O'zb  
 
29.07.2020

AQLLI HISOBLAGIChLAR

iste’molchining yoqilg‘i sarfini yuqori aniqlik bilan olchaydi, real vaqt rejimida malumotlarni uzatadi

Sir emaski, kommunal tolovlarni amalga oshirishda istemolchi bilan taminotchi ortasidagi kelishmovchiliklar, hisoblagichlar bilan komputerdagi hisob-kitoblarning hamma vaqt ham togri kelavermasligi juda kop asabbuzarliklarni keltirib chiqarardi. Hozirga kelib, bu tizim bir qadar tartibga solinganday boldi, lekin baribir barcha muammolar bartaraf etilmagan, oz yechimini kutib turibdi.

Muammo esa, avvalo, mamlakatda gaz istemoli va hisobga olishni nazorat qiluvchi zamonaviy malumotlarni yigish uchun yagona boshqaruv tizimi yoqligida namoyon bolmoqda. Bugungi kunda respublika gaz istemolchilarining ortacha 70 foizida gaz hisoblagichlari ornatilgan bolib, ularning aksariyati 10 yildan ortiq vaqt davomida ishlatilib kelinadi. Hozir foydalanishdagi hisoblagichlarning manan va jismonan eskirgani sababli ularning aniqlik darajasi, yani ruxsat etilgan xatolik korsatkichlari belgilangan meyorlardan ancha yuqori bolmoqda.

Mazkur holatdan kelib chiqib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda hisob-kitoblarni tartibga solish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi “Iqtisodiyot va aholini energiya manbalari bilan barqaror taminlash, neft va gaz sanoatini boshqarish tizimini moliyaviy soglomlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida”gi qarori bilan Hududgaztaminot AJ zimmasiga 2021 yil yakuniga qadar barcha toifadagi istemolchilar uchun tabiiy gazni boshqarish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish vazifasi yuklatildi.

Hozirgi kunda Hududgaz Poytaxt gaz taminoti filiali tomonidan aholi xonadonlariga mazkur hisoblagichlarni bosqichma-bosqich ornatish ishlari olib borilmoqda.

Malumot ornida: jamiyat tasarrufidagi 11 ta tuman gaz filiallari tomonidan joriy yilning may oyi davomida jami 8000 tadan ortiq avtomatlashtirilgan hisoblagichlar ornatildi. Iyun oyida esa bu korsatkich undan ham oshdi.

Soha xodimlari xonadonga kirib borar ekan, tabiiyki, istemolchilarning aqlli hicoblagichlar bilan bogliq (afzallik, qulaylik va hisob korsatkichi qanchalik togriligi) savollari boladi. Misol uchun, avtomatlashtirilgan hisoblagichdagi qarzlar va oldindan tolov qanday amalga oshirilishi hammamizga ham birdek qiziq.

Amaldagi tartibga muvofiq, istemol qilingan "zangori yoqilgi" uchun tolov har oyning 10-sanasigacha amalga oshirilishi lozimligi barcha istemolchilar uchun sir emas. Ammo amalda esa, istemol qilingan yoqilgi uchun haddan ziyod katta qarzlar vujudga kelgan.

Hozirgi kunda bu muammoni hal qilishning chorasi mavjud. Aytaylik, istemolchi internet yoki mobil aloqadan foydalanmoqchi bolsa, oldindan tolovni amalga oshiradi. Aks holda, u barcha xizmatlardan mahrum boladi yoki boshqacha qilib aytsak, chiroqni shunchaki "ochirib" qoyishadi. Oz faoliyatini tashkil qilgan paytdan boshlab xizmat korsatuvchi yoki yetkazib beruvchi "tolov yoq, xizmat ham yoq", degan yagona qoidaga qatiy amal qiladigan bolsa, muddati otgan debitor qarzdorlik bilan bogliq muammo yuzaga kelmaydi.

Tabiiy gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini sohaga tatbiq etish orqali tizimda qarzdorlik bilan bogliq muammo va uzilishlar vujudga kelishining oldi olinadi. Yoqotishlarni kamaytirish hamda "zangori yoqilgi"dan noqonuniy foydalanish holatlari togrisida taminotchini vaqtida ogohlantirilishiga erishiladi.

Aqlli hisoblagichlar istemolchining yoqilgi sarfini yuqori aniqlik bilan olchab, real vaqt rejimida malumotlarni uzatadi, natijada debitor qarzdorlar soni sezilarli darajada kamayib, gazni hisobga olishning billing tizimidagi korsatgichlar ozgarishiga inson omili tasiri bartaraf etilishiga olib keladi.

Mazkur gaz hisoblagichning qisqacha kafolat majburiyatlari haqida ham toxtaladigan bolsak, bepul servis xizmatining kafolat muddati 5 yilni tashkil qiladi va hisoblagich ishlab chiqaruvchining servis markazi tomonidan tekshirilib, tashqi plomba ornatilgan sanadan boshlanadi.

Hisoblagichning xizmat muddati ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 15 yilni tashkil etadi.

Hisoblagichning davriy qiyoslovdan otkazish muddati 10 yilni tashkil etadi. Shuni alohida takidlash joizki, tabiiy gaz hisoblagichlari ornatilishi bilan mijoz faqat haqiqatda istemol qilingan "zangori yoqilgi" uchun haq tolaydi. Barcha xarajatlar, shu jumladan, tamirlash va olchash moslamalarini davlat qiyoslov tekshiruvlaridan otkazish ishlari ham gaz taminoti tashkilotining mablaglari hisobidan qoplanadi.

Albina JUMANOVA,

Hududgaz Poytaxt gaz taminoti filiali matbuot kotibi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: