O'zb  
 
27.04.2017

FUTBOL: YUTUQ VA DURANG...

Osiyo chempionlar ligasining beshinchi tur o‘yinlarida «Bunyodkor» oz maydonida Saudiya Arabistonining Al Ahli klubini 2:0 hisobida maglub etdi. Shu tariqa Bunyodkor 3 yillik tanaffusdan song OChL guruh bosqichida galabaga erishdi. Songgi bor qaldirgochlar 2014 yilning 23 aprel sanasida Al Jayishni maglub etgandi.

Ma’lumki, Bunyodkor OChL musobaqasida ketma-ket 18 uchrashuvda (saralash va pley-off bahslari inobatga olinmagan) umuman golib bola olmagandi.

Ayni paytda Bunyodkor 5 oyindan song 3 ochko bilan oz guruhida songgi orinda bormoqda.

Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etayotgan yana bir klubimiz Lokomotiv Saudiya Arabistonining Al-Taavon jamoasini qabul qildi.

Oyinning 17-daqiqasida Al-Taavon oyinchisi Abdulmajid Al Suvat hisobni ochdi — 0:1. Mazkur goldan song Lokomotiv hujumchisi Marat Bikmayev uch marotaba raqib darvozasini ishgol etdi 3:1.

Shundan song Al-Taavon futbolchilari mezbonlar himoyasidagi pala-partishlikdan foydalanib, hisobni 3:3 korinishiga olib keldi.

81-daqiqada Jaloliddin Masharipov Lokomotivni hisobda oldinga olib chiqqan bolsa-da, hakam tomonidan qoshilgan daqiqalarda Rikardo Machado standart vaziyatdan uzatilgan topni golga aylantirdi. Yakuniy hisob 4:4.

Mazkur uchrashuvdan song temiryolchilar 5 ochkoga ega bolib turibdi. Futbolchilarimiz 9 may kuni safarda Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ahli jamoasi bilan bahslashadi.

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.