O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.09.2019

QISHLOQ XOJALIGIDAGI YANGI ISLOHOTLAR

ko‘pdan-kop muammolarni hal etadi, yerga munosabatni ozgartiradi, yangi ish orinlari yaratadi, hosildorlikni va daromadni kopaytiradi, mamlakat iqtisodiy quvvatini oshiradi. Xalq hayoti farovonlashadi...

Otgan haftaning 6 sentabr kuni mamlakatimiz qishloq xojaligiga doir muhim voqea bolib otdi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev qishloq xojaligini 2020-2030 yillarda rivojlantirishning ustuvor yonalishlariga bagishlangan yigilish otkazdi.

Unda mamlakatimiz qishloq xojaligidagi ulkan imkoniyatlar, kiyingi yillarda sohani isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish boyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritildi. Xususan, yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish, mehnat unumdorligi va ish haqini oshirish maqsadida paxta-toqimachilik klasterlari tashkil etilayotgani, bular — islohotlarning birinchi bosqichi ekani ta’kidlandi.

Eng muhimi faqat bugunni emas, balki, ertangi kunni ham oylab, uzoqni kozlab, islohotlarni yangi bosqichga kotarish vazifasi qoyildi. Shu maqsadda qishloq xojaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moljallangan strategiyasi ishlab chiqilayotgani aytildi. Buning uchun esa bir-biridan muhim ishlarni bajarish kerak bolishiga etibor qaratildi. Yerning meliorativ holatini yaxshilash, kuchini oshirish, hosildorlikni kotarish, yer ajratishning shaffof tizimini yaratish, yerga bolgan huquqning kafolatlanishi, yerning daxlsizligini taminlash kabi ota muhim vazifalar ilgari surildi.

Togrisi, qishloq xojaligida yillar davomida toplanib qolgan, sohaning rivojiga tosiq bolib kelayotgan muammolar oz emasdi. Ayniqsa, yerni talon-taroj qilish, yer ajratishda tamagirlik, korrupsiya avj olib, kop adolatsizliklarga ham yol qoyilgandi. Buning oqibatida yerdan samarasiz foydalanish, qishloq xojaligi sohasida katta yoqotishlar davom etayotgandi.

2020-2030 yillarga moljallangan strategiya ishlab chiqilib, hayotga joriy etilsa, qishloq xojaligida yangi davr yuksalish davri boshlanadi. Ming-minglab yangi ish orinlari yaratiladi, hosildorlik oshadi, qishloq xojaligi mahsulotlari kopayadi, odamlar daromadga yolchiydi, hayoti farovonlashadi, davlatning iqtisodiy quvvati ham oshadi, albatta.

Demak, qishloq xojaligi taraqqiyotiga bagishlangan bu yangi strategiyadan kozlangan maqsad juda yuksak va ulug. Ayni kunlarda mutaxassislar, fermer xojaliklari rahbarlari Prezidentimiz ilgari surgan vazifalarni katta qiziqish bilan organib, oz fikr-mulohazalarini bildirishmoqda.

Abdimurod BOZOROV, Ozbekiston Qahramoni, Qamashi tumanidagi «Bozor ogli Abdi» fermer xojaligi rahbari:

– Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev biz fermerlarning etiborini hamisha mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi sohalaridan biri qishloq xojaligini rivojlantirish va samaradorligini oshirish masalasiga qaratib keladi. Yaqinda, aniqrogi 6 sentabr kuni qishloq xojaligini rivojlantirishning ustuvor yonalishlariga bagishlangan yigilishda davlatimiz rahbari yana bir bor agrar sohadagi kamchilik va nuqsonlarga etiborimizni jalb etdi. Togri takidlandi, otgan yillar mobaynida na bozor iqtisodiyoti, na yerga munosabat, na manfaatdorlik oshdi. Qaysi fermer bilan gaplashmang, goh mablag yetishmovchiligi, goh xarajatlar kopayib ketgani yoki ob-havodan, hosildorlik pastligidan noliydi. Sabab nimada, kimda?!

Mana, videoselektor yigilishida sohaga zamon talablaridan kelib chiqib yondashilmagani, mablag, ilmiy innovatsiyalar jalb etilmagani, oqibatda yerlar charchab, unumdorlik pasayib ketgani ochiq-oydin tahlil etildi.

Shuni ham alohida aytish kerakki, biz fermerlar keyingi yillarda sohani isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish boyicha qator ishlar amalga oshirilishi natijasida biroz bolsa-da manfaat kora boshladik. Fermerlarimiz hisoblarida qanchadir miqdorda mablaglar ham yoq emas. Ammo ular hali fermer xojaliklari qanotni keng yoyib ishlarni tashkil etishlari uchun yetarli emas. Hali-hamon eskicha usulda yerlarni shudgorlayapmiz. Yerga ishlov berishning arzonroq usullaridan foydalanib, kunini zorga korayotgan fermerlar ham kam emas. Traktorlarimiz kuchsiz. Eski zamondan qolgan traktorlarni yamab-yasqab ishlatib turibmiz. Yerga agrotexnika qoidalariga mos ravishda, zamon talablaridan kelib chiqib, mol-kol ishlov bera olmayamiz. Qisqacha aytganda, fermerlarga yangi tipdagi kuchli texnik vositalarni olishda amaliy komak zarur. Bundan tashqari, dehqonchilikda uzoq vaqt shakllanib kelgan oz vaqtida shudgorlash ananalarini tiklashimiz, keksa avlod tajribalariga tayanib ish tutishimiz kerak. Axir, ota-bobolarimiz Dehqon bolsang shudgor qil, Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda degan maqollarni bejiz aytishmagan.

Mazkur yigilishda alohida takidlanganidek, yer egalari unumdorlik va hosildorlikni oshirish maqsadida yerga investitsiya kiritishga intilishi uchun avvalo ularning ertangi kunga ishonchi tola bolishi kerak. Buning uchun davlatimiz rahbari aytganidek, qonunchilikka ozgartishlar kiritib, yer ajratishning shaffof tizimi va yerga bolgan huquqning kafolatlanishini, yerning daxlsizligini taminlash, yerga bolgan munosabat tushunchasini huquq sohasiga kiritish zarur.

Hosildorlik suv, meneral ogitlar, yerga oz vaqtida ishlov berish bilan chambarchas bogliq. Dunyo tajribasida suvdan unumli foydalanishning eng zamonaviy usullari qollaniladi. Hozir ozimizda ham ayrim bogdorchilik fermer xojaliklarida tomchilatib sugorish ananalari joriy etila boshlandi. Ammo, buning uchun tajriba, qolaversa, mablag talab qilinadi. Bugun fermerlarimiz oz sarf-xarajatlarini ana shunday talablardan kelib chiqib, shakllantirsa, hosildorlik ham, foyda ham kopayadi. Xalqimizda Odam qilgan ishni odam qiladi, degan gap bor. Biz ham bugun yangicha oylashimiz va yangicha ishlashimiz kerak boladi.

Yigilishda qishloq xojaligini davlat tomonidan qollab-quvvatlash va davlat xaridlari tizimini takomillashtirish masalalari batafsil muhokama qilingani, yerlarning unumdorligini oshirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, ilm-fanni rivojlantirishga byudjet mablaglaridan koproq ajratish masalasiga etibor qaratilgani biz fermerlarga katta umid bagishladi. Kengashli toy tarqamas, deganlaridek, mazkur videoselektor yigilishida kotarilgan vazifalar haqida har bir qishloq xojalik xodimi oylashi va oz takliflarini bildirishi qishloq xojaligidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishiga xizmat qiladi, deb oylayman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: