O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
02.03.2017

BAHOR VA ZULFIYA

Zulfiyaxonim haykali o‘rnatilgan maydonda ulug shoira tavallud kuni munosabati bilan tantanali marosim otkazildi

Ozbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiyaxonimning tavallud ayyomi munosabati bilan 1 mart kuni shoira haykali ornatilgan maydonga Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi, Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi turli vazirlik va idoralar, ijodiy hamda jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, ma’naviyat targibotchilari, mahalla faollari, yoshlar yigildi.

Tadbir avvalida yigilganlar shoiraning hayotlik paytida yozib olingan ozi oqigan sherlardan namunalar tingladilar. Anjumanni Toshkent shahar hokimi orinbosari, Xotin qizlar qomitasi raisi Farida Abdurahimova kirish sozi bilan ochdi. Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri orinbosari, Xotin qizlar qomitasi raisi Tanzila Norboyeva, Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali va boshqalar Zulfiyaxonimning ibratli hayoti va sonmas ijodining umrboqiyligi, jozibasi, ilmiy, tarbiyaviy ahamiyati haqida oz fikrlarini bildirdilar.

— Uluglarga hurmat korsatib, izzatini joyiga qoygan odamlargina el ichra obro-etibor, shonu shuhrat topadi va shogirdlarining mehri, soginchida yashaydi, deydi Ozbekiston xalq shoirasi, Oliy Majlis senati azosi Enaxon Siddiqova. Men bundan qirq yil oldin Yozuvchilar uyushmasida otkazilgan seminarda sher oqib, ustoz nazariga tushganman. Zulfiyaxonim men kabi koplab shoiralarning buyuk ustozi va uning xotirasi oldida hurmat bajo keltirish biz uchun hamisha farz va qarzdir.

Zulfiyaning ilk sheriy toplami «Hayot varaqlari» 1932 yilda chop etilgan bolsa, undan keyingi yillarda nashr etilgan kitoblari yuraklarga shaloladay kirib bordi. Shoira oz umri davomida koplab jahon adabiyoti durdonalarini ozbek tiliga ogirdi. U xalqaro Javoharlal Neru, Nilufar mukofotlari hamda Bolgariyaning Kirill va Mefodiy ordeniga sazovor bolgan.

Hamid Olimjon va Zulfiyaning ijodi, ularning ibratli hayoti har birimiz uchun ornak bola oladi, deydi tadbirkor Manzura Yoldosheva. Men har yili bahorning birinchi kunida shu yerga kelib, ulug shoiramiz haykali poyiga gul qoyaman.

Bugun Zulfiyaxonimning insoniy barkamollik, odob-axloq, begubor va pokiza tuygularga hamohang bolgan asarlari har bir xonadonda sevib oqiladi, deydi Ozbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi, shoira Sharifa Salimova. Shoiraning ijod namunalari jahon xalqlarining koplab tillariga tarjima qilingan. U kuylagan dardda nekbinlik, hayotga, odamlarga muhabbat bor. Shuning uchun bu shoiramizni Sadoqat kuychisi, deb ezozlaymiz. Zulfiya lirikasida samimiyat, rostgoylik, oquvchiga nisbatan ehtirom tuygusi benihoya kuchli.

Zulfiya hayoti va ijodi yuksak qadrlanib, uning nomida Davlat mukofoti tasis etilgan. Bu yil ana shu mukofotga sazovor bolgan 240 nafar Zulfiyaxonim qizlari safiga yana 15 nafar istedodli qiz qoshiladi.

Tadbirda taniqli sanatkorlar, V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi oquvchilari ijrosida shoira sherlari bilan aytiladigan qoshiqlar kuylandi. Anjuman yakunida keng jamoatchilik tomonidan Zulfiyaxonim haykali poyiga gullar qoyildi.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.