqichi boshlandi. Unda 900 nafarga yaqin ogil-qiz sportning 17 turi boyicha medallar uchun kurash olib bormoqda. Musobaqalarni tortta obyektda otkazish rejalashtirilgan. Xususan, Sogdiyona universal sport majmuasida boks, badiiy gimnastika, suzish va yengil atletika, Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida gandbol, basketbol, badminton, stol tennisi, erkin va yunon-rum kurashlari, dzyudo, taekvondo VTF, ogir atletika hamda tennis, Jizzax politexnika institutida voleybol, futbol, mazkur institut qoshidagi akademik litseyning sport zalida shohmot boyicha musobaqalar bolib otmoqda.

Sogdiyona universal sport majmuasida saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli otgan sportchilar brass, chalqancha, batterflyay, erkin hamda aralash estafeta usullarida suzish boyicha ozaro kuch sinashdi.

Qizlar ortasida 50 metrga batterflyay usulda suzish bahslarida qashqadaryolik Fotima Amilova oltin medal sohibi boldi. Shu masofaga suzish boyicha ogil bolalar ortasida bolib otgan musobaqada andijonlik Zufar Abdulazizov birinchi orinni egalladi.

Ogil bolalar va qizlar ortasida 50 metrga chalqancha usulda suzish bahslarida poytaxtlik sportchilar Aleksey Tarasenko va Irina Ushakova golib boldi.

Yuz metrga batterflyay usulda suzishda qizlar ortasida qoraqalpogistonlik Marjina Orazimbetova, ogil bolalar bahsida poytaxtlik Artyom Kozlyuk eng yaxshi natija qayd etdi.

Qizlar ortasida 200 metrga erkin usulda suzish bahslarida andijonlik Shahnoza Sodiqova, ogil bolalar ortasida Navoiy viloyati vakili Olimjon Odilov golib chiqdi. Qizlar ortasida aralash estafeta musobaqasida Qashqadaryo viloyati, ogil bolalar ortasida Toshkent shahri jamoasi birinchi orinni qolga kiritdi.

Suzish boyicha musobaqalarning birinchi kuni natijalariga kora, eng kop ochko jamgargan Toshkent shahri jamoasi birinchi, andijonliklar ikkinchi va qashqadaryolik sportchilar uchinchi orinda bormoqda.

Shuningdek, musobaqaning futbol, voleybol va shohmot turlari boyicha bahslar boshlandi.

Futbol boyicha final yollanmasi uchun Toshkent shahri va Fargona viloyati jamoalari ortasida otgan uchrashuvda 0:2 hisobi qayd etildi. Ikkinchi yarim final bahsida Qashqadaryo va Xorazm jamoalari maydonga tushdi. Unda qashqadaryolik futbolchilar 5:0 hisobida galaba qozondi.

Fargona va Qashqadaryo jamoalari ortasidagi final uchrashuvi bugun bolib otadi.

Voleybol boyicha qizlar ortasidagi yarim final uchrashuvida Andijon viloyati jamoasi xorazmlik tengdoshlaridan 3:0 hisobida ustun kelgan bolsa, namanganlik sportchilar ham final yollanmasi uchun kurashda Fargona viloyati jamoasini 3:0 hisobida maglub etdi.

Ogil bolalar ortasidagi yarim final bellashuvida fargonalik sportchilar Qashqadaryo viloyati jamoasidan 3:1 hisobida ustun keldi. Navoiy hamda Andijon viloyati jamoalari ortasida kechgan ikkinchi yarim final bahsida navoiylik yoshlar galaba qozondi.

Bugun qizlar ortasida Andijon va Namangan, ogil bolalar ortasida Fargona va Navoiy jamoalari Barkamol avlod 2017 oyinlarining golibligi uchun bahslarga kirishadi.

Shuningdek, kecha shohmot boyicha Shveytsarcha tizimda 3- va 4-tur oyinlari bolib otdi. Shohmot bahslarida goliblar nomi bugun ma’lum boladi.

Musobaqalar davom etmoqda.

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.