O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
07.05.2017

4 JANGDA 4 OLTIN!

Poytaxtimizdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida boks boyicha Osiyo chempionati bugun yakuniga yetadi. Nufuzli musobaqaning kecha bolib otgan dastlabki final janglarida 4 nafar bokschimiz chempionlik uchun jangga chiqib, barchasi galaba qozondi.

Rio Olimpiadasi sovrindori Murodjon Ahmadaliyev (-52 kg.) xitoylik Jiyavey Jangni katta ustunlikda yengib, Ozbekiston terma jamoasiga ilk oltin medalni olib berdi.

Ahmadaliyev 4 ta jang otkazib, ulardan 3 tasini nokaut bilan yakunladi. 2015 yilgi Osiyo chempionatida u kumush medalni qolga kiritgan edi.

-60 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Elnur Abduraimov finalda hindistonlik Shiva Tapani maglubiyatga uchratib, terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi.

Oz yuksak mahorati bilan muxlislar e’tiboriga tushgan bokschimiz Isroil Madrimov finalda Janubiy Koreya vakili Dong Yung Liga qarshi jang otkazdi. Birinchi raundda bokschimiz jarohat oldi. Hakamlar jangni toxtatishdi. Toplangan ochkolar nisbatiga kora, galaba Isroil Madrimovga berildi — uchinchi oltin medal.

Rio Olimpiadasi kumush medali sovrindori Bektemir Meliqoziyev (-81 kg.) final jangida qozogistonlik kuchli bokschi Yerik Aljanov bilan orani ochiq qildi. Jangning dastlabki raundida qozogistonlik bokschi tashabbusni qolga olishga harakat qildi. Biroq Bektemir Meliqoziyevning kuchli zarbalari uning shashtini qaytardi. Bokschimiz jarohat olganiga qaramasdan mahorat va matonat korsatib galabaga erishdi.Ozbekiston terma jamoasi tortinchi oltin medalni qolga kiritdi.

Shunday qilib, kecha otkazilgan final janglarining barchasida bokschilarimiz galaba qozonib, terma jamoamiz 4 oltin medalga ega boldi.

Kecha yana bir bokschimiz Sanjar Tursunov (-91 kg.) ham muhim galabaga erishdi. Malumki, u chorak finalda yutqazib qoygan edi. Lekin Jahon chempionati yollanmasi uchun bolgan jangda eronlik Salar Gulomini 4:1 hisobida yengdi. Demak, Ozbekiston terma jamoasi Germaniyaning Gamburg shahrida bolib otadigan Jahon chempionatida toliq 10 vazn toifasida ishtirok etadi.

Bugun Osiyo chempionatining qolgan final janglari bolib otadi. Unda Hasanboy Dosmatov, Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov, Shahram Giyosov hamda Bahodir Jalolov ringga kotariladi. Bolajak janglarda bokschilarimizga galaba yor bolishini tilaymiz.

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: