O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
29.04.2017

OSIYONING ENG KUCHLILARI TOSHKENTDA

30 aprel - 7 may kunlari poytaxtimiz — Toshkentda Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda 29 mamlakatdan 200 nafarga yaqin bokschi g‘oliblik uchun kurashadi. Musobaqalarda 1977 yildan 1998 yilgacha tug‘ilgan bokschilar ishtirok etadi.

Mazkur Osiyo chempionati joriy yilning 25 avgustidan 4 sentabrigacha Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga kuchlilarni saralash turniri hisoblanadi. Jahon chempionatida Osiyo uchun 60 ta o‘rin ajratilgan, har bir vazn toifasida oltitadan eng yaxshi bokschi tanlanadi. Toshkentdagi Osiyo chempionatida bokschilar sovrinli o‘rinlardan tashqari ushbu litsenziyalar uchun ham o‘zaro raqobatlashadi.

Ma’lumki, boks bo‘yicha birinchi Osiyo chempionati 1963 yili Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekiston boks bo‘yicha Osiyo chempionatlarini tashkil qilishda boy tajribaga ega. Poytaxtimizda 1995 va 1999 yillari kattalar o‘rtasidagi, 2015 yili o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkazilgan.

Ertaga boshlanadigan musobaqalarda quyidagi sportchilar mamlakatimiz sharafini himoya qiladi:

- 49 kg. Hasanboy Do‘smatov,

- 52 kg. Jasurbek Latipov,

- 56 kg. Murodjon Ahmadaliyev,

- 60 kg. Elnur Abduraimov,

- 64 kg. Iqboljon Xoldorov,

- 69 kg. Shahram G‘iyosov,

- 75 kg. Isroil Madrimov,

- 81 kg. Bektemir Meliqo‘ziyev,

- 91 kg. Sanjar Tursunov,

+91 kg. Bahodir Jalolov.

Murabbiylar shtabi: Marat Qurbonov, Rahmatjon Ro‘zioxunov, To‘lqin Qilichev.

Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir qatorda Xitoy, Hindiston, Eron, Iordaniya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Shri-Lanka, Tojikiston terma jamoalari to‘liq tarkib — o‘ntadan bokschi bilan ishtirok etadi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, mazkur bokschilardan Hasanboy Do‘smatov, Murodjon Ahmadaliyev, Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Bahodir Jalolov Tailand poytaxti Bangkok shahrida 2015 yili bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan. Musobaqa yakuniga ko‘ra, bokschilarimiz 2 oltin, 5 kumush va 1 bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Birinchi o‘ringa Qozog‘iston terma jamoasi, uchinchi o‘ringa mezbon — tailandlik bokschilar sazovor bo‘lgan.

Navbatdagi Osiyo chempionatida bokschilarimiz munosib ishtirok etadi, deb umid qilamiz.

Shahboz SAIDOV,

«O‘zbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: