O'zb  
 
18.02.2017

OPA-UKA CHEMPIONLAR

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 14-18 yoshgacha ogil-qizlar ortasida otkazilgan mamlakat chempionatida Nodirbek Yoqubboyev va Nilufar Yoqubboyeva oz yosh toifasida goliblikni qolga kiritdi.

Mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar jarayonida yoshlar ortasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ularni ozi qiziqqan sport turlariga keng jalb etishga qaratilayotgan yuksak etibor va gamxorlik oz samaralarini berayotir.

Xorazmlik Nilufar Yoqubboyeva va Nodirbek Yoqubboyev shu paytgacha qator xalqaro musobaqalarda, qita va jahon chempionatlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda.

Poytaxtimizda otgan mamlakat chempionati ham shaxmatchilar uchun joriy yilgi sport mavsumiga tayyorgarlik vazifasini otadi.

Ikki yuzga yaqin shaxmatchi ishtirok etgan musobaqaning on olti yoshgacha ogil bolalar ortasidagi bahslari Nodirbek Yoqubboyev galabasi bilan yakunlandi. U toqqiz partiyaning birontasida maglubiyatga uchramadi. Shohruh Aliqulov, Sarvarbek Olimjonov, Ahmad Nurullayev, Saidakbar Saydaliyev, Abdumalik Abdusalimov, Shamsiddin Vohidov va Bobur Eshboyevni yenggan Nodirbek Daler Vohidov va Muzaffar Eminjonov bilan durang oynadi hamda 8 ochko bilan Ozbekiston chempioni boldi. Qolgan sovrinli orinlar Saidakbar Saydaliyev va Daler Vohidovga nasib etdi.

Shu yoshdagi qizlar bahsida Sitora Saparova oltin, Holida Namozova kumush, Rano Abduholiqova bronza medal bilan taqdirlandi.

On sakkiz yoshgacha qizlar musobaqasida maglubiyatsiz oynagan Nilufar Yoqubboyeva ham oltin medalni qolga kiritdi. U toqqiz turning sakkiztasida Madina Joniqulova, Shahzoda Shermuhammedova, Yulduz Ramazonova, Hilola Abdukarimova, Nafisa Islomova, Mohim Orazmuhammedova, Ozoda Roziqulova, Muslima Olloqulovani yengib, bittasida Bahora Abdusattorova bilan durang oynadi va 8,5 ochko bilan birinchi orinni egalladi. B.Abdusattorova 8 ochko bilan ikkinchi, H.Abdukarimova 6 ochko bilan uchinchi boldi.

Ogil bolalar ortasida Ortiq Nigmatov birinchi, Asilbek Sobirov ikkinchi, Georgiy Shvanov uchinchi orinni egalladi.

On tort yoshgacha ogil-qizlar bahslarida Sardor Boltayev, Umar Isomov, Suhrobjon Avalboyev, Yuliya Xegay, Dilbar Hamroyeva, Dilrabo Mamurova golib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Bayram AYTMURODOV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.