O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
14.03.2017

BUNYODKOR TOSHKENTDA, LOKOMOTIV TEHRONDA

imkoniyatni boy berdi

Kecha Osiyo chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 3-tur uchrashuvlariga start berildi. Sakkizta guruhda jamoalar raqiblariga qarshi maydonga chiqishmoqda.

«S» guruhida mamlakatimizning Bunyodkor jamoasi kecha Toshkentda Eronning Zobahan klubini qabul qildi. Mazkur o‘yinga qadar qaldirgochlar ikkita turda maglubiyatga uchrab guruhda oxirgi orinda borishayotgan edi. Zobahanga qarshi kechgan oyinda ham Bunyodkor 0:2 hisobida maglub boldi. Oyinning 55-daqiqasida Javlon Mirabdullayevning qopol xatosidan song Jerri Bengston Murod Zuhurov bilan birga-bir vaziyatga chiqib, hisobni ochdi.

Oradan 8 daqiqa otib esa Vadim Chemirtan Bunyodkorni yanada qiyin ahvolga solib qoydi. U raqib futbolchisiga nisbatan qopol oynagani uchun maydondan chetlatildi.

Oyin songgida Istiqlol oyinchisi Tabrizi Bunyodkor jarima maydoniga kirib kelgan vaqtda yiqitildi va hakam 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan Tabrizi hisobni 0:2 ga yetkazdi.

Shu tariqa uchinchi bor maglubiyat alamini tortgan Bunyodkor guruhdan chiqish imkoniyatini deyarli yoqotdi. Ular keyingi turlarning barchasida galaba qozongan taqdirda ham pley-off masalasi boshqa klublarning oyiniga bogliq bolib qoladi.

Mamlakatimizning yana bir jamoasi Lokomotiv Eronda Istiqlol mehmoni boldi. Mazkur oyinda tehronliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 37-daqiqasida Farshid Ismoili hisobni ochdi. 84-daqiqada Ali Gorbani himoyachilar xatosidan unumli foydalanib, hisobni oshirdi — 2:0. Oyin yakuniga qadar ushbu natija saqlanib qoldi.

Shunday qilib Lokomotiv guruh bosqichidagi ikkinchi maglubiyatini tan oldi va pley-offga chiqish imkoniyatlarini pasaytirib yubordi.

Guruhlardagi qolgan uchrashuvlar bugun va ertaga bolib otadi.

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.