O'zb  
 
04.03.2017

ATIRGULLAR QISMATI

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida taniqli ijodkorlar — Qochqor Norqobil hamda Xosiyat Rustamova qalamiga mansub «Atirgullar qismati» spektakli premyerasi bolib otdi. Asarni teatr rejissyori Gafur Mardonov sahnalashtirgan.

Unda hayotning turli tashvishu quvonchlari girdobida yurgan ayol ruhiyati, orzu-havaslari, qalb armonlari badiiy talqin etiladi. Sahnada oz farzandi kelajagi uchun jonini ham fido etishga tayyor qudratli bir ma’bud, godagini koksiga bosib jilmayish baxtini tuygan ayol siymosini koramiz.

Ayolni hayotimiz davomchisi, xonadonimiz charogboni, manan yetuk avlodni tarbiyalab voyaga yetkazuvchi ulug zot sifatida ardoqlaymiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki ona allasi, onaning oftobday taftli haroratida voyaga yetgan farzandlarda jamiki yaxshi fazilatlar shakllanadi. Bir soz bilan aytganda, ayol buyuk tarbiyachi, buyuk murabbiya hamdir. Ilk tarbiya ochogi oilada onaning orni benihoya, demakki, jamiyat ravnaqi gullab-yashnashida ham onaning orni beqiyosdir.

Jamiyatimiz gultoji bolgan munis onalarimiz, gozal opa-singillarimiz ardoqlangan ushbu lirik dramada turli taqdir sohibalari bolgan ayollar obrazini Ozbekiston xalq artisti Aziza Begmatova, Ozbekistonda xizmat korsatgan artist Gulbahor Yoldosheva, aktrisa Muhabbat Abdullayeva va boshqalar ijro etishgan.

Dilfuza ERGASHEVA



DB query error.
Please try later.