O'zb  
 
18.02.2017

SANAT CHEGARA BILMAYDI

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik ozbek drama teatri vodiy boylab gastrollarini davom ettirmoqda.

Kuni kecha Fargona shahridagi muhtasham teatr-konsert saroyida Qirgiziston xalq shoiri, dramaturg Jalil Sadikovning «Aykel Manas» spektakli namoyish etildi.

Ayni vaqtda Fargona vodiysida 300 mingga yaqin qirgiz millatiga mansub aholi tinch va xotirjam yashamoqda. Ularning milliy urf-odatlari, an’ana va qadriyatlarini rivojlantirish, qollab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgiziston Prezidenti Almazbek Atambayev bilan Samarqandda bolib otgan uchrashuvda madaniyat, sanat, jamoat tashkilotlarining togridan-togri aloqalarini yolga qoyish va yanada rivojlantirish, mustahkamlash zarurligi masalasiga alohida toxtalgan edi.

Ikki qardosh xalq ortasidagi dostlik poydevori bundan 22 yil avval Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan qoyilgan edi. Buni Bishkekda otkazilgan Manas eposining 1000 yillik tantanalarida aytilgan quyidagi fikrlar ham tasdiqlaydi:

Biz, ozbeklar, bugun Manas eposining toyida qatnashar ekanmiz, bir narsadan chinakam iftixor qilishga haqqimiz bor. Qani aytinglar! Qirgiz xalqining ulug ogloni Manasning suyukli umr yoldoshi, yelkadoshi, togu tayanchi kim bolgan? Uning maslakdoshi, dostonda aytilganidek, eng qiyin kunlarida, umrining oxirigacha sadoqatli safdoshi kim bolgan? Biz, ozbeklar, katta gurur bilan, faxr bilan aytamiz-ki, bu ayol Buxoro xonining suyukli qizi Xonikey bolgan. Shundan keyin, azizlarim, ozbek va qirgizning qardoshligiga yana qanday dalil kerak? Yana qanday isbot kerak?

— Asrlar osha qardoshlik tuygularini koz qorachigiday asrab-avaylab kelayotgan qirgizistonlik dostlarimiz tashrifidan juda quvondik, deydi Yusufjon qiziq Shakarjonov nomli Fargona davlat drama teatri aktyori Muhammadsoli Ahmedov. Sanat hech qachon chegara bilmaydi. Agar mabodo qandaydir suniy tosiq qoyilsa, rivojlanmaydi. Bu mening fikrim emas. Qadim-qadimdan amal qilib kelinayotgan qonuniyatdir.

Osh davlat akademik drama teatri nafaqat Qirgizistonda, balki Markaziy Osiyoda ham noyob sanat dargohlaridan biri hisoblanadi, deydi teatr direktori Nabijon Mamajonov. Uning oziga xosligi shundaki, yuz yilga yaqin davr mobaynida oz ananalariga sodiq qolib qirgiz sanatini Ozbekistonda, ozbek sanatini Qirgizistonda targib qilib, xalqlarimiz ortasida dostlik koprigi vazifasini ado etmoqda.

Mazkur teatr Bishkek, Toshkent, Dushanbe, Olmaota, Andijon shaharlarida otgan xalqaro teatr festivallarida Sohibqiron, Chingizxon olib ketgan sir, Cholpon, Zordan zor chiqsa, Malikaning koz yoshi kabi spektakllari bilan qatnashib, sovrinli orinlarni egallagan. Shuningdek, teatr jamoasi Ozbekiston, Tojikiston, Qozogiston, Rossiya va Turkiya davlatlarida gastrollarda bolgan.

Aykel Manas spektakli aktyorlarning mohirona ijrosi, musiqaning voqelikka uygunligi bilan tomoshabinlar mehri va olqishini qozondi.

Qirgiz xalqining milliy qahramoni donishmand Manas ellarni ellarga, dillarni dillarga yaqinlashtirishga intiladi, ularga vatanparvarlik va mardlikdan saboq beradi. Manas obrazini yaratgan aktyor Akmalxon Arslonxonov uning ichki dunyosi, falsafiy qarashlari, botirligi kabi fazilatlarini maromiga yetkazib ijro eta olgan.

Aykel Manas spektakli tomoshasida Ozbekiston va Qirgiziston Respublikalari Bosh vazirlari orinbosarlari Adham Ikromov hamda Jenish Razakov, Fargona viloyati hokimi Shuhrat Ganiyev ishtirok etdi.

Muhammadjon OBIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: