O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
17.03.2020

AVTOMOBILLAR NARXINING OShIShIGA

qo‘shimcha qiymat soligining ta’siri bormi?

Bu masalada masullar ikki xil fikr bildirishmoqda.

Milliy matbuot markazida Davlat soliq qomitasi rahbariyati tomonidan «Amalga oshirilgan soliq islohotlarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga va ishbilarmonlik muhitiga tasiri» mavzuida matbuot anjumani otkazildi.

— Mamlakatimiz soliq siyosatida keng kolamli islohotlarning amalga oshirilayotgani tadbirkorlik subyektlari faoliyatida muhim oringa ega, deydi Davlat soliq qomitasi raisi orinbosari Fazliddin Umarov. Xususan, 2019 yildan sugurta badali bekor qilindi va ish haqi boyicha soliq stavkalari pasaytirildi. Bu ish haqi soliqlariga soliq yukini 1,5 baravar kamaytirishga imkoniyat yaratdi. Shu bilan birga, davlat maqsadli jamgarmalariga 3,2 foiz miqdorida ajratmalarning bekor qilinishi, daromad soligi, mol-mulk soligi va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatiy belgilangan soliq stavkalari kamaytirilganini ham alohida takidlash lozim. Bunday chora-tadbirlar natijasi shuni korsatadiki, 2019 yilda 11,7 trillion som (1,2 milliard AQSh dollari) miqdorida mablag biznes tasarrufiga qoldirildi va aholi real daromadlarini 4,2 trillion somga (442 million AQSh dollari) kopaytirishga erishildi. Yangi 500 ming ish orni va 100 mingga yaqin yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi.

Bundan tashqari, Prezidentimizning 2018 yil 29 iyundagi Ozbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi togrisidagi farmoniga asosan sohada soliq yukini kamaytirish, soliq qonunchiligini soddalashtirish, tadbirkorlik va investitsion muhitni yaxshilash, soliq va tolovlarni optimallashtirish yonalishlari belgilandi. Natijada bu borada bir qator ishlar amalga oshirilib, 2019 yilning 1 yanvaridan ozgarishlar amaliyotga tatbiq etildi. Masalan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligining stavkasi 14 foiz edi, u 12 foizga pasaytirildi. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligi 5 foizli stavkadan 2 foizli stavkaga tushirildi. Yagona soliq tolovi, kichik tadbirkorlik subyektlaridan olinadigan 5 foizli bazaviy stavka 4 foiz qilib belgilandi. Yagona ijtimoiy tolov – bu bevosita ish haqi fondi bilan bogliq bolib, u 15 foizdan 12 foizga kamaytirildi.

Shuningdek, soliq stavkalarining pasayishi va ayrim soliqlarning bekor qilinishiga qaramay, 2019 yilda byudjetga soliq tushumlarining 2018 yilga nisbatan 154 foizga osishi taminlandi. Shu bilan birga, kichik biznesning raqobatbardoshligini oshirish uchun sharoit yaratilishi hisobiga qoshilgan qiymat soligi tolovchilari soni 82,4 mingtaga yetdi yoki soliq islohotlarining boshlanishiga nisbatan 12,2 baravarga oshdi. Soliq islohotlari davrida adolatli raqobatni taminlash maqsadida Prezidentimizning 2019 yil 27 iyundagi Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni qabul qilindi. Unga kora, 2019 yil 1 avgustdan boshlab yagona yer soligi tolovchisi hisoblangan qishloq xojaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiyoriy ravishda qoshilgan qiymat soligini tolashga otishi mumkinligi belgilab qoyildi. Natijada 2019 yil 1 avgustdan boshlab mingga yaqin yagona yer soligi tolovchilari QQSni ixtiyoriy tolashga otdi.

Qolaversa, Davlatimiz rahbarining 2019 yil 26 sentabrdagi Ozbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoniga asosan 2019 yil 1 oktabrdan boshlab qoshimcha qiymat soligining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirilishi yurtimizda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qollab-quvvatlashdagi muhim qadam boldi.

Shuningdek, matbuot anjumanida soliqlar yigiluvchanligini yanada oshirish uchun Moliya vazirligi va Davlat soliq qomitasi xalqaro ekspertlar bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvardan boshlab soliq mamurchiligini raqamlashtirish boyicha uch yillik dasturni amalga oshirayotganligi togrisida ham malumotlar berildi.

Tadbirda bugungi kunda juda kop muhokama qilinayotgan, UzAutoMotors tomonidan avtomobil narxlarining 21 foizgacha, xususan, Damas, Spark, Cobalt, Nexia kabi xaridorgir avtomobillarning narxlaridagi osish UzAutoMotors kompaniyasi tomonidan 2019 yilning oktabr oyidan boshlab Ozbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliqlarni umumiy asoslarda, jumladan, qoshimcha qiymat soligi joriy qilinganligi bilan ham bogliqligi borasida malumot berildi. Shu bois Davlat soliq qomitasi raisi orinbosari Fazliddin Umarovdan bu masalaga izoh berish soraldi.

Qoshilgan qiymat soligining joriy etilishi avtomobillarning narxlari oshishiga tasir qildi, deyilishi unchalik ham togri emas. Nimaga? Ilgari fuqaro avtotransportni sotib olgandan keyin davlat raqamini olishni rasmiylashtirishda mashina qiymatidan 3 foizlik soliq tolar edi. Mana shu bekor boldi. Endilikda bu summa avtomobil sanoatiga otkazildi. Shu bilan birga, mashina ishlab chiqarish bilan bogliq aksiz soligi ham bor edi. U ham bekor qilindi.

Agar QQS avtomobillarning oshishiga asosiy tasir qiluvchi omil desak, nega Damas va boshqa avtomobillarning narxi 15 foiz emas, 20 foizga oshdi-yu, lekin boshqa qimmat avtomobillarning narxi oshmadi? Ularda QQS yoqmi? Bu munosabat unchalik ham togri emas. Bir soz bilan aytganda, aynan hozirgi holatda QQSning avtomobil narxi oshishiga umuman tasiri yoq. Chunki 3 foizlik davlat boji bekor qilindi, u avtosanoatga otkazib berildi, bundan tashqari, mashina ishlab chiqarish bilan bogliq aksiz soligi ham bekor qilingan.

Oz muxbirmiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: