O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
02.05.2017

YUNUS RAJABIY INSTITUTI

Bir kuni buyuk olimning uy-muzeyiga tashrif buyurgan xorijlik mehmon so‘ragan ekan:

— Bu asarlarni yozgan, toplagan, tayyorlagan ilmiy-tekshirish instituti va uning xodimlari haqida ma’lumot bersangiz?

Oshanda javob juda qisqa bolgan edi:

Bu Yunus Rajabiy instituti. Xodimi ham Yunus Rajabiy...

Poytaxtimizdagi Fotosuratlar uyida «Yunus Rajabiy» uy-muzeyi va Fanlar Akademiyasi hamkorligida Ozbekiston xalq artisti, akademik Yunus Rajabiy tavalludining 120 yilligiga bagishlangan fotokorgazma tashkil etildi.

Uning ochilish marosimida Ozbekiston Badiiy Akademiyasi raisi Akmal Nur, Ozbekiston xalq rassomi Alisher Mirzo hamda Yunus Rajabiy uy-muzeyi direktori, Ozbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy va boshqalar sozga chiqib, ulug sanatkorning boy ijodiy merosi haqida oz fikrlarini bildirishdi.

Yunus Rajabiy nafaqat atoqli bastakor, xonanda va sozanda, balki musiqa ilmida yirik tadqiqotlar olib borgan. Ozbek xalq musiqasi notalar turkumining I-V jildlarini, olti jildli mukammal Shashmaqom asarlarini tayyorlagan. Ozbekiston teleradiosi huzuridagi Maqomchilar ansambliga asos solgan.

Korgazmada Yunus Rajabiy hayoti va ijodiga bagishlangan 120 dan ortiq fotosurat hamda uy-muzeyidan keltirilgan eksponatlar namoyish etilmoqda.

Islom IBODULLA,

Ozbekiston davlat sanat va madaniyat instituti talabasi.



DB query error.
Please try later.