O'zb  
 
11.03.2017

IKKINCHI TUR YAKUNLANDI

Futbol bo‘yicha Ozbekiston milliy chempionati oliy ligasining ikkinchi turidan joy olgan uchrashuvlar otkazildi.

Ikkinchi turning dastlabki kunida mamlakatimizning amaldagi chempioni «Lokomotiv» oz maydonida Sogdiyona jamoasi darvozasiga javobsiz uchta top kiritib, ishonchli galabaga erishdi. Uchrashuvning 70-daqiqasida Marat Bikmayev penaltidan gol kiritib hisobni ochgan bolsa, 82-daqiqada Temur Kapadze, oradan ikki daqiqa otib esa Jaloliddin Masharipov raqib darvozasini ishgol qildi.

Joriy yil oliy ligaga qaytgan Dinamo mavsumni ketma-ket galaba bilan davom ettirmoqda. Birinchi turda samarqandliklar Metallurgni 2:0 hisobida maglubiyatga uchratgani haqida xabar bergan edik. Ikkinchi turda Dinamo oz maydonida Shortan klubini 3:0 hisobida yengdi. Sardor Sulaymonov, Akmal Bozorov va Abdumalik Abdullayev raqib darvozasiga bittadan top kiritib, jamoasining galabasini ta’minladi.

Nasaf va Buxoro jamoalari ortasidagi bahs qarshilik futbolchilar foydasiga hal boldi — 2:1.

Toshkentning Paxtakor va Bunyodkor klublari safarda durang natija qayd etdi. Neftchi Paxtakor va Olmaliq Bunyodkor uchrashuvlarida darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi.

Ikkinchi turning qolgan uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi: Obod Qoqon-1912 1:1, Mashal Metallurg 1:0, Qizilqum Navbahor 2:1.

B.AYTMURODOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: